litr suvda 117 g NaCl eritildi. Tuzning dissotsilanish darajasi 90% bo‘lsa, eritmadagi gidratlangan zarrachalar sonini toping. (Na − Avogadro soni) A) 3,8·na b) 3,6·na c) 3,4·na d) 4·na 2


Download 41.37 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi41.37 Kb.
#1388449
  1   2
Bog'liq
VARIANT-13


VARIANT-13
1. 1 litr suvda 117 g NaCl eritildi. Tuzning
dissotsilanish darajasi 90% bo‘lsa, eritmadagi
gidratlangan zarrachalar sonini toping.
(NA − Avogadro soni)
A) 3,8·NA B) 3,6·NA C) 3,4·NA
D) 4·NA
2. 70,2 g kalsiy digidrofosfat tarkibida necha
gramm ozuqa elementi bo‘ladi?
A) 28,4 B) 56,8 C) 18,6 D) 42,6
3. Bir atomli to‘yingan spirtlarning umumiy
yonish reaksiyasidagi kislorodning oldidagi
koeffitsiyentini aniqlang.
A) 2n−1 B) 1,5n+0,5 C) 1,5n−0,5
D) 1,5n
4. KMnO4 parchalandi, qolgan qoldiq tarkibida
kaliy va kislorod atomlari soni 1:3,6 nisbatda
bo‘lsa, reaksiya unumini (%) aniqlang.
A) 50 B) 70 C) 40 D) 60
5. MeC2O4 ning bitta molekulasi massasi
33, 2 · 1026 kg ni tashkil etadi. Metallni
aniqlang. 1u = 1, 66 · 1027 kg.
A) Ca B) Cr C) Cu D) Cd
6. A
(g) + B(g) 2C(g); A va C moddalarning
konsentratsiyalari 4M va 7M. Reaksiyaning
o‘rtacha tezligi 0,6 mol/(l·min). 300 sekund
avval shu moddalar konsentratsiyasi (mol/l)
qanday bo‘lgan?
A) 1 va 10 B) 7 va 4 C) 1 va 13
D) 7 va 1
7. Alkan stexiometrik miqdordagi kislorodda
yondirildi. Olingan mahsulotlar mo‘l
miqdordagi 96,45 g natriy gidroksid eritmasiga
yuttirildi. Natijada 100 g 5,3%li Na2CO3
eritmasi olindi. Alkanni aniqlang.
A) propan B) metan C) etan D) butan
8. Noma’lum uglevodorod stexiometrik nisbatdagi
kislorodda yondirildi. Olingan mahsulotlar
ohakli suvga yuttirilganda 20 g cho‘kma tushdi
va eritma massasi 8,5 g ga kamaydi. Noma’lum
uglevodorod quyidagilardan qaysi biri bo‘lishi
mumkin?
A) butin-1 B) propan C) penten-1
D) 2-metilpropen
9. Kumush nitrat eritmasiga noma’lum massali
mis plastinka tushirildi. Kumush plastinkaga
batamom o‘tirgandan so‘ng olingan plastinka
massasi 118 g keldi. Agar olingan plastinkani
to‘liq eritish uchun 350 g 70%li sulfat kislota
eritmasi sarflansa, dastlabki plastinkaning
necha foizi kumush nitrat bilan reaksiyaga
kirishganligini aniqlang.
A) 25 B) 40 C) 30 D) 20
10. Rux nitrat tuzi qizdirilganda ma’lum qismi
termik parchalandi va 70,2 g qattiq qoldiq
olindi. Hosil bo‘lgan qattiq moddalar
aralashmasi 320 g 20%li NaOH eritmasi bilan
to‘liq ta’sirlashgan bo‘lsa, rux nitratning
dastlabki miqdorini (mol) hisoblang.
A) 0,6 B) 0,8 C) 0,5 D) 0,7
11. XO24 ionidagi jami elektronlar soni 50 ta
bo‘lsa, X atomi tarkibida ml=0 va ms = +1/2
bo‘lgan eng ko‘pida nechta elektron mavjud?
A) 3 B) 4 C) 6 D) 5
12. Quyidagi o‘zgarishlar asosida Zn tutgan X, S
tutgan B va Y moddalarning molar massalari
(g/mol) yig‘indisini toping. (B − oksid)

A) 433 B) 337 C) 401 D) 369
13. nA → (A)n + (n − 1)H2O sxemaga binoan
olinadigan polimer va uning molar
massasini (g/mol) aniqlang. Polimerlanish
darajasi 250.
A) kapron, 28250 B) poliizopren, 17000
C) lavsan, 48000 D) polipropilen, 10500
14. Aseton va asetaldegid aralashmasida vodorod
atomlari uglerod atomlaridan 1,6 molga ko‘p.
Aralashmadagi umumiy atomlar soni 5,4·NA
bo‘lsa, asetonning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,2 B) 0,3 C) 0,4 D) 0,25
15. Molekulalarni tarkibidagi π- va σ-bog‘lar
yig‘indisi ortib borishi tartibida joylashtiring.
1) aluminiy gidroksosulfat; 2) aluminiy
gidrokarbonat; 3) aluminiy sulfat; 4) aluminiy
fosfat.
A) 2, 4, 3, 1 B) 2, 3, 1, 4 C) 4, 1, 2, 3
D) 4, 2, 1, 3
16. C + HNO3 → CO2 + NO + H2O
Reaksiyada qaytaruvchi element atomlari
0,6·NA dona elektron bergan bo‘lsa, ajralgan
gazlarning umumiy hajmini (l, n.sh.) hisoblang.
A) 16,8 B) 15,68 C) 8,4 D) 7,84
17. Mol nisbatlari 6:5 bo‘lgan propan va noma’lum
alken aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda
yondirildi. Bunda kislorodning 1/3 qismi alken
uchun sarf bo‘lgan bo‘lsa, ushbu alkenni
aniqlang.
A) buten B) eten C) penten D) propen
18. Quyidagi jadvaldan foydalanib X2+ ionidagi
elektronlar sonini hisoblang.

A) 29 B) 28 C) 27 D) 30
19. Metilamin, etilamin va metandan iborat
0,7 mol aralashma to‘liq yondirilganda
20,16 l (n.sh.) karbonat angidrid va
4,48 l (n.sh.) azot hosil bo‘ldi. Dastlabki
aralashmadagi metan hajmini (l, n.sh.)
hisoblang.
A) 8,96 B) 4,48 C) 6,72 D) 11,2
20. Geliyga nisbatan zichligi 7,75 bo‘lgan azot
(II)-oksidi va kisloroddan iborat 6 mol
aralashma hajmi 10 litrli idishda reaksiyaga
kirishdi. Kislorodning 1/3 qismi reaksiyaga
kirishganda muvozanat qaror topsa, muvozanat
konstantasini hisoblang.
A) 10 B) 8 C) 20 D) 16
21. Xrom simobda eritilib havoda oksidlansa, qora
rangli birikma hosil qildi. Unga to‘la eriguncha
oz-ozdan HCl qo‘shib borildi. Hosil bo‘lgan
eritmaga mo‘l xlorid kislota qo‘shilsa,
2,8 l (n.sh.) gaz ajraldi. Dastlabki xrom
massasi (g) qanday bo‘lgan?
A) 13 B) 26 C) 52 D) 39
22. Etil spirtini sintezlashda kislorodning 16, sirka
kislotani sintezlashda 18 izotoplaridan
foydalanilgan bo‘lsa, eterefikatsiya
mahsulotlarining molar massalari (g/mol)
qanday bo‘ladi?
A) 90 va 20 B) 88 va 18 C) 88 va 20
D) 90 va 18
23. Qaysi moddalar kumush (I)-oksidning
ammiakdagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishib
oksidlanadi?
1) etanal; 2) sirka kislota; 3) glukoza;
4) saxaroza; 5) etilatsetat; 6) etilformiat.
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 5
24. 30,4 g ikki valentli metall sulfat tuzi suvda
eritilib 250 ml eritma olindi. Olingan eritmada

Download 41.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling