Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 35.78 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1524132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7396 (4)

Uchinchidan, yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni litsenziyalash amaliyotini bekor qilinishi natijasida yengil avtotransport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisalari ortishiga va o‘lim holatlari ko‘payishiga olib keladi.
Bundan tashqari, yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni tegishli litsenziya olganidan so‘ng, ushbu sohada tashish faoliyati uchun belgilangan talablarni bajarish majburiyati yuklatiladi, o‘z navbatida Transport vazirligi tomonidan belgilangan talablar bajarilishi nazoratga olinadi. Jumladan, agregatorlar orqali faoliyat ko‘rsatishi, chunki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs muntazam yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatishi taqiqlangan, balki agregator xizmatidan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatishi lozim.
Agar ushbu sohadan litsenziya bekor qilinsa, ularni istalgan muntazam yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatib, muntazam yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi avtobus va mikroavtobuslarning rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib mazkur turdagi transport vositalarining jamoat transporti tarkibidan chiqib ketishiga hamda yo‘lovchi tashishda faqat yo‘nalishsiz taksilar faoliyat yuritishiga olib keladi.
To‘rtinchidan, hozirgi kunda respublikamizda kredit asosida avtobus va mikroavtobuslar xarid qilib aholiga xizmat ko‘rsatayotgan tashuvchilar faoliyatiga salbiy moliyaviy ta’siri ko‘rsatib, tashuvchilarning bankrot holatiga kelib qolishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida hozirgi kunda respublikamizda muntazam yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashuvchilar soni 2007 ta bo‘lib, ularning tarkibida 4343 ta avtobus va 1625 ta mikroavtobuslar bilan yo‘lovchi tashilmoqda.
Beshinchidan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash tizimi yo‘qolishi oqibatida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat nazorat organlariga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi.
Oltinchidan, shahar va shahar atrofi yo‘nalishida muntazam tashuvlarni amalga oshiruvchi tashuvchilarning cheklangan tarifdagi yoki norentabel yo‘nalishdagi tashuvlar bo‘yicha zararni qoplashning imkoni bo‘lmaydi.
Yettinchidan, tashuvchilar xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning sug‘urtaga oid manfaatlarini himoya qilish kabi dolzarb talablarning ahamiyatini yo‘qotishiga olib keladi.

Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling