Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 35.78 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1524132
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7396 (4)


O‘zbekiston Resrublikasi
Adliya vazirligi
Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi (ID-71655) (keyingi o‘rinlarda - loyiha) ko‘rib chiqilib quyidagilar ma’lum qilinadi. Loyihani ishlab chiqish uchun asos.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 30-avgustdagi PQ–364-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasining 20-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda litsenziya va ruxsatnomalar hamda ular bo‘yicha belgilangan talablarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, natijasi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar sonini kamaytirish, ularni xabardor etish tartibiga o‘tkazish, bir-birini takrorlovchi va byurokratik talablarni bekor qilish orqali litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish nazarda tutilgan.
Ammo, loyihani o‘rganish loyiha tashabbuskori tomonidan nima uchun transport sohasini davlat tomonidan tartibga solinishi litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qo‘llash orqali amalga oshirilib kelayotganligi mohiyati, shuningdek, uni natijalari, olib kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari, yetarli darajada tahlil qilinmaganligi ko‘rsatmoqda.
Loyihaning ishlab chiqilishiga asos qilib quyidagi omillar ko‘rsatilgan:
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish sohadagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish; axborot tizimlaridan foydalangan holda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash borasida izchil hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni belgilash;

Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling