Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
yuridik shaxslar transport vositalarining soniga bog‘liq holda yo‘l harakati
Download 35.78 Kb.
|
7396 (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchuvchisiz uchish apparatlari yuzasidan.
- Shu munosabat bilan bu masala Mudofaa vazirligi bilan kelishilishi lozim. Avtomobil transportida katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish yuzidan.
- Vazir o‘rinbosari A. Muminov
yuridik shaxslar transport vositalarining soniga bog‘liq holda yo‘l harakati
xavfsizligi bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish yoki lavozimlar joriy etish; faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerakligi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasiga muvofiq ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etilishi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishga talabgor shaxslarga nisbatan aniq malaka talablari, shu jumladan maxsus tayyorgarlikka doir talablar ko‘rsatiladi. Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalashda yuridik shaxslar shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassisga nisbatan qo‘yilgan malaka talabini bekor qilish natijasida yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkor sub’ektlari tomonidan yo‘l harakati xavfsiz talablariga rioya qilmaslik holatlarini keskin oshishi, yo‘l transport hodisalarni ko‘payishi, zarur nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislar shakllanishi hamda yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish tiziminining buzilishiga olib keladi. Uchuvchisiz uchish apparatlari yuzasidan. Shaxsiy va tijorat maqsadlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ommaviy nazoratsiz foydalanilishiga olib kelgan holda milliy xavfsizlikka tahdid solishi va real vaqt rejimida muhofaza qilinadigan ob’ektlarni foto va video kuzatuvi, xavfli yoki taqiqlangan yuklarni tashish va boshqa maqsadlar uchun ishlatilish xavfini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, odamlar gavjum joylarda uchuvchisiz uchish apparatlarining qulashi va ulardan aerodromlar hududlarida foydalanish holatlari uchrab turadi, bu esa havo kemalar bilan to‘qnashuvga va odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishdan oldin vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazishning barcha tartiblari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarori bilan belgilangan. Uchuvchisiz uchish apparatlariga GPS o‘rnatish hamda 120 metr balandlikdagi cheklovlarni joriy etish yuqorida qayd etilgan muammolarga yechim bo‘lmaydi. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlariga ruxsatnoma Mudofaa vazirligining Havo bo‘shlig‘idan foydalanishni yagona boshqarish tizimi bosh markazi tomonidan beriladi. Havo kodeksining 4-moddasiga muvofiq samoviy hududdan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq samoviy hududdan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklanadi. Shu munosabat bilan bu masala Mudofaa vazirligi bilan kelishilishi lozim. Avtomobil transportida katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish yuzidan. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalarining 5-bandiga muvofiq avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda o‘lchash asbobining ikki foizli farq bilan ishlashiga yo‘l qo‘yiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi. Bu o‘z navbatida yuk avtotransport vositasida katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda yuklarning ruxsat berilgan miqdoridan ikki foizgacha oshganda yuk tashuvchi foydasiga qo‘llanilishi mumkinligini bildiradi va mazkur holat yuk tashish qoidalarini buzish deb hisoblanmaydi. avtomobil transportida katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda yuklarning og‘irligi ruxsat berilgan miqdorning bir foizigacha ko‘p bo‘lganda yuk tashish qoidalarini buzish deb hisoblanmasligini va javobgarlikka sabab bo‘lmasligini belgilash yuzasidan kiritilgan band ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini qisqartirishga yoki soddalashtirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi. IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: PS60877564 Yuqoridagilardan kelib chiqib, avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi sifatida Transport vazirligi transport sohasida litsenziya va ruxsatnomalarni sonini kamaytirish, bekor qilish yoki soddalashtirish natijasida kelib chiqish mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni inobatga olgan holda loyihadan transport sohasini (xususan, loyihaning 5-bandi “a” kichik bandi, loyihaga 1-ilovaning 2-bandi, loyihaga 2-ilovaning 5 va 10 bandlari, loyihaga 3-ilovaning 22-bandi, loyihaga 4-ilovaning 8-bandi, loyihaga 5-ilovaning 12, 15, 18-bandlari) to‘liq chiqarib tashlash lozim deb hisoblaydi. Shu bilar birga, bildirilgan e’tirozlar inobatga olinmagan taqdirda litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni soddalashtirish yoki bekor qilinishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgarlik loyiha tashabbuskoriga yuklatilishi ma’lum qilinadi. Vazir o‘rinbosari A. Muminov Download 35.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling