Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 35.78 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1524132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7396 (4)

Birinchidan, tashuvchilarning litsenziya talab va shartlarini bajarishini nazorat qilish mexanizmi yo‘qoladi.
avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyati litsenziyalash bekor qilinishi oqibatida yuklarni tashish qoidalari bajarilmasligiga, avtotransport vositasiga qo‘yilgan texnik va mavsumiy parametrlar, haydovchilarga qo‘yilgan talablar bajarilmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun: 2020-yilda yuk avtomobillari ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisalari soni jami 1 849 tani (370 ta holat bo‘yicha o‘lim, 670 ta holat bo‘yicha jarohatlanish) tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 32,4 foizga o‘sib yo‘l transport hodisalari soni 2 449 tani (429 ta holat bo‘yicha o‘lim, 923 ta holat bo‘yicha jarohatlanish) tashkil etgan.
Misol uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil
28-fevraldagi PQ–294-son qarorida shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida qatnaydigan avtotransport vositalari yo‘nalishga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazilmay foydalanilayotganligi, haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tmayotkanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Toshkent shahar hokimligining shahar yo‘lovchi transportini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlari tomonidan shahar yo‘nalishlariga litsenziya berishning belgilangan talablariga rioya qilinmayotganligi, yo‘lovchilarni tashuvchilar ustidan yo‘nalish nazorati qoniqarsiz olib borilganligi alohida qayd etilgan.
Ikkinchidan, tender talablarini bajarish litsenziya talab va shartlarida ko‘rsatib o‘tilganidan kelib chiqadigan bo‘lsak, tenderlar natijalari bo‘yicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yo‘lovchilarni yo‘lovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yo‘lovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni ta’minlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat ko‘rsatish sifatining past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) yuzasidan nazorat qilish imkoniyati cheklanadi.

Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling