Mavzu: Yo‘l-transport hodisalari va ularning ko‘rsatkichlari. Yo‘l-transport hodisasining ta’rifi, turlari va ularning miqdori haqidagi ma’lumotlar Mavzu rejasi


Download 15.19 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi15.19 Kb.
#1421329

Mavzu: Yo‘l-transport hodisalari va ularning ko‘rsatkichlari.
Yo‘l-transport hodisasining ta’rifi, turlari va
ularning miqdori haqidagi ma’lumotlar

Mavzu rejasi:

1.Yo‘l-transport hodisasining ta’rifi, turlari va ularning miqdori haqidagi ma’lumotlar.

2.Yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilishning asosiy vazifalari va usullari.
3.Yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish tizimi. Yo‘l-transport hodisalarini maxsus kartochkalarda va formalarda hisobga olish.
4. Yo‘l-transport hodisasi vujudga kelishida avtomobilning, haydovchining va yo‘l sharoitining o‘rni.
5. Yo‘l-transport hodisalari natijasida vujudga keluvchi iqtisodiy zararni baholash.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Azizov Q.X. “Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari”. T.: «YOzuvchi», 2002 yil.


  2. Klinkovshteyn G.I. Afanasev M.B. “Organizatsiya dorojnogo dvijeniya”. M.: Transport 2000 g.


  3. Konoplyanko V.I. “Organizatsiya bezopasnosti dvijeniya”. Kemerevo: Kusbassvuzizdat. 1998 g.


  4. Sadikov I.S. “Prognozorovanie i upravlenie transportno-ekspluatatsionnыmi kachestvami avtomobilnыx dorog”. T.Adolat. 2004 g..


  5. Afanasev L.L. i dr. “Konstruktivnaya bezopasnost avtomobilya”. Mashinostroenie. 1983 g.


  6. Voloshin G.D. i dr. “Analiz dorojno-transportnыx proisshestviy”. M. 1987 g.

1.Yo‘l-transport hodisasining ta’rifi, turlari va ularning
miqdori haqidagi ma’lumotlar

Avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimining buzilishi oqibatida insonlar halok bo‘lishiga, tan jarohati olishiga, shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga, yo‘ldagi sun’iy inshootlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar etkazishga sababchi bo‘luvchi halokatlarga yo‘l-transport hodisasi (YTH) deyiladi. Bu ta’rifga ko‘ra YTHda ikkita faktor bo‘lishi tavsiflidir, bular: insonlarning o‘limi, tan jarohati yoki katta miqdordagi moddiy zarar, shuningdek, biron-bir transport vositasining harakatda bo‘lishligidir.



YTH vujudga kelishida umumiy tizimga kiruvchi «A-H-Y-P-M» elementlaridan biri yoki bir nechtasi birgalikda normal harakat rejimini buzishga sababchi bo‘lishi kuzatiladi.
Har bir YTHda shartli ravishda uchta fazani ajratish mumkin: boshlang‘ichkulminatsion va yakuniy. Ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisining davomi bo‘lishi mumkin.
YTHning boshlanish fazasi deganda avtomobillarning va piyodalarning xavfli vaziyat arafasidagi harakatlanishi sharoiti tushiniladi. Xavfli vaziyat deb shunday yo‘l harakat sharoiti tushiniladiki, unda harakat qatnashchilari YTHning oldini olishga imkoniyatlari etarli, agarda tezda bu imkoniyatdan foydalanilmasa yoki ko‘rilgan choralar samarasi etarli bo‘lmasa, unda avtomobillar va piyodalar yaqinlashuvi falokatli (avariya) vaziyatni vujudga keltiradi.
Download 15.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling