Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun belgilangan


Download 35.78 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1524132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7396 (4)

litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun belgilangan


talablarni soddalashtirish; muayyan faoliyatni boshlashda tadbirkorlarga katta sarf-xarajatlarni, faoliyatini
boshlash uchun muhim bo‘lmagan ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish; litsenziyalanadigan va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan
faoliyatni boshlash uchun qulay sharoitlar yaratish orqali biznesga kirishni osonlashtirish; vakolatli organlar tomonidan talab va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish tartibotlarini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish; tadbirkorlik faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni yaratish.
O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasida transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qo‘llash, texnik jihatdan tartibga solish, ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirish, soliq solish, tarif siyosatini, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega tashishlar uchun tarif siyosatini olib borish, transport to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash, kadrlar siyosatini olib borish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tartibga solish usullarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, Transport vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga transport sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonini yanada soddalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti orqali avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarlarni tashish faoliyatini litsenziyalash jarayoni to‘liq elektronlashtirildi.
Natijada, tadbirkorlik sub’ektlariga (o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar) litsenziya/litsenziya varaqalari davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi hamda ularning litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun murojaat etishdagi ortiqcha vaqt sarflari hamda moliyaviy xarajatlari keskin qisqartirildi; litsenziya/litsenziya varaqalari QR-kod bilan himoyalangan elektron ko‘rinishga o‘tkazildi, ya’ni litsenziya va litsenziya varaqalarini maxsus blankada berish amaliyotidan to‘liq voz kechildi; ariza beruvchining litsenziya/litsenziya varaqalari olish uchun taqdim etadigan
hujjatlari elektron ko‘rinishdagi ma’lumotnomalar bilan almashtirildi; avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchining so‘rovnomasi barcha zarur ma’lumotlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilish imkoniyati yaratildi; yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish hamda yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish faoliyat turlarini litsenziyalash, shuningdek, avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish sohasidagi 9 ta faoliyat turi birlashtirish yo‘li bilan bekor qilindi hamda faoliyat turlari 15 tadan 6 taga qisqartildi; yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbari, rahbar o‘rinbosari, transport bo‘limi rahbari va (yoki) harakat xavfsizligi mutaxassislariga nisbatan litsenziyalar olish uchun hujjatlar taqdim etish va avtomobil transportida tegishli tashishlarni amalga oshirish uchun har besh yilda attestatsiyadan o‘tish talablari bekor qilindi; shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi va yuk tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron shaklda o‘tkazilmoqda.
Loyiha tashabbuskori tomonidan loyiha qabul qilinishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar yetarli darajada tahlil qilinmaganligi yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling