Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 35.78 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1524132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7396 (4)

Sakkizinchidan, avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnomani berish uchun o‘tkaziladigan tender o‘rniga kvotalash mexanizmini joriy qilinishi respublika bo‘yicha jamoat transporti yo‘nalishilarining norentabelligiga olib keladi.
To‘qqizinchidan, transport sohasida yashirin iqtisodiyot rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
O‘ninchidan, loyihani mazkur tahrirda qabul qilinishi natijasida bir qancha sohalar faoliyati tartibga solib bo‘lmas darajaga kelib qoladi.
O‘n birinchidan, xalqaro shartnomalarga asosan davlatlar o‘rtasidagi yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun milliy qonunchilikka muvofiq tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan avtotransport vositalarida amalga oshiriladi.
Vazirlik tomonidan xalqaro tashuvlarga beriladigan litsenziya varaqasi chet davlatlarning xalqaro tashuvlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni tekshiruvchi vakolatli organlari talab qiladigan hujjatlar toifasiga kiradi.
Shuningdek, avtomobil transportida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash bo‘yicha xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, litsenziyani ilgari bekor qilgan mamlakatlarda (masalan, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina) yo‘l-transport hodisalarining keskin o‘sishi, haydovchilik qobiliyati pasayishi, avtomobillarning texnik holatining yomonlashishi va sifatsiz, xavfli xizmat haqida shikoyatlar ko‘payishiga olib kelgan.
Loyihada avtotransportda tashuvlar sohasiga Lyuksenburg davlatini misol qilib olinishi maqsadga muvofiq emas.
Ushbu davlatda aholi soni 626 100 tani, muntazam yo‘nalishlar soni
30 tani tashkil etib, nazorat mexanizmi raqamlashtirilganligi, davlat hududi kichikligi sababli muntazam yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi avtotransport vositalar soni kamligi, davlat hududiga qo‘shni davlatlardan ishlash uchun bir kunda 200 000ga yaqin fuqarolar kelib ketishi va bu o‘z navbatida tirbandliklarni keltirib chiqarmasligi uchun yo‘lkira narxlari ham bepul.
Mazkur asoslarga ko‘ra Lyuksenburg hamda O‘zbekiston Respublikasidagi jamoat transportiga oid tartibga solish mexanizmlarini solishtirish maqsadga muvofiq emas.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga Lyuksenburgda – 134 754,0 AQSh doll, O‘zbekistonda – 8 497,0 AQSh doll to‘g‘ri kelmoqda. (https://nonews.co/directory/lists/countries/gdp-per-capita-ppp).
Ochiq tender tanlovlarini o‘tkazish yuzasidan.
Ochiq tender orqali yo‘lovchilar tashish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatishning eng qulay shartlarini aks ettiruvchi eng foydali takliflar aniqlanadi. Bu qatnovlarning muntazamligi, qatnovlar oralig‘i belgilab qo‘yilgan holdagi tashishlar tartibi, avtobus harakat qilayotgan vaqtda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning qulayligi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatining darajasi, avtobuslarning holati, tashqi ko‘rinishi va joylashuvi, yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishdan iboratdir.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.
Shuningdek, bugungi kunda respublika bo‘yicha 181 ta elektron ravishda ochiq tender tanlovlari o‘tkazilgan bo‘lib, 3697 ta yo‘nalishlar joylashtirilgan.
Tender g‘olibining har bir avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron guvohnomalar beriladi va har bir yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi avtotransport vositalari faoliyati nazorat qilinadi.
Tender o‘rniga kvotalash mexanizmini joriy qilinsa, yo‘nalishlarda sun’iy ravishda narxlarni ko‘tarilishga aholi tomonidan noroziliklar vujudga keladi.
Tasdiqlangan harakat jadvaliga, belgilangan yo‘nalish sxemasiga rioya etilmaydi, bekatlarga belgilangan vaqtda avtotransport vositalari qatnovi oralig‘i tig‘iz vaqtdagi oraliq vaqtlari surilgani hisobiga yo‘nalish munatazamligi yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Yo‘nalishlarga talabgor bo‘lib chiqqan bittadan ortiq tashuvchilar o‘rtasida harakat jadvalida belgilangan vaqtga e’tibor berilmay, qo‘pol qilib aytganda avtotransport vositalari bir-biri bilan poyga uyushtirib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishiga olib keladi.
Yo‘lovchilarni xavf-xatarsiz tashishni ta’minlagan holda belgilangan ish tartibiga, qatnov jadvaliga, qatnov sxemasiga, ularda ko‘rsatib o‘tilgan to‘xtash joylariga rioya etilmaydi.
Transport vositalarining yo‘nalishda muntazam ravishda qatnovini ta’minlash uchun transport vositalari yo‘nalishdan chiqib ketgan vaziyatlarda avtobuslarni bir yo‘nalishdan ikkinchi yo‘nalishga o‘tkazish. Texnik yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘nalishdan chiqib ketgan avtobuslarni tezkorlik bilan almashtirish uchun zaxira avtobusga ega bo‘lmaydi.
Avtobuslar va mikroavtobuslar ishtirokidagi yo‘l transport hodisalari tahlil qilinganda, 2022-yilning 9 oyi mobaynida 78,8 foiz yo‘l transport hodisalari litsenziyasiz va yo‘nalishga biriktirilmagan avtotransport vositalarining faoliyat ko‘rsatishi natijasida yuzaga kelganligi aniqlandi.
Nizomda lotga alohida yo‘nalishlar, ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yo‘nalishlar paketlari hamda uzunligi kamida 100 km bo‘lgan yo‘nalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) qo‘yilishi mumkin.
Tashuvchilarning shtat jadvalida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bo‘lishi yuzasidan.
O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunida quyidagilar:

Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling