- Liviyada temir yoʻl yoʻq. Avtomobil transportining ahamiyati katta, uning uz. — 28 ming km, neft quvurlarining uz. — 3,4 ming km. Eksport qilinadigan neft va chetdan keltiriladigan yuklar dengiz transpor-tida tashiladi. Dengiz flotida 26 kema, shu jumladan, 12 tanker bor. Yirik portlari: Tarobulus al-Gʻarb va Bingʻozi. Tarobulus al-Gʻarb, Bingʻozi va Sabha shaharlarida xalqaro aeroportlar bor.
- Liviya chetga neft va neft mahsulotlari, shuningdek, gaz, sitrus mevalar, teri, kimyoviy mahsulotlar va boshqa chikaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, oziq-ovqat, maʼdanli oʻgʻit, qurilish materiallari va boshqa keltiradi. Tashqi savdoda Italiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liviya dinori.
Do'stlaringiz bilan baham: |