- Liviya rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iqtisodiyotning asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,6%, qishloq xoʻjaligining ulushi 5,5% (1989).
- Sanoati neft va gaz konlari, neftni qayta ishlash, sement, metallurgiya, oziq-ovqat (zaytun moyi, meva va baliq konservalari, tamaki mahsulotlari), toʻqimachilik (jun gazlama), koʻnchilik korxonalaridan iborat, bir necha elektr stansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Sanoat korxonalarining koʻpchiligi Tarobulus al-Gʻarb, Bingʻozi va boshqa sha-harlarda joylashgan. Misurotada yirik metallurgiya majmuasi, boshqa shaharlarda quvur, elektr simlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, traktor va avtomobil yigʻuvchi zavodlar bor. Hunarmandchilik rivojdangan.
- Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar oʻrmonlar bilan birga 4,2 mln.ga (2%). Asosiy ekinlari: arpa va bugʻdoy. Sabzavot, meva (apelsin, mandarin, xurmo, uzum), yer yongʻoq, zaytun, tamaki ham yetishtiriladi. Liviya Sahroi Kabiridagi aholining asosiy mashgʻuloti — chorvachilik. Qoʻy, echki, qoramol, tuya, yilqi, eshak boqiladi. Sohil yaqinidagi suvda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
ADABIYOTI - Arab istilosidan soʻng 7-a, 8-asr boshlarida Liviyada adabiyot umumarab madaniyati asosida rivojlandi.
- Ammo 16-asrdan L. adabiyoti tushkunlikka uchradi, 17—18-asrlarda Umar al-Farid, Ahmad al-Bahluliy kabi shoirlar kad. arab sheʼriyati anʼanalarini davom ettirdilar. 19-asr oxirida arab mamlakatlarida vujudga kelgan mada-niy uygʻonish harakati 20-asrning 1-yar-migacha Liviyaga ham taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda ozodlik, maʼrifat va ijtimoiy mavzular Liviyaning mumtoz sheʼriyati uchun muhim boʻldi. Ahmad ash-Sharif, Mustafo bin Zikriy, Sulaymon alBaruniy va boshqa shoirlar qasidalarida mustamlakachilarga qarshi kurash mavzui keng ifoda etildi. Ahmad Rafiq al-Mahdum, Ibrohim al-Us t a Umar kabi shoirlarning 30—40-yillardagi asarlari xalqning Italiya bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlandi. L. mustaqillikka erishgandan soʻng adabiyot maydoniga Ali Sidqi Abdulqodir, Ahmad Fuod Shinnib, Ali ar-Ruqayn va boshqa shoirlar kelib qoʻshildi. 40—50-yillarda hikoyanavislik yuzaga keldi. Uning bosh mavzui — chinakam mustaqillik va ijtimoiy tenglik uchun kurashdan iborat boʻldi. Mustafo al-Misuratiy, Abu Harrus, Muhammad Afif, Tolib ar-Roviy kabi yozuvchilar oʻz asarlariga oddiy xalq vakillari — badaviylar, baliqchilar, fallohlar va hunarmandlarni bosh qahramon qilib oldilar. Keyingi yillarda Jumʼa al-Faroniy, Ahmad an-Nuayriy, Abdulhafiz al-Mayar kabi shoir va yozuvchilar adabiyot maydoniga kirib keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |