Lizing deganda inglizcha


Download 14.35 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi14.35 Kb.
#1272930

Lizing deganda (inglizcha „lease“ – ijara) asbob-uskunalarjihozlar, transport vositalari va boshqa asosiy fondlarni ijaraga be rish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalar tushuniladi. Dastlabki lizing tarqalishi 1852-yilda AQSHdagi „Yunayted staytes liz ing korporeyshn“ birinchi lizing jamiyati tashkil qilinishi bilan bog‘liq.
Lizing shartnomasida bank (lizing beruvchi), ijaraga oluvchi korxona (lizing oluvchi) va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi korxona) ishtirok etadi.
Lizing predmeti bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan korxonalarmulk komplekslari bino-inshoot, transport vositalari va qonunlar bilan taqiqlanmagan ko‘chmas mulk shakllari hisoblanadi. Lekin, yer uchastkalaritabiat obyektlari, hamda ishlatilishi bo‘yicha qattiq tartib o‘rnatilgan mulk shakllari bundan mustasno.
Iqtisodiy mohiyati bo‘yicha lizing oddiy ijara tushunchasiga nisbatan keng tushunchadagi kategoriya bo‘lib hisoblanadi.
Aslida lizing – bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan 3 operatsiya: ijara, kreditlash va korxonani texnik materiallar bilan ta’minlashning yagona kompleksidir.
Lizing bitimlarining asosini quyidagi elementlar tashkil qiladi:


  • bitimning obyekti ;


  • bitimning subyekti (lizing shartnomasining tomonlari);


  • lizing shartnomasining muddati;


  • lizing to‘lovlari;


  • lizing tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.




Lizing obyekti . Lizing bitimining obyekti har xil turdagi moddiy qiymatliklar bo‘lishi mumkin (ishlab chiqarishda yo‘q bo‘lib ketmaydigan).
Ijaraga berilayotgan lizing obyekti tabiatiga ko‘ra, ko‘char va ko‘chmas mulkka bo‘linadi.
Download 14.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling