Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


III BOB Innovatsion texnologiyalari


Download 455.46 Kb.
bet18/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari

III BOB Innovatsion texnologiyalari

Hozirgi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri dars jarayonida o’quvchilarni faollashtirish orqali ularga bilim olish yo’llarini o’rgatishdan iboratdir.Ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik texnologiya elementlari singib bormoqda.O’qitishning inhovatsion usullaridan foydalanish bo’yicha muayyan tajriba to’plandi.

Uzluksiz ta’lim tizimini qaror topishi va rivojlanishining yangi strategiyasi, «ta’lim» so’zining qayta idrok etilishi «qo’llab - quvvatlovchi» ta’limni «innovatsion» ta’lim bilan almashtirishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim ayni paytda kamida quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan:


  1. Voqealarni oldindan ko’ra bilish, o’zini real voqelikda va keyinga ijtimoiy va kasbiy rolini anglab yetish qobiliyatini tarkib toptirish; shaxsni ongli, oldindan anglab yetilgan muqobillarni – umumiy xulq – atvorni, ishonch - e’tiqodni, axloqiy qadriyatlarni, umuman dunyiqarashni tanlashga yo’naltirish.

  2. Mahalliy (shaxsiy yo’naltirilgan) tashkiliy – boshqaruv darajasidan tortib global darajasigacha shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega bo’lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini beruvchi «qatnashish» prinsipini ro’yobga chiqorish.

Barcha darslarda ta’limning innovatsion texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarda mantiqiy fikrlash ko’nikmalarni tarkib toptiradi, guruhlarda ishlashga o’rgatadi, ko’pchilik oldida o’z fikrini bayon etish, o’z nuqtayi nazarini asoslash malakalarini hosil qiladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish, mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biridir.Har bir pedagog shuni esda tutishi kerakki, dars o’quv-tajriba jarayonining asosiy shaklidir. O’qituvchi o’quvchilarni mustaqil fikrlash,mustaqil ijod qilishga o’rgatishi lozim. Darsda uch maqsad ko’zda tutiladi: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish. Bu uch maqsadni dars davomida amalga oshirish uchun innovatsion usullardan foydalanib dars o’tish yaqindan ko’mak beradi.O’zlashtirilayotgan tajribani to’g’ridan to’g’ri o’quvchilarga o’zaro ta’sir harakati orqali yo’naltirish, innovatsion texnologiyaning interfaol metodlarini qo’llab dars o’tishning asosi bo’lib, bunday yondashuvda o’qituvchi tayyor bilimlarni bermaydi, balki o’quvchilarni mustaqil ishlashga chorlaydi.

Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda o’rganiladigan mavzuning ilmiy asoslangan bo’lishidir, ya’ni darsda ko’zlangan maqsad va o’quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o’rganilgan mavzu bilan bog’lash, o’quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo’ladigan jihozlarni belgilash va qo’shimcha ko’rsatmali qo’llanma bilan boyitish, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda darsda muammoli vaziyat yaratishdir. Darsda qo’yiladigan asosiy talablardan biri ta’lim metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog’lab olib borish samaradorligini oshirishdir. Darsga qo’yiladigan asosiy talablardan yana biri barcha didaktik vazifalar darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o’quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak, dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak, o’tilgan har bir darsning o’quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija beradi.

Bugungi kunda ta’limdagi innovatsion texnologiyalar jarayoni pedagoglarga malakaviy talablar qo’ymoqda. Bu talablar quyidagilardan iborat:




  1. Download 455.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling