Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


Buyrak tosh kasalliklarining ekologiyaga bog’liqligi


Download 455.46 Kb.
bet17/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari

2.4 Buyrak tosh kasalliklarining ekologiyaga bog’liqligi.

Inson tabiat qo’ynida yashaydi, mehnat qiladi, ijod etadi.Go’zal tabiatning sahovati shunchalar kengki, uning marhamatlarini, inomlarini sanab nihoyasiga yetish qiyin.Tabiatning ajralmas bo’lagi bo’lgan tabobat olami insonni to’ydiradi, kiyintiradi, unga nafosat bag’ishlab, estetik zavq beradi, havoni musaffo qiladi.Agar mazkur tabobat olamidan birontasi yetishmasa, inson organizmida turli hastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug’iladi.Masalan darmondorilar ya’ni vitaminlar yetishmasa inson kasallikka chalinaveradi. Bu darmondorilarni inson tabiiy holda iste’mol qilib, toza havodan nafas olish bilan organizmning nisbiy doimiyligini taminlab turadi.Ammo hozirgi kunda ekologik muhitning tez sur’atlar bilan yomonlashib borishi sababli inson salomatligini muhofaza qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.Jumladan Orol dengizi 1960-yilda sayyoradagi eng yirik ko’llar orasida 4-o’rinda turardi.Hozirgi kunga kelib uning maydoni 2 barobar qisqargan. Suv sathi 18 metrga pasaygan, suv hajmi 5 barobar kamaygan. Bu esa orolbo’yi mintaqasidagi aholi orasida bir qancha irsiy va orttirilgan kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.Bu kasalliklar orasida buyrak tosh kasalliklari ham anchagina iqtisodiy zarar keltiruvchi kasallik hisoblanadi. Buyrak tosh kasalligi dunyo aholisining 4,5-12% uchraydi va har yili 1500-2000 ta holatda birlamchi kasallanish kuzatiladi. O’zbekistonda tarqalishi esa 1000 ta aholiga 45 tani tashkil qilmoqda.Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi mutahasislari tomonidan 2014-2016-yillarda orolbo’yida yashaydigan 7597 ta bemor tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan. Orolbo’yi mintaqasidagi tumanlar bo’yicha bemorlarning taqsimlanishi:



Tuman, shaxar

Bemorlar soni

Ayollar

Erkaklar

Ellikqal’a tumani

2034

1101

93

Yangibozor tumani

2048

1255

793

Yangiariq tumani

1943

1189

754

Nukus shaxri

1572

1092

480

Natijasida jami shuncha tekshiriluvchidan 116 ta bemorlardabuyrak tosh

kasalligi aniqlangan. Ushbu bemorlarning tumanlar bo’yicha taqsimlanishi:



Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev shu yilning 30- yanvarida 2017-2021-yillarda Orol bo’yidagi ekologik holatni yaxshilash uchun 8,4 trillion so’m mablag’ ajratish haqida qarorini e’lon qildi.

Yuqoridagi buyrak tosh kasalligini ham kimyoviy preparatlar bilan tez va oson davolash mumkin, lekin bu kimyoviy preparatlar buyrak tosh kasalliklariga foyda keltirgani bilan boshqa organlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Hozirgi davrda insonlar o’rtasida “Dori-darmonsiz” shiori borgan sari keng tus olmoqda. Shuni e’tirof etish kerakki, bu shior to’liq tasdiqlangan bo’lib, tabiatning shifobaxsh o’simliklari bilan davolash usullari keng qo’llanilmoqda.Ayniqsa serquyosh o’lkamizda insonga bebaho hazina ato etgan bo’lib, bu- o’simliklardunyosidir.Tabiatdagi o’simliklar tarkibida ko’plab biologik faol moddalar bo’lib, ular inson a’zolariga turlicha foydali ta’sir qiladi. Buyrak tosh kasalliklarining birlamchi va ikklamchi profilaktikasini dorivor o’simliklar va sog’lom turmush tarzi bilan olib borilsa kimyoviy preparatlarga nisbatan yaxshi samara beradi. Buning uchun esa albatta aholi o’rtasida buyrak tosh kasalligiga davo bo’ladigan dorivor o’simliklar haqida ma’lumot yetarli bo’lishi kerak.Bu dorivor o’simliklarning ayrimlari haqida to’xtalib o’tamiz:

Mana shunday bemorlar salomatligini tiklashga foyda keltiradigan o’simliklardan ayrimlari yovvoyi holda o’ssa, ayrimlari madaniylashtirib o’stiriladi va ko’paytiriladi. Shifobaxsh madaniy o’simliklarni zaruratga qarab ekib, ko’paytirsa bo’ladi, ammo yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni ko’paytirish biroz qiyin. Mana shunday shifobaxsh o’simliklarni himoya qilishning, undan to’g’ri foydalanishning birdan-bir yo’li uning qaysi qismini qachon yig’ib olishni bilishdir. Shunda u o’z qimmatini va shifobaxsh hususiyatini saqlab qoladi. O’simliklardan noto’g’ri foydalanish esa uning qayta o’sib chiqmasligiga, natijada shu turning yer yuzasidan yo’qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda barcha kasalliklarni davolashda va prafilaktikasida tabiatning beminnat tuhfasi bo’lgan fitopreparatlarning ya’ni dorivor o’simliklarning ahamiyati katta. Zero “Tabiat - benazir posponimiz” deb bejiz aytilmagan.


Download 455.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling