kasbiy tayyorgarlik(o’z fanini chuqur bilish, kasbiy eruditsiya);
zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan xabardor bo’lish;
pedagogik va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq eta olish.
Innovatsiya atamasi inglizcha innovation-(yangilik kiritish, yangilik yaratish, novatorlik) so’zidan olingan bo’lib, novatsiyalarga investitsiyalar sifatida talqin qilinadi
Novatsiya atamasi esa ( lotincha novation-o’zgarish, yangilanish) ilgari mavjud bo’lmagan turli xil yangiliklarni bildiradi.
Ta’limda innovatsiya- yangi texnika va texnologiya, pedagogik jarayon va boshqaruvni tashkil etishning yangi shakllariga o’tish orqali erishilgan natijani namoyon etadi.
Innovatsion ta’limda- pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishliklarini ta’minlaydi. Zamonaviy o’qituvchi ta’lim – tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalana bilishi va amalga oshira olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |