Lms tizimlari va tasnifi lms tizimlarining asosiy funksiyalari. Claroline. Xulosa


Erkin va ochiq kodli LMS tizimlar tahlili


Download 1.64 Mb.
bet8/12
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#198503
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
LMS turlari va masofaviy mkoniyatlari. (2)

Erkin va ochiq kodli LMS tizimlar tahlili

Moodle — Web muhitida o‘qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud.



Boshqa LMS’lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘p davlatlarining o‘quv muassasalarida masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.



1-Jadval. Moodle bo‘yicha statistika (2013-yil 13.08.gacha bo‘lgan ma’lumotlar)

Shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘plab ta’lim muassaslarida virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining virtual ta’lim muhiti — etuit.uz, O‘zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o‘quv-axborot markazida», Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» — http://moodle.uzedu.uz, Toshkent Turin Politexnika universitetida — moodle. polito.uz va boshqa muassasalarda keng foydalanib kelinmoqda.



Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini boshqaruvchi Web’ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib, internet tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware). O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi Moodle 2.5. Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.moodle.org



Moodle dasturiy majmuasining umumiy ko‘rinishi

OLAT (Online Learning And Training) tizimni ishlab chiqarish 1999-yil Syurix universitetida yaratila boshlangan, 2004-yildan boshlab dastur kodi ochiq kodlikka o‘tdi. Hozirga kelib, tizimdan 50 000ga yaqin foydaluvchi va 50ga yaqin tashkilot foydalanib kelmoqda. Boshqa LMS’lar singari IMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. OLAT dasturiy majmuasida mavjud o‘quv modullari quyida keltirilgan: Content managing, Forums, File discussions, Quizzes with different kinds of questions,Wikis, Blogs, Podcast, Surveys, Chat va boshqa modullari mavjud. Apache License 2.0 asosida foydalanish mumkin. OLAT’ni ishlatish uchun talab etiladigan dasturiy majmualar: Java SDK, Tomcat Servlet Engine, ma’lumotlar omboridan MySQL yoki PostgreSQL. OLAT dasturiy majmuasining ishlash imkoniyati bilan tizimga har xil foydalanuvchi (administrator, o‘qituvchi, o‘quvchi) rolida kirib, http://demo.olat.org/havolaga murojaat etgan holda tanishib chiqish mumkin. O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi OLAT 7.7. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.olat.org





OLAT dasturiy majmuasining umumiy ko‘rinishi

eFront — dasturiy majmua Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware va boshqa PHP’ni qo‘llab-quvvatlovchi operatsion tizimlarda ishlaydi. Ma’lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL’dan foydalanish mumkin. Boshqa LMS’lar singari IMS va SCORM standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim 30dan ortiq tilga tarjima qilingan shu qatorida o‘zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. Agar saytga kirilsa, eFrontning bir nechta versiyasidan foydalanish taklif etiladi, bular Editions, Enterprise, Educational va Open-sourcelar. (Bular bir-biridan nimasi bilan farq qilishini to‘liq bilish uchun quyidagi havolaga murojaat etish mumkinhttp://www.efrontlearning.net/functionality-matrix) Bulardan faqat oxirgisidan (Open-source) foydalanish bepul hisoblanib qolganlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz ma’lum qo‘shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin bo‘ladi. Lekin eFront dasturiy majmuasining Open-source versiyasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun yetarli hisoblanadi. O‘quv moduli yozilayotgan vaqtdagi barqaror versiyasi eFront (Open-source) v3.6.13.2. eFront dasturiy majmuasi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasi qoshidagi «Multimediali o‘qitish markazi» tomonidan http://my.estudy.uz masofaviy o‘quv kurslari fizika fani bo‘yicha yaratilgan va hozirgi vaqtgacha ishlab kelmoqda. Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.efrontlearning.net






Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling