Lms tizimlari va tasnifi lms tizimlarining asosiy funksiyalari. Claroline. Xulosa


Download 1.64 Mb.
bet10/12
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#198503
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
LMS turlari va masofaviy mkoniyatlari. (2)

Dasturiy taminoti tahlili. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasi 2005 yilning 17 avgustida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 147/01 buyrug’iga asosan "Informatika va axborot texnologiyalari” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1942 Qarori va  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti va uning mintaqaviy filiallarini tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi 2013 yil 28 iyun 188-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Dasturiy ingininring fakulteti tashkil qilindi va Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasi ushbu fakultet tarkibiga kiritildi.

Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasiga 2005-2010 yillarda texnika fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi M.M.Kamilov, 2010-2013 yillarda texnika fanlari doktori, professor A.X.Nishanov, 2013-2016 yillarda fizika matematika fanlari nomzodi A.T.Rahmonov, Akbaraliyev B.B. rahbarlik qilgan. 2016 yil 1 aprelda t.f.d. Mingliqulov Zafar Bozorovich kafedra mudiri etib tayinlandi.

"Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” кafedrasi mutaxassislik kafedrlardan hisoblanib, soha uchun har yili malakali kadrlar, ya’ni 100 dan ortiq bakalavr va 12-15 nafar magistrlar, tayyorlab beradi. Kafedraning asosiy maqsadi: raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish uchun yetarlicha bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lgan kadrlar tayyorlashdan iborat. 

Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora keng kirib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiyalash, jumladan ta’lim jarayonida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan keng foydalanilmoqda. Ta’lim tizimida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkillashtirish masalalari hozirgi kunda juda dolzarb hisoblanadi. 2017 yilning 28-aprel kuni TATUning Mirzo Ulug‘bek nomidagi akademik litseyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi mudiri i.f.n. Otaqo‘ziyeva Zuhra Maratdayevna “Ta’lim sifatini ta’minlashda internet xizmatlaridan foydalanishning muammo va yechimlari”ga bag‘ishlangan o‘z ma’ruzasida aynan ana shu ommaviy onlayn ochiq kurslar haqida batafsil gapirib berdi.

Ommaviy onlayn ochiq kurslar atamasi 2008 yilda AQSHda paydo bo‘lgan, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011 yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos soldi va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi. Courserada hozirda 12 mln. dan ortiq foydalanuvchilar bo‘lib, bundan tashqari OOOK-maydonchalar bo‘lib EdX, Udacity va boshqalar hisoblanadi. Uchrashuv mazmunan juda qiziqarli o‘tdi, litsey o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ko‘plab savollar berildi, savollarga ma’ruzachi tomonidan batafsil javoblar berildi. Uchrashuv so‘ngida Z.M.Otaqo‘ziyeva chop etgan o‘z monografiyasini litsey kutubxonasiga taqdim etdi. Uchrashuvda kafedraning 1-kurs magistri Q.O Yigitaliyev va I.D.Mirzayev lar ham faol ishtirok etdilar.

O‘qitishdagi axborot texnologiyalar bu o‘qitish faoliyatida qo‘llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir.Elektron vositalar tarkibiga apparatli,dasturli va axborotli komponentlar kiradi.Ularni qullash ko‘rsatmalari o‘qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) ta‘minotida keltiriladi. Masofaviy ta’lim bu o‘qitishning insonparvar shakli bo‘lib,an‘anaviy,yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi.Bunda texnik vositalar o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot uchun hizmat qiladi. Shunga ko‘ra masofaviy o‘qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta’limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish to‘g‘risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta’lim tizimi apparatli,dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo‘lib,o‘z ichiga server va ishchi stansiyalar,shaxsiy kompyuterlar, kommunikatsiya vositalari, umum tizimli va tarmoqli dasturlar ta‘minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari,o‘rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo‘lgan audio va video texnikalarni oladi.

Masofaviy ta’limning didaktik tizim esa 12 elementni o‘z ichiga oladi.

9- chizma




maqsad




O‘quv-moddiy

mazmun

o‘qituvchilar

Nazorat

Metodlar




Normativ-huquqiy

vositalar

o‘quvchilar

iqtisodiy

shakllar




marketing

Qo‘shimcha elementlar, ya‘ni o‘quv moddiy, nazorat, normativiy-huquqiy, iqtisodiy, marketing kabilar an‘anaviy didaktik tizimda ham ko‘zga tashlanmay ishtirok etadi,lekin pedagogik jarayon uchun u masofaviy ta’limdagi kabi printsipial ahamiyat kasb etmaydi.

Masofadan o‘qitish texnologiyasi (MO‘T) mahsus metod,vosita va o‘qitishning tashkiliy shakllari tizimi bo‘lib,ta’lim mazmunini ko‘p tarmoqli ravishda amalga oshirishga qaratilgan.

Oliy o‘quv yurtlarining ko‘pgina o‘qituvchilari (pedagogika va didaktika o‘qituvchilaridan tashqari) “o‘qitish metodi” tushunchasiga unchalik qiziqmaydilar. Chunki ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qitish faoliyatini empirik tarzda o‘rganib oladilar. Ular asoson kafedra mudirilari yoki yetakchi professor – o‘qituvchilariga taqlidan o‘qitish usullarini qo‘llaydilar. Lekin shu usullar qaysi ta’lim metodlari tizimiga kirishini bilmaydilar yoki qiziqmaydilar. Ta’lim metodini bilish ta’limni takomillashtirish-ning muhim shartlaridan biridir.Ta’lim metodi har hil o‘quv predmetlarini o‘qitishni qanday amalga oshirish yo‘larini belgilaydi.Ta’lim metodi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati to‘g‘risida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriyadir.Masofadan o‘qitish har hil ta’lim metodlari orqali amalga oshiriladi va unda bir qancha usullardan foydalaniladi.Har bir usul muayyan harakatlardan iborat bo‘lib,o‘qitishning hal hil didaktik vositalari yordamida ma‘lum bir maqsadga erishishga qaratiladi. Masofadan o‘qitish metodlaridan foydalanganda qo‘ydagi usullarni qo‘llash mumkin: namoyish qilish, illyustratsiya, tushintirish, hikoya, suhbat, mashq, masala yechish, material ni yodlash, yozma ish va takrorlash kabilar.

Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o‘quv mazmuni o‘z ichiga olgan masofaviy o‘qitish o‘qituvchi va o‘quvchi qo‘lidagi o‘quv vositalari o‘quv mazmunini taqdim etish, o‘quvchilarning o‘rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Ma‘lum bir o‘quv materiali bir qancha o‘rgatish vositalari (bosma materiallar, audio-video va boshqalari) bilan berilishi mumkin. Vositalarning har biri o‘z didaktik imkoniyatlarga ega. O‘qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o‘quv materialini har hil vositalarga ko‘ra bo‘lib chiqishi, didaktik vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘quv axborotlarni tashuvchi tizim sifatida o‘quv materiallaridan o‘quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o‘qitish tizimi vositalari qo‘ydagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

Xulosa

Hozirgi vaqtda LMS tizimlari zamonaviy axborot texnologiyalari va masofaviy ta'lim tizimini tashkil etishi mumkin bo'lgan zamonaviy texnologiyalardir. Shuningdek ko'plab ta’lim muassasalari o’z masofaviy ta'lim tizimlarini tashkil etishda Moodle dasturiy majmuasidan foydalanyapti.Xulosa qilib aytganda LMS tizimlari zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo'lishimiz uchun zarur vositalardan biridir.




Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling