Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Jismoniy tarbiya daqiqalari muskullar tonusini pasaytirishga hamda qisqa
muddatli xordiq chiqarishga qaratilgan. Jismoniy mashqlar bilan ish joyida o‗tirgan 28 yoki turgan holda 3-5 daqiqa shug‗ullanish mumkin. Bu mashqlar yordamida asabiy ruhiy zo‗riqishlarni bartaraf etish, bosh miyada va tanada qon aylanishini me‘yorga keltirish, ko‗z soqqalaridagi zo‗riqishlarni, xissiy qo‗zg‗alishlarni tinchlantirishga yordam beriladi. Komp‘yuter oldida yoki stolda uzoq o‗tirish, bir hil masofadagi buyumlarga tikilish ko‗z soqqasi muskullariga zo‗riqishlar beradi. SHuning uchun ish davomida bir necha marotaba ko‗z soqqalari uchun mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Bunda ko‗zlarni chapga, o‗nga va tepaga, pastga qaratish, ko‗z soqqalarini o‗ng tamonga va chap tamonga aylantirish mashqlarini bajariladi. Mashqlar ko‗z soqqasi muskullaridagi zo‗riqishlarni bartaraf etish, shu joyda qon aylanishini yaxshilanishiga olib keladi. Jismoniy mashqlar bajarish tanaffuslari faol dam olishni ta‘minlab, ishchanlik qabiliyati susayishining oldini oladi. Bu shakldagi mashg‗ulotlar ish kunining birinchi va ikkinchi yarmida bir martadan tashkil etilish mumkin. Mashg‗ulotlarda mexnat faoliyatiga muvofiq 8-10 ta umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan shug‗ullanish mumkin. Mashqlarni tanlashda mexnat shakli, o‗tirib ishlash, tananing holati, aqliy va jismoniy yuklamalarning ta‘siri hisobga olinadi. Dam olish munosabati bilan tashkil etilgan tanaffuslarda bajariladigan jismoniy mashqlar shakllari mexnat faoliyati yuqlamalariga muvofiq bo‗lishi kerak. Agar mexnat faoliyati og‗ir jismoniy yuklamalardan iborat bo‗lsa jismoniy mashqlar engil bo‗lib, nafas olish gimnastikasi va muskullarni bo‗shashtiruvchi mashqlardan iborat bo‗lishi kerak. O‗tirib mexnat qiluvchilarga esa jismoniy mashqlar va harakatlarni tik turib bajarish tavsiya etiladi. Aqliy mexnat hodimlarining asosiy mexnat faoliyati holati o‗tirib ishlash bo‗ladi. Uzoq vaqt o‗tirib ishlashda qon aylanishida salbiy o‗zgarishlar bo‗lib, qorin bo‗shlig‗i a‘zolari, tos va oyoq muskullari qon tomirlarida qon dimlanishi kuzatiladi. Nafas olish jarayonlari qiyinlashadi. Tananing ko‗plab muskul guruhlari statik zo‗riqishda bo‗ladi. Umurtqa pag‗onasida ham surunkali zo‗riqish hosil bo‗ladi. Bunday holatning salbiy ta‘sirlarini oldini olish maqsadida bar qator jismoniy mashqlar va harakatlarni bajarish kerak. Yirik muskul guruhlari uchun mashqlar bajarish, umurtqa pag‗onasi egiluvchanligini ta‘minlash uchun 29 harakatlar, bosh miyada qon aylanishini yaxshilash uchun mashqlar bajarishga e‘tibor qaratiladi. Ish vaqtidan so‘ng va tushlikdagi tanaffuslarda jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish: tushlik vaqtidagi tanaffuslarda erkin harakatlar bajarish, sport yoki harakatli o‗yinlar bilan shug‗ullanish, trenajerlarda mashqlar bajarish mumkin. Ish vaqti yakunlangandan so‗ng esa sauna, massaj qabul qilish, toza havoda sayrlar, yurish va yugurish mashqlari, sport turlari bilan shug‗ullanish, trenajerlarda mashqlar bilan shug‗ullanish tavsiya etiladi. Xonalarda mexnat faoliyati olib boruvchi hodimlar ishdan bo‗sh vaqtlarida toza havoda sayr etishlari kerak. Ishlab chiqarish jismoniy madaniyatining asosiy shakllari: - jismoniy mashqlar mexnat faoliyati shakllariga muvofiq bo‗lishi tavsiya etiladi; - mashqlar bajarilishi engil va oddiy bo‗lishi maqsadga muvofiq bo‗ladi; - jismoniy yuklamalar og‗ir bo‗lmay balki, tinch va sokin bo‗lib, jismoniy zo‗riqishlar hosil qilmasligi kerak; - mashqlarni bajarish vaqti 10 daqiqadan ortmasligi kerak. Mexnat faoliyati jarayonlarida har soatda oz muddat tanaffus qilish, ishchanlik qobiliyatini tiklanishiga yordam beradi. Uzoq vaqt dam olish esa ishchanlik kayfiyatini tushib ketishiga olib kelib, mexnat samaradorligi pasayib ketadi. Ish vaqtidan so‗ng jismoniy mashqlar yoki sport bilan shug‗ullanish uchun etarlicha vaqt ajratish mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling