Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: Namangan muhandislik texnologiya instituti katta o`qituvchi U.Kuchkarov Taqrizchilar: Namangan davlat universiteti
1 KUCHKAROV ULUG`BEK LOCHINBEKOVICH JISMONIY TARBIYA VA SPORT Barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun O„QUV QO„LLANMA Namangan - 2020 2 O‗quv qo‗llanma oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tamonidan taklif etilgan barcha ta‘lim yo‗nalishalari namunviy o‗quv reja va namunaviy o‗quv dasturi asosida tayyorlangan bo‗lib, o‗quv qo‗llanma oliy ta‘lim muassasalarining barcha bakalavr ta‘lim yo‗nalishlari talabalari uchun mo‗ljallangan. Qo‗llanmada jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‗ulotlari, talabalar kun tartibida sog‗lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan hamda jismoniy mashqlar va sport bilan mustaqil shug‗ullanish nazariy, uslubiy va amaliy tavsiyalar keltirilgan. SHu bilan birga qo‗llanmada inson organizmi morfologik funksiyalarining xususiyatlari va ularning rivojlanishida jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining ijobiy ta‘sirlari, talabalar o‗rtasida sog‗lom trmush tarzini ommaviylashtirish masalalari ham tahlil etilgan. Tuzuvchi: Namangan muhandislik texnologiya instituti katta o`qituvchi U.Kuchkarov Taqrizchilar: Namangan davlat universiteti Dosenti p.f.n T.Ismoilov Andijon davlat universiteti dosenti L.Rustamov 3 So„z boshi Barcha bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlari o‗quv rejasiga ―Jismoniy tarbiya va sport‖ fani kiritilgan bo‗lib, bu fan talabalarni jismonan rivojlangan va sog‗lom qilib tarbiyalash hamda bo‗lg‗usi mutaxassisliklariga kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarliklarini ta‘minlashdan iborat bo‗ladi. Jismoniy tarbiya va sport fani bo‗yicha tayyorlangan ushbu o‗quv qo‗llanma jismoniy tabiya o‗qituvchilari va sport murabbiylariga talabalar bilan jismoniy tarbiya darslari va sport turlari bo‗yicha mashg‗ulotlar tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam beradi. SHu bilan birga o‗quv qo‗llanmadan talabalar jismoniy mashqlar va sport bilan mustaqil shug‗ullanishlarida ham keng foydalanishlari mumkin. O‗quv qo‗llanmada oliy ta‘lim muassasalari talabalari bilan jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‗ulotlarini tashkil etish bo‗yicha quyidagi mavzular yoritilgan: Talabalar jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining maqsad va vazifalari: Talabalar sog‗lom turmush tarzini tashkil etish va ommaviylashtirish: Inson organizmi xususiyatlari va unga jismoniy mashqlar va sport mashg‗ulotlarining sog‗lomlashtiruvchi ta‘sirlari: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda o‗z o‗zini nazorat qilish: Jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha mustaqil mashg‗ulotlarni tashkil etish: Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarni tashkil etish: Jismoniy tarbiya uslublari va tamoyillari: Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish: Zamonaviy sog‗lomlashtirish tizimi va vositalari. SHu bilan birga qo‗llanmada jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda shaxsiy va jamoat gigienasi talablariga rioya qilish, aqliy va jismoniy ishchanlikni ortirishda jismoniy mashqlar va chiniqtirish muolajalaridan samarali foydalanish bo‗yicha tavsiyalar berilgan. Jismoniy tarbiya va sport nomli o‗quv qo‗llanmadan oliy va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari jismoniy tarbiya o‗qituvchilari va sport murabbiylari kasbiy 4 faoliyatlarida, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarida ham foydalanishlari ham mumkin. Kirish Oliy ta‘lim muassasalari ―Jismoniy tarbiya va sport‖ fani o‗quv dasturiga jismoniy tarbiya va sport turlari bo‗yicha nazariy va amaliy tayyorgarlik kiritilgan. Talaba yoshlar jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarini samarali tashkil etish bo‗yicha ko‗plab o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar mavjud. Bu qo‗llanmalar talaba yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilim hamda amaliy malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish bilan birga sport mashg‗ulotlari va umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari bilan mustaqil shug‗ullanish bo‗yicha tajriba va ko‗nikmalarni ortirishga yordam beradi. Oliy ta‘lim muassasalarida talaba yoshlarni jimsoniy tarbiya dasrlariga ajratilgan o‗quv soatlari ularni jismoniy harakatlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondara olmadi, bu bilan ular organizmining jismooniy rivojlanishi hamda sog‗ligini mustahkamlash vazifalari ta‘minlanmaydi. SHuining uchun talabalarning organizmini sog‗lomlashtirish shu bilan birga sport mashg‗ulotlarini ular o‗rtasida ommaviylashtirishda sport to‗garaklaridagi mashg‗ulotlar hamda mustaqil jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarining ahamiyati katta. Talabalarning ta‘lim muassasasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanish bo‗yicha malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish hamda jismoniy mashqlar va sport bilan mustaqil shug‗ullanishga odatlanishga o‗rgatiladi. Oliy o‗quv yurtini tamomlagan talaba o‗z kasbiy hamda hayotiy faoliyati jarayonlarida jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug‗ullanishnip davom ettirib, kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarliklarini ortirib boradi. Ishchanlik samaradorligi ortadi, organizmi sog‗lom bo‗lib kasbiy kasalliklar va jarohatlanishlarni oldi olinadi. Hozirgi rivojlangan jamiyatda raqobatbardosh, sog‗lom va jismonan chiniqqan, kuchli hamda ma‘naviy etuk hodimlarga hamma joyda talab va ish o‗rinlari bo‗ladi. Kasbiy va hayotiy faoliyat davomida muntazam jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish yoshlarni ishchanlik qobiliyatini ortirish, yuqori darajada 5 mexnat samaradorligiga erishish, kasbiy faoliyatda yutuqlarga, hurmat va e‘tiborga sozovor bo‗lishi bilan birga organizmni sog‗lom bo‗lishi hamda uzoq umr ko‗rishning bosh omili bo‗ladi. Ushbu o‗quv qo‗llanmada talaba yoshlar jismoniy tarbiya va sport sog‗lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda muhim hisoblangan nazariy bilim va amaliy malaka va ko‗nikmalar keltirilgan. Keltirilgan bilimlar yordamida talaba yoshlar o‗zlarining kasbiy faoliyati va turmush tarzini tashkil etishda jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalaridan samarali foydalanishlari mumkin. Talabalar jismoniy tarbiya va sport fanining maqsadi: Jismoniy tarbiya talabalar o‗quv jarayonlarining ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya talaba yoshlar sog‗ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini ortirish, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish, bo‗lg‗usi mutaxassislarni kasbiy ijodiy faoliyatga tayyorlashga yo‗naltirilgan. Keyingi yillarda davlatimizda jismoniy arbiya va sport sohasida olib boilayotgan islohatlar talaba yoshlarni ta‘lim muassasalarida tashkil etilayotgan jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarini yanada takomillashtirishga hamda zamonaviy andozalarga muvofiq bo‗lishiga qaratilgan. Davlatimiz rahbariyati tamonidan talaba yoshlarni jismona barkamol va ma‘naviy etuk inson qilib tarbiyalash tamoyillari aks etgan meyoriy hujjatlarda jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining maqsadi shaxs jismoniy madaniyatini shakllantirish, kasbiy faoliyatga har tamonlama tayyorgarliklarini ta‘minlash, mexnat jarayonlarining ijtimoiy va iqtisodiy hamda bioligik va ruhiy jismoniy asoslari xaqida bilimlarni shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sport fanining vazifalari quyidagicha ta‘riflanadi: — SHaxs jismoniy madaniyatining ijtimoiy asoslarini o‗rganish: — Talabalarda jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining tibbiy va biologik asoslari xaqida bilimlarni shakllantirish: — Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotilari nazariyasi va metodikasiga oid nazariy va amaliy bilim hamda malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish: 6 — Sog‗lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishda jismoniy mashqlar va sport bilan muntazam shug‗ullanish: — Aqliy va jismoniy mexnat sohasi ishchi hodimlari uchun jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish muhim hisoblanishini tushunib etish. Talabalar jismoniy tarbiya va sport fanini o‗rganish jarayonlarida ―jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy rivojlanish, jismoniy barkamollik, sport va sport mashg‗ulotlari, texnik va taktik tayyorgarlik, sport maxorati‖ tushunchalari bo‗yicha nazariy bilimlari hosil qilinadi. SHuningdek jismoniy madaniyatning sog‗lomlashtiruvchi, ma‘nivy hamda ma‘rifiy xususiyatlari, jamiyatda jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining tutgan o‗rni va shakllari xaqida nazariy bilimlar shakllantiriladi. Talabalar jismoniy tarbiya va sport fanini o‗rganish jarayonlarida jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilimlarni o‗rganish bilan birga jismoniy mashqlar va sport turlari bo‗yicha amaliy harakat malaka va ko‗nikmalari shakllantiriladi. Talabalarda umumrivojlantiruvchi mashqlar hamda sport turlari harakatlari texnikasi va taktikasini bajarish bo‗yicha malaka va ko‗nikmalarni egallaydilar: Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarni rivojlantirish mashqlarini o‗rganadilar: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling