Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy tayyorgarlik: jismoniy tayyorgarlik ikki hil shaklda namoyon 
bo‗ladi. Jismoniy tayyorgarlik keng ma‘noda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, 
harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishni ko‗zda tutadi. Tor ma‘noda esa 
jismoniy tayyorgarlik deganda jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, 
chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi. SHuningdek 
sport tayyorgarliklarida bu atama texnik va taktik tayyorgarlik bilan bir qatorda 
sportchining jismoniy fazilatlar tayyorgarliklarni izoxlashda qo‗lalaniladi. 
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik shakllarida 
bo‗ladi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik – jismoniy fazilatlarni rivojlantirish va 
insonni jismonan barkamol va ma‘naviy etuk qilib tarbiyalashda muhim bo‗lgan 
hayotiy zarur harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. 


15 
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – kasbiy faoliyatga muvofiq bo‗lgan va sport 
turlariga ixtisoslashgan jismoniy fazilatlarni hamda harakat malaka va 
ko‗nikmalarini rivojlantirishga yo‗naltirilgan. 
Jismoniy tayorgarlik bilan jismoniy tarbiya tushunchalari o‗zaro farqli 
mazmunga egadir. Jismoniy tayyorgarlikni ta‘minlash uchun jismoniy tarbiya 
bo‗yicha maxsus tarbiyaviy va ta‘limiy bilimlarni shakllantirish shart emas. 
SHuning uchun xulosa qilish mumkinki jismoniy tarbiya pedagogik jarayon 
hisoblanib, tarbiya va ta‘lim jarayonlarini tashkil etish uchun ma‘lum bir talablarga 
rioya qilish kerak. Jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishda esa mustaqil jismoniy 
mashqlar bilan shug‗ullanish, o‗z harakatlarini nazorat qilishni amalga oshirish 
etarlicha bo‗ladi. Demak jismoniy tarbiya shug‗ullanuvchilarning jismoniy tarbiya 
va sportga oid nazariy bilim, amaliy malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga 
qaratilgan bo‗lsa, jismoniy tayyorgarlik aniq bir maqsadni ya‘ni jismoniy 
fazilatlarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan jarayon bo‗lib hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bilan bir qatorda jismonan chiniqqanlik 
yoki jismoniy tayyorgarlik ko‗rganlik tushunchasi ishlatiladi. Bu tushunchalar 
o‗rtasida ham farq mavjud. Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirishga qaratilgan jarayon bo‗lsa, jismoniy chiniqqanlik qaysidir bir 
fazilatni yoki umumiy barcha jismoniy sifatlarni takomillashganligini nazarda 
tutadi. Bu albatta shug‗ullanuvchining jismoniy fazilatlarni namoyon qilish 
darajalari yoki ko‗rsatkichlarida - metr, soniya, daqiqa, kilogramm va ballarda 
baholanadi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling