Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqa faoliyati
Maxsus tayyorgarlik sport mashg‗ulotlari jarayonlarida tashkil etilib,
musobaqalashish faoliyatining asosiy ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Sport mashg‗uloti rejalashtirilgan pedagogik jarayon hisoblanib, shug‗ullanuvchilarni sport turlariga mos bo‗lgan harakatlar texnikasi va taktikasiga o‗rgatish, bellashuv jarayonlarida texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarliklardan samarali foydalanish, ruhiy va iroda qobiliyatlarni rivojlantirishni ko‗zda tutadi. Sport mashg‗ulotlari mazmuni sportchilarning nazariy, texnik, taktik, jismoniy, ma‘naviy iroda va ruhiy tayyorgarlik jarayonlarini o‗z ichiga oladi. Sport mashg‗ulotlarida chuqur ixtisoslashtirish, xususiylashtirish, yuksak natijalarga intilish, umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi, mashg‗ulotlar jarayonlarining uzviyligi, ko‗p yillik sport faoliyatining yoshga muvofiqligi tamoyillariga qat‘iy amal qilinadi. Jismoniy yuklamalarni muntazam ortirib borish, sportchilar jismoniy imkoniyatlaridan to‗liq foydalanish tamoyillarining ahamiyati ham sportchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarligida muhim bo‗lib hisoblanadi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida tamoyillardan samarali foydalanish sportchilarni musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarliklarini – sport formasida ekanligini belgilaydi. Musobaqa faoliyati xususiyatlari, munosabatlari va mezonlari. Sport mashg‗ulotlari va musobaqalari, o‗zaro munosabatlar, mezonlar va o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗ladi. Musobaqalar nizomlari va dasturlari mukammal ishlab chiqiladi. Musobaqalar va bellashuvlar hamma ishtirokchilar uchun bir hil bo‗lgan qoidalar asosida tashkil etiladi. Musobaqalar qoidalarini buzilishi, sportchilarni musobaqalardan chetlatilishi yoki jazo choralari qo‗llanilishini talab etadi. Musobaqalar talablari qatt‘iy tartibga keltirilgan bo‗lib, sportchilar vazni, og‗irliklar hajmi va miqdori, bosib o‗tiladigan masofalar, o‗yin va bellashuv maydonlari, jixozlar qat‘iy o‗lchamga ega bo‗ladi. Musobaqalar qoidalari hamma sportchilar uchun bir hil bo‗lishi talab etiladi. Sport musobaqalarida yuksak 19 natijalarga erishishda yaxshi tashkil etilgan yuqori malakali sportchilar tayyorlash tizimining faoliyati muhim bo‗lib, bu tizim murabbiylarning o‗zaro hamkorligi, malaka va tajribalar almashinuvi, sportchilarni saralash va sport zaxiralari tayyorlash jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etilishi, sportchilar, hakamlar va musobaqalar tashkilotchilarining o‗zaro muvofiqlikdagi faoliyati natijasida shakllanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling