Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Harakat faoliyati. Inson hayot tarzi, kun davomida bajaradigan jismoniy 
harakatlar mazmuni va miqdori, kun tartibi, mexnat o‗quv faoliyatidagi jismoniy 
harakatlar yoki jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish holati organizm 
morfo funksional ko‗rsatkichlariga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. CHunki jismoniy 
mashqlar va sport bilan shug‗ullanishda tana tuzilishidagi kamchiliklar – 
qomatning buzilishi, yassi oyoqlik va bukrilik alomatlarini bartaraf etish mumkin. 
Jismoniy barkamollik – insonning jismoniy rivojlanganlik va jismoniy 
chiniqqanligini yuksak darajasi bo‗lib, hayot tarzi va kasbiy faoliyat talablariga 
muvofiq bo‗lishni ko‗rsatadi. Jamiyatning har bir taraqqiyot bosqichida jismoniy 
barkamollik ko‗rsatkichlariga davrga muvofiq bo‗lgan talablar qo‗yiladi, shuning 
uchun jismoniy barkamollik talablari ham davr taraqqiyotiga ko‗ra murakkablashib 
boradi. Qadimgi dunyoda kuchli inson bo‗lish jismoniy barkamollik mezoni 
bo‗lgan, bunday insonlar yashash uchun kurashda doimo g‗olib bo‗lganlar. Hozirgi 
kunda esa jismonan rivojlangan bo‗lishlik barcha jismoniy fazilatlarni uyg‗un 
rivojlanganligin talab etadi, shu bilan birga sog‗lom bo‗lishni nazarda tutadi. 
Bunday sifatlarni shakllanishi zamonaviy jamiyat talablari, ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish, kosmonavtika va aviasiyaning taraqqiy etishi munosabati bilan 
vujudga kelmoqda.
Barcha insonlar har hil tana tuzilishi va har hil darajadagi jismoniy 
rivojlanishda dunyoga keladilar. Muntazam jismoniy mashqlar va sport 
mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanish jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarini 
takomillashuviga, jismoniy fazilatlarni uyg‗un rivojlanishiga olib keladi. 
Sport – bellashuv va musobaqalashish faoliyati va bu faoliyatga jismoniy, 
texnik va taktik hamda ruhiy, iroda hamda axloqiy, ma‘naviy tayyorgarlik ko‗rish 
jarayonlari bo‗lib hisoblanadi.
Sport musobaqalashish faoliyati bo‗lib, jamiyatda inson jismoniy tayyorgarlik 
darajalarini baholash, sport turidagi imkoniyatlar chegaralarini aniqlash maqsadida 
shakllantirilgan. Kasbiy faoliyatlarning boshqa turlari – fan, san‘at va 
madaniyatdagi bellashuvlar moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chaqarishga 
qaratilgan bo‗ladi. Bu jarayonlardagi bellashuvlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, 


18 
san‘at va madaniyatda moddiy ta‘minotni rag‗batlantirishga yo‗naltiriladi. 
SHuning uchun fan va madaniyat hodimlari va san‘atkorlar bellashuvlari 
musobaqalar hisoblanmaydi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling