Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
Download 1,18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gigienik omiillar
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari – quyosh nurlari, toza havo va suv
muolajalari hisoblanadi. Inson hayotining asosiy qismini tashkil etuvchi tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlaridan samarali foydalanish organizmni sog‗lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish hamda davolash va kaslliklarni oldini olish vazifalarini amalga oshiradi. Tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda quyidagi talablarga asoslanadi: Tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlaridan jismoniy mashqlar va sport mashg‗ulotlar bilan shug‗ullanishda foydalanish: jismoniy mashqlarni bajarish va sport mashg‗ulotlarini toza havoda bajarish. O‗rmonda, tag‗li hudularda, dengiz va daryo, ko‗llar bo‗yida mashqlar bajarish organizmni kislorodga to‗yinishini ta‘minlaydi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Jismoniy yuklamalar ta‘siridagi charchash va toliqishlar bartaraf etiladi, ishchanlik qobiliyati kuchayib, organizmdagi tiklanish jarayonlari faollashadi. Toza havoda sayrlar, tog‗li va o‗rmon hudulariga sayohatlar, suv muolajalari qabul qilish, dengiz, daryo va ko‗llarda cho‗milishlar, quyosh nurlarida toblanishlar osrganizmni 14 sog‗lomlashtirish va chiniqtirishlarini ta‘minlab, kasalliklarga chidamliligini ortiradi, kasalliklarni oldini oladi. Gigienik omiillar – shug‗ullanuvchilarning shaxsiy va jamoat gigiena talablariga riya qilishni nazarda tutadi. Gigiena qoidalari tanani parvarish qilish, uning tozaligini saqlash, yashash, o‗qish va ish hamda sport mashg‗uloti joylarini tozaligini ta‘minlash, toza havo, issiq va sovuq suv bilan ta‘minlanishini tashkil etish, sport jixozlari va kiyimlari yaroqliligi va tozaligini ta‘minlash, uyqu va to‗g‗ri dam olishni tashkil etish, to‗g‗ri va sifatli ovqatlanish, mexnat va dam olshini to‗g‗ri navbatlashtirishda iborat bo‗ladi. Gigienik omillar sport va jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanuvchilar organizmini sog‗lomlashtirish va jismoniy rivojlanishiga bevosita ta‘sir qilibgina qolmay balki sport va jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari samaradorligini ham ortiradi. Jismoniy tarbiya vositalari hisoblangan jismoniy mashqlar, tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlari hamda gigienik omillardan jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarida o‗zaro muvofiqlikda foydalanish organizmni sog‗lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish bilan birga sport maxoratlarini ort irishda ijobiy natijalarga erishishni ta‘minlaydi. Download 1,18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling