Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat shakllari
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya.
Jismoniy madaniyat shakllari: insonlarning kasbiy va hayot faoliyati
jarayonlarida vujudga keladigan ko‗plab ehtiyojlarini qondirishning jismoniy tarbiyaga oid sohalarini jismoniy madaniyat shakllari deb atash mumkin. Jamiyatda jismoniy madaniyatning asosiy shakllari: 1. Jismoniy tarbiya: ta‘lim tizimida tashkil etiladigan jismoniy madaniyat tadbirlarining shakllari. 2. Kasbiy amaliy jismoniy tarbiya: ta‘lim tizimida o‗quvchi talabalarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash jarayonlari. 3. Ishlab chiqarish jismoniy madaniyati: ishchi xodimlarning sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonlari. 4. sog‗lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat: kun davomida, dam olish jarayonlari va tibbiyotda qo‗llaniladigan jismoniy tarbiya shakllari. Jismoniy tarbiya. Jismoniy madaniyatning muhim shakllaridan biri jismoniy tarbiya hisoblanadi. Jismoniy tarbiya ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida majburiy ta‘lim sifatida kiritilgan. Jamiyatda jismoniy tarbiyaning asosiy yo‗nalishi o‗quvchi talabalarning jismoniy tayyorgarliklarini ortirish hamda jismoniy tarbiya bo‗yicha ta‘lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga qaratilgan. Boshqacha qilib aytganda kelajakda sog‗lom va jismoniy barkamol insonlar, mutaxassislar tayyorlash uchun asosiy jismoniy tayyorgarliklarni tashkil etish maqsad qilib belgilangan. Oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya o‘quv fan sifatida: Oliy ta‘lim tizimida ―Jismoniy tarbiya va sport‖ o‗quv fan sifatida talabalar umum kasbiy gumanitar fanlar majmu‘i takibida yosh mutaxassislarning kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarliklari ta‘minlash, shaxs sifatlarini shakllantirishga qaratiladi. Jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari jarayonlarida umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish, sog‗lom turmush tarzi qoidalariga o‗rgatish, kasbiy faoliyatda jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalaridan samarali foydalanish amalga oshiriladi. ―Jismoniy tarbiya va sport‖ fanining ta‘limi va tarbiyaviy vazifalari maqsadga yo‗naltirilgan jismoniy tarbiya jarayonlarida tashkil etiladi. talabalar jismoniy 25 tarbiya mashg‗ulotlari oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, jismoniy tarbiya bo‗yicha ta‘lim standartlari, o‗quv rejalari hamda dasturlari asosida olib boriladi. Oliy ta‘lim tizimida talabalar jismoniy tarbiya jarayonlari o‗quv mashg‗ulotlari va o‗qishdan tashqari mashg‗ulotlar shakllarida bo‗ladi. O‗quv mashg‗ulotlari talabalarning jismoniy tarbiya bo‗yicha mashg‗ulotlarining asosiy shakllaridan hisoblanib quyidagi shakllarda tashkil etiladi: Nazariy, amaliy va nazorat mashg‗ulotlari: Jismoniy tarbiya dasturlarining nazariy bo‗limi ma‘ruza mashg‗ulotlarida, amaliy bo‗lim amaliy uslubiy mashg‗ulotlarda, nazorat bo‗limi esa, nazaorat va jismoniy tayyorgarlikni baholash mashg‗ulotlarida o‗tkaziladi. Amaliy va uslubiy mashg‗ulotlar hamda talabalar tanloviga ko‗ra sport turlari mashg‗ulotlari: Xususiy, yakka holda va guruh holida qo‗shimcha mashg‗ulotlar tashkil etish: Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan mustaqil shug‗ullanish mashg‗ulotlari. Talabalar ―Jismoniy tarbiya va sport‖ fani o‗quv mashg‗ulotlariga qatnashishlari tibbiy nazorat ko‗rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi. Tibbiy nazorat natijalariga muvofiq talabalar asosiy, maxsus va sport guruhlariga taqsimlanadilar. Asosiy guruhga sog‗ligida nuqson bo‗lmagan sog‗lom talabalar kiritiladi. Maxsus guruhga sog‗ligi zaif, nogiron talabalar kiritiladi. Sport guruhlariga sport turlari bilan shug‗ullanuvchi jismonan sog‗lom, sportchi talabalar kiritiladi. Sog‗ligida jiddiy o‗zgarishlar bor va vaqtincha kasal talabalar jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarida mustaqil mashqlar bilan shug‗ullanish, o‗yinlarda ishtirok etish, sog‗lomlashtiruvchi yurish, tabiat omillari yordamida chiniqtirish mao‗\shqlarim bilan mustaqil shug‗ullanishlari mumkin. Bu jarayonlarda jismoniy tarbiya o‗qituvchilari maxsus guruh a‘zolariga uslubiy tavsiyalar berishlari va harakatlarini nazorat qilib borishlari mumkin. SHu bilan birga bu guruh a‘zolari 26 bo‗lgan talabalar jismoniy tarbiya va sportga, sog‗lomlashtirish jismoniy mashqlariga oid mustaqil ish, referatlar tayyorlashlariga ruxsat beriladi. O‗qishdan bo‗sh vaqtlari tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlarining shakllari: - o‗quv kun tartibida jismoniy mashqlar va sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tadbirlari bilan shug‗ullanish; - sport to‗garaklaridagi mashg‗ulotlar; - jismoniy mashqlar, sport va turizm bilan mustaqil shug‗ullanish; - ommaviy jismoniy tarbiya, sport sog‗lomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari va bayramlarida ishtirok etish. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling