Logistik tizimlar


Logistik tizimlarida tovar xarakatini boshqarish


Download 45.07 Kb.
bet6/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.07 Kb.
#1351017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-маъруза

3. Logistik tizimlarida tovar xarakatini boshqarish


Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida tovar xarakatini kompleks rivojlantirish, tovarlar muomalasi jarayonida ularning xaqiqiy xarakatini ta’minlash bo‘yicha vazifalar majmuasi bilan bog‘lik bo‘lgan xo‘jalik faoliyatidagi eng kelajagi porloq va ko‘p qirrali yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.
Ularga quyidagilar kiradi.

  • xujalik aloqalarining shakllanishi;

  • maxsulotlarni tashishga, ularning xajmlari va yo‘nalishlari, ketmag‘ketligi, maxsulotlarni omborga joylashtirish joylari orqali xarakatlanishiga extiyojni aniqlash;

  • zaxiralarni shakllantirish;

  • etkazib berishlar va tashishlarni boshqarishni muvofiqlashtirish;

  • maxsulotlar zaxiralarini tiklash va tartibga solish;

  • omborxona xo‘jaligini rivojlantirish, joylashtirish va tashkil etish, maxsulotlarni tashish operatsiyalarini bajarish.

Logistikaning rivojlanishi tashkiliy tuzilmalarning o‘zgarishiga: ularni amalga oshirish sharoitiga moslashuvi, ishlab chiqarish bo‘g‘inidagi tijorat xizmatlari ishlarini takomillashtirishga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir qiladi, tijoratg‘vositachilik firmalari bo‘limlarining ixtisoslashishiga ko‘maklashadi.
Xisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, tovarlar xarakatini vositachilarning omborxona, ta’minot va sotish xizmati, sanoat korxonalari va transport tashkilotlari omborlari va bazalari orqali integratsiyalashtirilgan boshqaruvining rivojlanishi oqibatida maqsadga muvofiq bo‘lmagan kaytadan omborxonalarga tashishlar 1,5-2 barobarga qisqaradi.
SHunisi xarakaterliki, tovar xarakati soxasida iste’molchilarning doimiy o‘sib boruvchi talablarini qondirishga ketgan xarajatlar o‘rnini qoplovchi ancha katta rezervlarning topilishi xorijda logistika rivojlanishining asosiy omili bo‘lgan:

  • bu bosqichda logistikani tashkil qilishga xarajatlar;

  • omborlarning qulay joylashtirilishi;

  • etkazib berilgan maxsulot miqdori;

  • omborxonalar va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi ortishg‘tushirish ishlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash xisobiga qoplanadi.

Ekspert baholari shuni ko‘rsatadiki, logistika zaxiralar darajasini 30 – 50%ga, maxsulotlar xarakat vaqtini esa 25 – 40% qisqartirishga imkon beradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitda respublika va MDHning boshqa mamlakatlari xududi ko‘lamida yuk oqimlarini davlat tomonidan tartibga solish bilan tovar xarakati ishtirokchilarining xo‘jalik tashabbuslari va manfaatdorliklarini birlashtirish uchun imkoniyatlardan foydalanib tovar xarakatining muvofiqlashtirilgan boshqaruvini ta’minlash ayniqsa muhim.
Tovar xaraktini tashkil qilishning majmuaviyligi yagona organizm sifatida logistik vazifalarning rivojlanishi va amalga oshishi davlat va nodavlat tuzilmalarda tovar xarakati bilan bog‘lik barcha tarkibiy tuzilmalarda ularni amalga oshirish: maxsulotlarning xarakati, saqlanish va zaxiralarini tutib turishga xarajatlar mikdorida iqtisodni ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Bozor munosabatlari sharoitda ta’minotchilar va iste’molchilar xo‘jalik aloqalarining takomillashtirilishi natijasida ularning vositachi tashkilotlari xarajatlarining tejalishi, tashish, ortish-tushirish va omborxona operatsiyalarini tashkil qilishni yaxshilash, transport tashkilotlari tomonidan bozorning boshqa sub’ektlari bilan tashishning kelishilgan shartlariga: tashish qiymati va xarajatlarni kamaytirishga rioya qilish rag‘batlantirishning asosiy ob’ekti bo‘ladi.
Xo‘jalik aloqalarini takomillashtirish avvalo ta’minot shaklini tanlashdan iborat buladi:
- bevosita ta’minotchi korxonadan;
-ulgurji vositachi omborlaridan;
To‘g‘ridan – to‘g‘ri etkazib berishlar kabi vositachilar orqali etkazib berish ham bir qator afzalliklar va kamchiliklarga ega. Moddiy resurslarni bevosita ta’minotchilardan olishda etkazib berish jarayoni tezlashadi, transport tayyorlash xarajatlari ancha kamayadi. Ammo korxona extiyoji katta bo‘lganda va to‘lov qobiliyati to‘lik bo‘lmagan sharoitda, xisobg‘kitoblar murakkabligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berishlar ishlab chiqarish zaxiralarining ko‘payishiga, barcha kerakli materiallar zaxiralarining mumkin bo‘lmasligi, xisobg‘kitoblarning murakkablashishiga olib keladi.
Ushbu ichki va tashqi xarakat jarayonining umumiy chizmasida xomashyo va materiallarni ta’minotchidan iste’molchigacha bo‘lgan dastlabki tovar xarakati mohiyati ifodalangan.
Moddiy resurslarni ulgurji vositachilar orqali etkazib berish materiallarni extiyojlardan kelib chiqqan xolda xoxlagan miqdorlarda olishga imkon beradi, bu qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Tovar xarakatini tanlashni asoslash jarayonida quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
K(B-b) Rq< Sulg, St.tug
bu erda: R - ulgurji vositachilar orqali tabiiy o‘lchovlarda olish iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lgan materiallarning eng katta miqdori;
K - ishlab chiqarish zaxiralarini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlar koeffitsienti, foizlarda;
B,b – to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berishlar va ulgurji vositachilar orqali tabiiy o‘lchovlarda etkazib berilgan to‘plarning o‘rtacha miqdori.
Sulg, St.to‘g‘ - ulgurji vositachilar orqali va to‘g‘ridan – to‘g‘ri etkazib berishda materiallarni etkazib kelish va saqlash bo‘yicha xarajatlar miqdori ulgurji narxlarga nisbatan foizlarda.
Masalan, ishlab chiqarish birlashmasi 60 tonna metall prokati oladi. Ulgurji vositachilar orqali esa 6 tonna, transport-tayyorlash xarajatlari miqdori ulgurji vositachilar orqali etkazib berishda 4%, to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berishda 8%, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi koeffitsienti yiliga 15% bo‘lsa, metall maxsulotlariga yillik extiyoj 108 tonnadan kam yoki teng bo‘lgandagina ulgurji vositachilar orqali etkazib berish samarali bo‘ladi.
Tovar xarakati kanalining eng ma’qul tanlovini aniqlashda materiallar barcha tur va o‘lchamlariga buyurtmalarning zarurligi, ulgurji vositachilar ishining mavjudligi, xarakteri va bir qator boshqa shartlarini xisobga olish kerak.
Xisob-kitoblarni soddalashtirish uchun ma’lumotlar ba’zasini tuzish maqsadga muvofiqdir.


Nazorat savollari



  1. Logistik tizimga ta’sir etuvchi omillar

  2. Logistik tizim turlari

  3. Makro, mikro va mezologistik tizimlar

  4. Logistik tizimda tovar xarakati

  5. Logistik tizim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar




  1. 1Ben-Daya M., Kumar U., Murthy P.D.N. Introduction to Maintenance Engineering: Modelling, Optimization and Management.John Wiley & SonsCambridge. 2016 33-б




Download 45.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling