Logistik tizimlar


Mikro, makro, mezologistik tizimlar


Download 45.07 Kb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.07 Kb.
#1351017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-маъруза

2. Mikro, makro, mezologistik tizimlar

Logistik tizimlar makro, mikro, mezo logistik tizimlarga bo‘linadi.


Makrologistik tizim – bu turli mamlakatlarda, mamlakatning har xil mintaqalarida joylashgan savdo, transport, sanoat, vositaviy korxonalarini qamrab oluvchi materiallar oqimini boshqaruvchi yirik tizimdir.
Makrologistik tizim mamlakat, yoki mamlakatlar guruhining aniq iqtisodiy infrastrukturasini o‘zida aks ettiradi.
Makrologistik tizim quyidagi ko‘rsatkichlarga qarab tavsiflanadi:

  1. Mamlakatning ma’muriy – hududiy bo‘linish belgisiga ko‘ra:

  • tuman, tumanlararo, shaxar, viloyat va o‘lka;

  • mintaqaviy, mintaqalararo, respublika va respublikalararo;

  1. Funksional – ob’ekti belgisiga ko‘ra;

  • Korxona, soxa, korxonalar o‘rtasida, sohalararo, harbiy, instutsional va x.k

g‘arb amaliyotida ko‘pincha bir necha mintaqa doirasida yaratiluvchi transkontinental tizim, bir nechta mamlakatlarni qamrab oluvchi davlatlararo tizim, bir butun mamlakat doirasida shakllanuvchi (transmilliy) davlat tizimiga taalluqli bo‘lgan global makrologistik tizim degan tushuncha mavjud.
Makrologistik tizim chegaralarni belgilash ekologik, ijtimoiy, siyosiy va boshqa maqsadlar asosida aniqlanadi. Masalan, mintaqada ekologik holatni yaxshilash uchun transport (yuk) mintaqaviy oqimni optimallovchi makrologistik tizim yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bu tizimning asosiy vazifasi tashishni bir transport turidan ikkinchi transport turiga o‘tkazish, transport oqimlarini taqsimlash, marshrutlarni optimallashtirish hisoblanadi. Makrologistik tizimda sohalararo materiallar balansini yaratish, mahsulot sotish va ta’minot turlari hamda formalarini tanlash; berilgan hududa ombor, yuk terminallarini, logistik markazlarni joylashtirish, ko‘p assortimentli materiallar oqimi uchun ma’muriy hududiy taqsimot tizimini optimallash kabi masalalar o‘z echimini topadi.
Logistik tizimda logistik boshqaruv jarayonlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida tashkiliy, iqtisodiy, texnik, huquqiy, ergonomik axborotlardan tashkil topgan va boshqa turdagi ta’minot tizimchalar majmuasi shakllantiriladi.

Download 45.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling