Logistika


Logistikaning tavsifi, paydo bo’lishi, rivojlanishi va hozirgi holati


Download 20.5 Kb.
bet2/4
Sana05.10.2023
Hajmi20.5 Kb.
#1692813
1   2   3   4
Bog'liq
Logistika-fayllar.org

1. Logistikaning tavsifi, paydo bo’lishi, rivojlanishi va hozirgi holati
Iqtisdoiy qo’llanmada yangi ilmiy intizom sifatida logistika – iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun korxonalar, sanoat va iqtisodiyot tarmoqlari doirasidagi materiallar va axborot oqimlarini rejalashtirish va boshqarish usullarini ihslab chiqadi. Bu ma’noda “Logistika” tushunchasi 80-yillardan boshlab, Rossiyada esa 90-yillardan beri qo’llanilgan va chuqur tarixiy ildizlariga qaramasdan, u ko’plab olimlar va amaliyotchilar tomonidan “Yangi” deb ataladi, chunki iqtisodiyot bu davrda hech qanday aloqasi bo’lmagan sohadir.
  • Iqtisodiyotda logistikani qo’llash mumkinligi ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning zamonaviy yutuqlari bilan bog’liq. NTP natijasi sifatida turli xil mehnat resurslari yaratilmoqda va ular moddiy va axborot oqimlari bilan ishlash uchun keng qo’llanila boshlandi. Logistika jarayonlarining o’ziga xos shartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga logistiak rivojlanishining asosiy sharti – logistika jarayonlarini boshqarishni kompyuterlashtirishdir.


    Logistikani tarixiy rivojlanish bosqichalari quyidagilarga bog’liq:
    bozorning obyektiv tendensiyalari;
  • logistika yondashuvi va logistika menejmenti konsepsiyalarini, usullarini va modellarini rivojlantirish darajasini tushunish kengligi;


  • korxona faoliyatining turli sohalarini logistika boshqaruvi bilan qamrab olish darajasi;


  • logistika boshqaruvining murakkabligi;


  • ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish texnik vositalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish.


Logistika tushunchasi o‘zinining tarixiga ega. Oadimgi greklar logistika deb hisob-kitoblarni amalga oshirish san’atini tushunishardi. Maxsus davlat nazoratchilarini logistlar deb atashardi. Qadimgi Rimda esa logistika deb mahsulotlar taqsimoti tushunilardi.


Keyinchalik logistika atamasi harbiy qo‘shinlarning joyiashishi va harakatlanish amaliyotini tasniflashda ishlatila boshladi. I ramizning IX—X asrlarida yashagan Vizantiya imperatori Leon V, o‘zining harbiy ish bo'yicha kitobida «logistika» atamasini «front orti, qo‘shinlarning ta’minoti» ma’nosida ishlatadi’. O‘zbekiston tarixiga kelsak, logistika masalalariga buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur armiyasida katta ahamiyat qaratilgan. Amir Temur armiyasi tashkiliy va harbiy tuzilishda, shunindek, jang olib borish usullari borasida eng katta va qudratli armiya edi. Amir Temur o‘z armiyasini yetti ko‘lga (korpusga) bolgan. Ularga amirlar, shahzodalar qo‘mondonlik qilishgan va markaz, o‘ng, so‘1, qanvuldan joy olganlar. Ba’zi ko’llar Amir Temur tomonidan zaxiraga ehtiyot uchun ajratilgan. Bunday tartib qanotlarnigina emas, balki markazni ham birmuncha kuchaytirgan. Markaz ixtiyorida ilg‘or, qanvul va ehtiyot qismlar bo’lib, u jang taqdirini hal etgan.
Qo‘shinni to ‘plash va ularni taqsimlash bilan tavochilar shug‘ullanishgan. Yurish davrida har bir askar o‘z.i bilan kamon va 30 ta o‘q, chapar va to‘ra, qilich va bir oyga yetarli ozuqa olishi lozim bo'lgan. Har bir askar ikki ot, har o‘n kishi o'zi biian birga bir hiyma (chodir), ikki soyabon, bir bei. o‘roq, arra. Tabar, yuz dona igna, arqon, charm mesh, qozon olgan.
XIX asr boshida, Napoleon urushlari davrida logistikaga zaxiralami rejalashtirish, tashish va qo'shin ta’minotini boshqarish to'g‘- risidagi fan sifatida qaralardi.
Sankt-Peterburgda 1850-yilda nashr etilgan «harbiy ensiklopedik leksikon»iga asosan Rossiyada XIX asr o'rtalarida logistika deb qo'shinlarning dushman yaqinida ham, o'zagida ham harakatlanishini boshqarish va ulaming frontorti ta’minotini tashkil etish san’ati tushunilardi.
Harbiy logistikaning rivojlanishida yangi bosqich ikkinchi jahon urushi davomida vujudga keldi, bunda logistik qarashlar janglami tayyorlash va rejalashtirishda keng qo‘llanila boshladi.
XX asrning 50-yillarida moddiy oqimlarni boshqarish masalalari harbiy logistikada qo’llaniladigan uslublar yordamida hal etilishi mumkinligi tan olindi.
XX asrning 70-villari boshida turii mamlakatlar iqtisodiyotida logistik qarashlar keng qo‘llanila boshladi.
Asta-sekin logistika va logistik boshqaruv tushunchalari turii shakllarga ega bo‘ldi va ishlab chiqarish hamda tovar almashinuvining turii xil tarmoqlariga kirib bordi.
Bugungi kunda logistikaga moddiy oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi. O’z davrida Sharq bilan G ‘arbni boglab turgan Buyuk Ipak Yo‘li orqaii bo‘ladigan turii xil tovar almashinuvi hamda savdo-sotiq jarayonlarida logistika elementlarini yaqqoi ko‘rish mumkin.
Logistika tushunchasini tasniflashda bir nechta qarashlar mavjud. Ulaming ko‘pchiligi bu tushunchani moddiy oqim va axborot oqimi bilan bog‘lashadi.

Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling