Logistika


Moddiy oqimlarning transport tavsifi


Download 20.5 Kb.
bet4/4
Sana05.10.2023
Hajmi20.5 Kb.
#1692813
1   2   3   4
Bog'liq
Logistika-fayllar.org

3. Moddiy oqimlarning transport tavsifi
Sabzavotlar.
Sabzavot (fors.toj. sabza — yam yashil oʻt, maysa) — rezavor va poliz ekinlari va ularning ovqatga ishlatiladigan mahsuli. S.lar jahonning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. S. tabiiy yoki qayta ishlangan holida isteʼmol qilinadi. S.larning barchasi oziklik, dorivor va parhez xususiyatiga ega. Ovqatga va yangiligida istemol qilish uchun S.larning mevasi, yosh novdasi, ildizi, ildizmevasi, tuganagi, urugʻi, toʻpguli, bargi va boshqa ishlatiladi. Insonning bir kunlik ovkat ratsionida S. 600 g ni tashkil etishi kerak. S.ning tarkibi va ozuqalik sifati mahsulot turiga, yetishtirish sharoitiga va saqlanishiga qarab oʻzgarib turadi. Shuning uchun ularni koʻproq yangiligida isteʼmol qilinadi. S. mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar — kraxmal, qand, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi. S. tarkibida qand (0,5—2,5%), organik kislotalar, xushboʻy moddalar, kul elementlari (0,4—3%), vitaminlar (5–50 mg%S vitamini, shuningdek, karotin, Vg V2, RR va boshqalar) bor. S. tarkibida moy boʻlmaydi, oqsil kam miqdorda (1—2%, dukkaklilarda 5—6%), suv 65—96% ni tashkil qiladi. Shu sababli ularning energetik qimmati unchalik yuqori emas. (2 dan 2 ming kj/kg gacha). Ammo S.da biologik faol birikmalar (kaliy, magniy, temir, fosfor tuzlari), mikroelementlar ham mavjud. S.larning muhim fiziologik xususiyatlari ularning ishtahani qoʻzgʻatishi, boshqa mahsulotlarning hazm boʻlishini yaxshilashidir. Oʻzbekistonda S.larning barcha turlari mart oyidan to kech kuzgacha, qishbahor fasllarida (issiqxona va parniklar)da yetishtiriladi. Ayrim S.lar qayta ishlanganda yoki ovqatga solinganda vitaminlar va xushtaʼmlik xususiyatlari birmuncha yoʻqoladi. Tuzlash, marinadlash, tez muzlatish, vakuumda quritishda vitaminlar va boshqa moddalar koʻproq saqlanib qoladi.

http://fayllar.org
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling