Логистика
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023
3- vazifa. Farg‘ona shahridagi korxonalarni tarmoqlar bo‘yicha tanlang: 1-variant 2-variant 3-variant 4-variant 5-variant Kimyoviy Neft Mashinasozlik Oziq-ovqat Xizmat ko‘rsatish sohasi Qo‘qon shahridagi korxonalarni tarmoqlar bo‘yicha tanlang: 1-variant 2-variant 3-variant 4-variant 5-variant Kimyoviy Neft Mashinasozlik Oziq-ovqat Xizmat ko‘rsatish sohasi Marg‘ilon shahridagi korxonalarni tarmoqlar bo‘yicha tanlang: 1-variant 2-variant 3-variant 4-variant 5-variant Kimyoviy Neft Mashinasozlik Oziq-ovqat Xizmat ko‘rsatish sohasi Faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, logistika funksiyalariga muvofiq bir yoki ikkita mahsulot ishlab chiqarish uchun logistika zanjirini yarating. 4-vazifa. Logistika tizimining chegaralarini an’anaviy va integral yondashuvlar nuqtayi nazaridan, shuningdek logistika tizimlarida boshqaruv obyekti va subyektini aniqlang. 1-vaziyat. Farg‘ona shahrida yopiq o‘simliklar uchun plastik idishlar va ko‘chatlar ishlab chiqaradigan kichik xususiy ishlab chiqarish korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu korxonaning tarqatish tizimi quyidagicha qurilgan. Korxonada savdo bo‘limi mavjud bo‘lib, u ikki yo‘nalishda ishlaydi: chakana va ulgurji savdo. Chakana savdo Farg‘ona shahridagi uchta sanoat tovarlari do‘konida va Marg‘ilon shahridagi sanoat tovarlari do‘konida sotish orqali o‘z-o‘zidan amalga oshiriladi. Tovarlar korxona hududida saqlanadi va kerak bo‘lganda ijaraga olingan transport orqali do‘konlarga yetkazib beriladi. Ulgurji savdo Andijon, Namangan, Quvasoy, Rishton shaharlarida kichik ulgurji dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Dilerlar o‘zlarining chakana savdo do‘konlari yoki savdo agentlari orqali tovarlarni oxirgi xaridorlarga yetkazadilar. Dilerlar tomonidan sotib olingan tovarlar ularning savdo shoxobchalari maydonlarida saqlanadi va o‘z kuchlari orqali savdo joylariga yetkazib beriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling