36
Amaliy darsning mazmuni
1. O‘quv materialini frontal takrorlash:
1. Faoliyat va fanning amaliy yo‘nalishi sifatida logistikaning mohiyati
nimada?
2. Logistikani o‘rganish obyekti va predmeti, uning asosiy maqsadi nima?
3. Logistikaning asosiy funksiyalari va operatsiyalari qanday?
2. Davra suhbati formatidagi masalalarni muhokama qilish:
1. Logistikani amaliy va nazariy yo‘nalish sifatida shakllantirish.
2. Logistika tamoyillari va ularni amalga oshirish yo‘nalishlari.
3. Logistikaning
marketing, ishlab chiqarishni rejalashtirish va moliya bilan
funksional aloqasi.
4. Chakana savdoda logistikaning amaliy qo‘llanilishi va dolzarbligi.
5. Savdoda tovar oqimlarini boshqarishda logistik yondashuvni qo‘llash.
6. Logistika paradigmalari.
7. Logistikadan foydalanishning iqtisodiy ta’siri va uning o‘sish manbalari.
8. Logistika qoidalari va ulardan savdoda amaliy foydalanish.
3. Amaliy vazifalarni bajarish:
1-vazifa. Farg‘ona viloyatida qurilish tovarlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi
savdo korxonasi hisobot davrida sotish hajmi 20
mln AQSH dollariga yetdi
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mga teng). Korxonaning
inventarizatsiya darajasi savdo hajmining 20 foizini tashkil etdi va zaxiralarni saqlash
xarajatlari ularning qiymatining 20 foiziga teng bo‘ldi. Hisobot yilida korxonaning
boshqa operatsion xarajatlari 15 million AQSH dollarigacha oshdi. Korxonaning uzoq
muddatli aktivlari (uskunalar, binolar va inshootlar) 20
million AQSH dollariga
baholandi.
Aktivlarning rentabelligini hisoblash orqali korxonaning logistika ishining
samaradorligini baholash talab qilinadi. Logistika operatsiyalarini
optimallashtirish
tufayli inventarizatsiya darajasi savdo hajmining 18 foizigacha kamaysa,
ushbu
ko‘rsatkichning qiymati qanday o‘zgaradi?
2-vazifa. Quyidagi funksional sohalar bo‘yicha ikki yoki uchta logistika
maqsadlariga misollar keltiring va quyidagi jadvalni to‘ldiring.
1.1-jadval-logistika va ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlarning asosiy maqsadlari
№ п/п
Funksional maydon
Asosiy
maqsadlar
Maqsadlarni amalga
oshirish bo‘yicha ish
yo‘nalishlari
1
Ta’minot
…
…
2
Ishlab chiqarish
…
…
3
Tarqatish
…
…
4
Transport
…
…
5
Saqlash
…
…