Логистика
KEYSLAR Keys № 1 Case Study (holat) - Kalamazudan JIT
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023
KEYSLAR
Keys № 1 Case Study (holat) - Kalamazudan JIT Jim Ballinger Michigan shtatining Kalamazoo shahrida "Transportdagi mini uylar" (Avtofurgondagi uylar) ishlab chiqaradigan o‘rta firmaning prezidenti edi. 95 O‘rta G‘arbdagi mahalliy bozordan asta-sekin firma milliy darajaga ko‘tarildi va o‘z ta’sirini hatto Janubiy Kaliforniya va yangi Angliyaga ham kengaytirdi. Bozor kengayishi bilan firma uchun ta’minot manbalari soni ham oshdi, asosiy yetkazib beruvchilar Janubiy Kaliforniya, Tinch okeanining shimoli-g‘arbiy qismida va Michigan shtatida joylashgan. Michigan shtatida kompaniyani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ikki sababga ko‘ra qabul qilindi: Birinchidan, Jimning avtomobilsozlik sohasida ishlagan sobiq hamkasblari, ikkinchidan, "Transportdagi mini uylar"ning eng katta tarkibiy qismi-transport vositasining o‘rnatilgan shassidir. Buni Amerikaning engil yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilardan biridan sotib olinadi. Ushbu sohadagi boshqa firmalar singari, Jim kompaniyasi ham yakuniy mahsulotning juda kam qismlarini ishlab chiqargan. Aslida, mahsulot butunlay boshqa ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tarkibiy qismlardan yig‘ilgan. Biroq, alohida komponentlar transport vositasiga eng samarali o‘rnatiladigan aniq belgilangan tartib mavjud edi. Bir kuni Jimga ma’lum bo‘ldiki, butlovchi qismlarni tashish va saqlash xarajatlari ularni sotib olishning umumiy xarajatlarining ancha katta qismini tashkil qiladi va ularni sezilarli darajada kamaytirish vaqti kerakligini tushundi. U allaqachon "O‘z vaqtida" (JIT) tizimlari haqida eshitgan. U professional seminarda yozgan ba’zi yozuvlarga ko‘ra, JIT ishlab chiqarish tizimi Toyota Motor tomonidan 45 yil oldin ishlab chiqilgan. Bu tovar zaxiralariga alohida yondashuvni nazarda tutgan, bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tegishli tashkil etishni, mahsulot sifatini nazorat qilishni, yetkazib beruvchilar va distribyutorlar bilan munosabatlarni talab qiladi. JIT tizimining asosiy prinsiplari quyidagicha shakllantirilishi mumkin. 1. Tovar zaxirasining o‘zi isrofgarchilikdir va shuning uchun uni minimal darajada ushlab turish kerak. 2. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan komponentlar uchun minimal to‘ldiriladigan zaxira bo‘lishi. 3. Yarim tayyor mahsulotlarning minimal zaxirasini saqlash kerakligi. 4. Ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni yetkazib berish tez-tez va kichik Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling