Logistikada strategiya va rejalashtirish


Download 421.5 Kb.
bet5/6
Sana01.05.2023
Hajmi421.5 Kb.
#1419108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LOGISTIKADA STRATEGIYA VA REJALASHTIRISH

x

y

x2

z

lgz

xlgz

x1 x2

xn

y1 y2

yn

x12 x22

xn2

z1 z2

zn

lgz1 lgz2

lgzn

x1lgz1 x2lgz2

xnlgzn

Sx




Sx2




Slgz

Sxlgz

Sx, Sx2, Slgz va Sxlgz larning qiymatlarini tenglamalar sistemasiga qo‘yib, tenglamalar sistemasini yechish natijasida a va b parametrlarning qiymatlarini topamiz. Topilgan a va b parametrlarning qiymatlarini Ferxyuls tenglamasiga qo‘yib, tovarlarga bo‘lgan talab (prognoz) formulasini keltirib chiqaramiz. Formuladagi A va s assimptotalarning qiymatlari esa, dinamik qatorning berilgan qiymatlari asosida aniqlanadi. Keltirib chiqariladigan formula haqiqiy statistik ma’lumotlar asosida berilgan aniq bir dinamik qatorning funksional bog‘liqlik formulasi bo‘ladi. Bu formulada x davr (vaqt) o‘rniga davrning prognozdagi qiymatini qo‘yib y ning qiymatini hisoblasak, bu qiymat talabning prognoz qiymati bo‘ladi.

Xulosa
Iqtisodiyotning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, raqobatning keskin kuchayishi, tashqi muhitning aktivlashishi kabi omillar o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab yirik kompaniya va firmalarni uzoq muddatli rejalashtirishga o‘tishga majbur qildi. Dastlab uzoq muddatli rejalashtirish yirik va o‘rta darajadagi firmalarda qo‘llanildi.
60-yillardan boshlab strategik rejalashtirish nazariyasi rivojlana boshladi. Strategik reja – bu korxona oldidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan, shu jumladan biznesning yangi imkoniyatlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vazifalar majmui bo‘lib, u joriy va yillik rejalar uchun asos, mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Strategik reja besh yil, o‘n yil va undan ko‘proq muddatga tuziladi. Strategik reja korxona uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
− maqsadni aniq belgilash va uni ifodalash;
− tashqi muhitga moslashish;
− samarali boshqarish tizimi va uning tarkibiy strukturasini yaratish;
− tarkibiy strukturadagi barcha bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
korxona barcha resurslari, ya’ni ishchi kuchi, moliya, aylanma va asosiy aktivlarning optimal taqsimotini ta’minlash.
Strategik reja odatda korxona rahbariyati tomonidan konsalting tashkiloti mutaxassislarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi. Strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
korxona maqsadi va vazifalarini aniqlash. Bu bosqich strategik rejalashtirish jarayonining eng dastlabki va mas’uliyatli bosqichi bo‘lib, rejalashtirishning quyidagi barcha bo‘limlari uchun mo‘ljal vazifasini o‘taydi. Tanlangan maqsad quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim.


Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling