Логопедия фанининг мақсад ва вазифалари
Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o`rganish
Download 43.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 - amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Rivojlanishida turli xil farqlar bo`lgan bolalarda nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o`rganish.
- 7.Nutq buzilishlarini tartibga solish. 8.Nutq buzilishini bartaraf etish prinsiplari, differensiallashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish.
1.Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o`rganish.
2.Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. 3.Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o`z -o`zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruxiy rivojlanishiga, turli ko`rinishdagi faoliyatlarni namoyon qilishga, o`zlarini tutishlariga ta`sirini aniqlash. 4.Rivojlanishida turli xil farqlar bo`lgan bolalarda nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o`rganish. 5.Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash. 6. Nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish. 7.Nutq buzilishlarini tartibga solish. 8.Nutq buzilishini bartaraf etish prinsiplari, differensiallashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish. 9.Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 10.Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. Logopediyaning yuqorida ko`rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yo`nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni nutq buzilishlarini o`rganish hamda ularning oldini olish, aniqlash, tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Amaliy tomoni nutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni o`z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog`langandir. Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to`g`rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta`sir qilishning muxim maqsadi bo`lgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi. Logopediya fan sifatida muxim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning sotsial moxiyati, bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruxiy faoliyatining chambarchas bog`liqligi bilan belgilanadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tushunarli tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So`zning ahamiyati o`z-o`zidan umumlashtiruvchi xisoblanadi va shu munosabat bilan o`zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o`xshash emas va ma`lum darajada bir-biriga bog`liq bo`lmagan xolda paydo bo`ladi. Lekin bolaning ruxiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jixatdan yangi birlik, nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo`ladi. nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi, aslida bo`lmagan ruxiy buzilishlarni, xissiy-irodaviy soxaning o`ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarish, uning harakteridagi salbiy fazilatlarning rivojlanishi uchun yo`l ochib berishi mumkin. Demak, logopediyaning ahamiyati bolaning nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama rivojlanishini ta`minlashdan iboratdir. Logopediya boshqa fanlar bilan chambarchas bog`langandir. Shaxsga har tomonlama ta`sir ko`rsatish uchun nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan omilkorona shu g`ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning alomatlarini, ularning etiologiyasini, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilish tarkibidagi nutqiy va nutqsiz alomatlar munosabatlarini bilish kerak. Bu logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasini belgilaydi. Sistemalar ichidagi va sistemalararo aloqalar bor. Sistemalar ichidagi aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli soxalari: surdopedagogika, tiflopedagogik, oligofrenopedagogika, umumiy va maxsus psixologiya bilan bo`ladigan aloqalari kiradi. Sistemalararo aloqalarga esa tibbiy-biologik va tilshunoslik fanlari o`rtasidagi aloqalar kiradi. Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi xaqidagi, nutq faoliyatida analizatorlarning ko`rilishi va harakatga kelishi xaqidagi bilimlardan foydalanadi. Logopediya otolorengologiya, nevropotologiya, psixopotologiya, oligofreniya bilan uzviy bog`langandir. Jumladan, nutq va eshitish a`zolarining patologiyasi nafaqat buzilishlar etialogiyasini aniqlashga, balki tibbiy ta`sir ko`rsatish bilan bo`ladigan logopedik ishlarni to`g`ri qo`shib olib borish uchun ham imkon beradi. Nutq buzilishining ko`pgina turlari markaziy asab sistemasining organik shikastlanishi bilan bog`liq bo`lib, u logoped va nevropotolog-vrach yoki psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi mumkin. Logoped nutq buzilishining nevrologik asoslarini bilishi, bolalar psixo-patologiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va ruxiy rivojlanishning tormozlanishi va xis-xayajonli buzilishlarda namoyon bo`ladigan, bolalardagi ruxiy (rivojlanishning tormozlanishi) buzilishlarining eng ko`p uchraydigan shakllari xaqida ham tasavvur bo`lishi lozim. Logopediya tilshunoslik va psixolingvistika bilan uzviy bog`langan. nutq tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Ular har-xil buzilishlarda turlicha buzilishi mumkin. Bolaning til normalarini o`zlashtirib olish qonunlari va izchilligini bilish logopedik xulosalarni aniqlashtirishga yordam beradi, logopedik ta`sir etish sistemalarini ishlab chiqish uchun zarur bo`ladi. Nutqni idrok etish va uning samarali turli operatsiyalarni qamrab oladigan murakkab qurilishga ega bo`lgan ko`p darajali jarayonlardan iboratdir. Nutq xosil bo`lish jarayonining har bir darajasi, har bir operatsiyasi o`zining lug`atiga, birliklarni birlashtirish sintaksisiga ega. Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va psixodiagnostika bilan chambarchas bog`langandir. Logopediya uchun bolaning ruxiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish metodlarini bilishi muximdir. Logoped ana shu metodlardan foydalanib, nutq buzilishi turli ko`rinishlarini tabaqalashtirishi va ularni intelektual yetishmovchilik, xis-xayajonli va harakat jarayonidagi zaiflashuvlar bilan bog`liq bo`lgan nutq buzilishlaridan ajrata oladi. Psixologik bilimlari logopedga nafaqat nutq nuqsonlarining o`zini, balki undan ham oldin bolani ko`rishga, uning nutqiy buzilishining ruxiy rivojlanishdagi muxim jixatlar bilan bo`ladigan o`zaro aloqasini umuman to`g`ri tushunishga yordam beradi. Bu bilan unga turli yoshdagi bolalar bilan aloqa bog`lashga, ularning nutq, nutqidagi xalaqit beruvchi omillar, xotirasi, dikkat-e`tibori, intellekti, o`zini erkin yoki xis-xayajonli tutishlarini tekshirishda ma`qul metodlarni tanlab olishga, shuningdek ma`lum yoshdagi bola faoliyati ustidan logopedik ish olib borishga ko`maklashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Xvatsev.M.YE. Logopediya Moskva 1969 yil. 2.Pravdina. O.V. Logopediya.Moskva 1969 yil. 3.Filicheva. T.B, Mo`minova. L. Logopediya. Toshkent 1993 yil. 4.Almazova.YE.S. Logopedicheskaya rabota po vosstanovleniyu golosa u detey.1973 y Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling