Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari


Download 132 Kb.
bet1/8
Sana24.12.2022
Hajmi132 Kb.
#1051534
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari

Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari


Mundarija:


Kirish ………………………………………………………………..…2
I Bob Muammoni o‘rganishning ilmiy – nazariy asoslari …..………….....4
1.1 Mummo bo’yicha pedagogik va psixologik adabiyotlar taxlili…...4
1.2 Logoritmik mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalari………….…7

II Bob Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari………………..….9


    1. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan fonematik idrokni rivojlantirishda logoritmika mashg‘ulotlarining o‘rni ………………………....9

    2. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan logoritmik mashg'ulotlarida rivojlantirishga qaratilgan mashqlar va didaktik usullari ……….…………...15

Xulosa ………………………………………………………………....26
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...28
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Qaysi sohani olmaylik biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o’zgarishsiz farovon hayotga erisha olmaymiz, bunday kadrlarni millatning sog’lomgina fondini tayyorlash avvalo maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanadi.
SH.M. Mirziyoyev.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Xalqimiz salomatligini avlodlarimiz sog’lom va barkamol bo’lib ulg’ayishini ta’minlash uchun bugundan boshlab inqirozdan keyingi davrdagi rivojlanish haqida o’ylashimiz, yurtimizni yangi marralarga olib chiqish uchun asosiy ustuvor mezon hisoblangan bolalarimiz salomatligini yetakchi o’ringa qo’yishimiz, bu maqsadni amalga oshirishimiz uchun puxta ishlangan, uzoqqa mo’ljallangan maqsadli dasturni ishlab chiqishimiz lozimdir” deydi.
Yosh avlodni yetuk va barkamol yurt kelajagi bo’lib ulg’ayishi uchun davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Bunga misol qilib yurtimizda ta`lim sohasida olib borilayotgan yangi o`zgarishlarni aytib o`tishimiz joizdir. Hech bir kichik yosh avlod e`tibordan chetda qolgan emas, yurtimizda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham yetarlicha shart- shartoitlar va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish xarakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishi, ya’ni ijtimoiy soxani rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, soxalarini rivojlantirish, xususan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning xar tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, sog‘lom avlodni voyaga etkazish, shuningdek, ularni zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo‘lgan, XXI asr talablariga javob beradigan barkamol, yetuk shaxslar bo‘lib yetishishi uchun zarur bo‘lgan imkoniyat va sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu masala nogiron bolalar tarbiyasiga, hayotga ijtimoiy moslashuviga xam ta’lluqlidir
Maktab yoshidagi Nutqida nuqsoni bo’lgan va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini tekshirish jarayonini oddiydan murakkabga qaratib olib boriladi va aniqlangan natijalardan shuni ko‘rish mumkin-ki, maktabgacha yoshidagi duduqlanishida va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini shakllantirilib borishiga qaramay o‘quvchilar javoblari juda past ko‘rsatkichni ko‘rsatdilar. Maktabgacha yoshidagi Nutqida nuqsoni bo’lgan va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini tekshirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarilishi talab qilingan.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling