Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari


Download 132 Kb.
bet3/8
Sana24.12.2022
Hajmi132 Kb.
#1051534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari

Kurs ishi ikki bob to’rtta qism xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.


I Bob Muammoni o‘rganishning ilmiy – nazariy asoslari

    1. Mummo bo’yicha pedagogik va psixologik adabiyotlar taxlili

Logopedik ritmika faol terapiyaning o‘ziga xos shakllaridan bo‘lib, o‘quv fani va uslubining majmuiga ta’sir vositasi hisoblanadi.


Logopedik ritmikaning dastlabki tushunchasi so‘z, musiqa va harakatning uyg‘unlashuviga asoslangan. Ko‘rsatilgan komponentlarning o‘zaro munosabati ulardan birining yoki ular orasidagi aloqaning ustunligi bilan turli-tuman bo‘lishi mumkin.
Logopedik ritmikaning ikkinchi tushunchasi uning istalgan reabilitatsion uslubiga tarbiya, ta’lim va turlicha anomaliyali rivojlanish hamda nutq buzilishi bo‘lgan odamlarni davolashni kiritishni shart qilib qo‘yadi.
Logopedik ritmika o‘quv fani sifatida talabalarning bilimini korreksion ishlar uslubi bilan boyitadi. Ritmni psixologik va pedagogik fanlar nuqtai nazaridan aniqlash mumkin. Psixologik aspektda ritm – bu metroritm yoki shu so‘zni keng olganda ritmika. Masalan, metronomni tinglab odam bir xil ovozlar ketma-ketligini guruqlarga bo‘ladi, bunda u aloqida tovushlarga urg‘u beradi, ya’ni ularni birmuncha baland ovozlarga ajratadi. O‘ziga xos “ritmni boshdan kechirish” yoki subyektiv ritmikalashtirish tuqiladi. Subyekti ritmikalashtirishni sekinlatishning chegarasi Bolton bo‘yicha (1894) – bir daqiqada 38 ta udar, Setson bo‘yicha – daqiqasiga 40-20 udar, subyektiv ritmikalashtirishning tezligi chegarasi Bolton bo‘yicha – bir daqiqada 520 ta udar, Setson bo‘yicha – daqiqasiga 240-280 udar. Subyekti ritmikalashtirish uchun birmuncha qulay tezlik daqiqasiga 100 udardan 200 udargachani tashkil etadi. Subyektiv ritmikalashtirish agar tezlik 30 dan kam va daqiqasiga 500 udardan ko‘p bo‘lsa boshlanmaydi.
Bu rakamlar pedagogik qiziqish uyg‘otadi, chunki ular ritmik jiqatdan oxirgi harakatlar qaysi tezlikda oson qabul qilinishini ko‘rsatadi.
Pedagogik aspektda ritmika (grekcha rhythmikos so‘zi ritmga taalluqli, ravon, bir me’yordagi kabi ma’nolarni beradi) – bu harakatning musiqa bilan boqliqlikda qurilgan jismoniy mashqlar tizimi. Ritmika, ayniqsa, bola yoshida jismoniy va badiiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U bolalarning uyqunlashgan jismoniy rivojlanishiga, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, harakat aniqligining rivojlanishiga yordamlashadi, bolalarni musiqa, raqs, qo‘shiq bilan tanishtiradi, harakatda musiqiy asarning xarakteri va jadalligini aks ettirishga o‘rgatadi. Ritmika mashg‘ulotlarida sakrash, o‘yinli mashqlar, yugurish, badiiy gimnastika elementlari, raqsli va imitatsiyali harakatlardan foydalaniladi.
Ritm qissi o‘z asosida motorli, faol tabiatga ega va motorli reaktsiya bilan olib boriladi. Bu reaktsiyalarning moqiyati ritmni qis qilishda ko‘p obrazli kinestetik qislarni uyg‘otishdan iborat. Bu til, miya, jaq, oyoq barmoqlari muskullarining qisqarishi, qiqildoq, miya, ko‘krak qafasi va qo‘loyoqda vujudga keladigan kuchlanish, bosh va nafas muskulaturasining boshlanqich qisqarishi va niqoyat, organning makoniy qolatini o‘zgarishsiz kuchlanish va bo‘shashish fazalarining almashinuvini chaqiruvchi bir-biriga qarama-qarshi (bukuvchi va rostlovchi) muskullarning bir vaqtni o‘zida raqbatlantirilishidir.
Birmuncha faol motor reaktsiyalari urg‘uni anglashda ko‘zga tashlanadi. Bunda harakat qaqqoniy va faraz qilingan bo‘lishi mumkin. qaqqoniy harakatlar boshlanqich va to‘liq sifatida namoyon bo‘ladi. Boshlanqich harakatlar tovush burmasidagi va tovush apparatining yordamchi qismlari, shuningdek, barmoq muskullari, lab va boshqa muskullar innervatsiyasi oqibatida yuzaga keladi.
Boshlang’ichda bo‘lgani kabi to‘liq harakat ham anglanmagan bo‘ladi: odam o‘zi sezmagan qolda oyoqi yoki qo‘li bilan chertib maqomga soladi. Faraz qilingan harakat tashqi tomondan ko‘rinmaydi, eshituvchi uni xayolan tasavvur qiladi.
E.Jak-Dalkrozning tasdiqlashicha, har qanday ritm harakat demakdir va ritm hissining vujudga kelishi hamda rivojlanishida bizning butun vujudimiz ishtirok etadi. U ritmni badanda his qilmay turib musiqiy ritmni qabul qilish mumkin emas, deb hisoblaydi. Musiqa doimo hissiy mazmunni ifodalaydi, ritm esa musiqaning ta’sirli vositalaridan biri hisoblanadi. Albatta, musiqiy ritm ham ba’zi bir hissiy mazmunni ifodalash hisoblanadi va motorli hamda hissiy tabiatga ega. Musiqasiz musiqiy ritm tuyqu si tuqilishi ham, rivojlanishi ham mumkin emas.
Ritmli tuyqu musiqiy-ritmli deb nomlanuvchi musiqiy ritmni tushunish bilan boqliq musiqani faol boshdan kechirish va vaqtinchalik musiqiy harakatni hissiy ifodalashni nozik his qilish qobiliyati sifatida xarakterlanadi.
Musiqiy-ritmik tuyg‘uni rivojlantirish asosida shaxsni musiqa va ritm ta’sir etishi yo‘li bilan shakllanishiga ko‘maklashuvchi musiqiy-ritmik tarbiya quriladi.
Shunday qilib, musiqiy asarlar mavzulari, musiqiy o‘yinlar, xorovodlarning turli-tumanligi natijasida bolalarning bilim qobiliyati, iroda sifatlari, hissiy muqitlari rivojlanadi. Musiqiy-ritmik tarbiyaning mazmuni qo‘shiq, o‘yin, ritmik meqnatli jarayon, bayramlar hisoblanadi.
Musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarda ko‘pincha mashg‘ulotdan tashqarida ham o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan harakatli o‘yinlardan foydalaniladi.
Ritmni qis qilish obyektiv ritmning subyektiv aksi sifatida tuqildi va mazmuniy faoliyat jarayonida rivojlandi, shuning uchun uni umuman rivojlantirish mumkin emas. Bunda inson faoliyatining xarakteridan kelib chiqish zarur. Savol tuqiladi: ritm tuyqusi qaqida umuman qandaydir psixik reallik sifatida gapirish mumkinmiq Mumkin. Biroq bunda qator aniq ritmik qobiliyatni rivojlantirish natijasini ularni o‘zicha umumlashtirishda deb tushunish kerak, bu rivojlanish uchun shart sifatida emas. Bu savolda E.JakDalkroz ritmni avval mustaqil moqiyat sifatida tarbiyalash kerak, undan keyin shu asosda musiqiy, poyetik ritmni, harakat ritmini va q.k. larni deb hisoblab yanglishdi.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling