Лойиҳа матни 117824-(126644)
Download 284.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Сурхон келажак лидерлари низом
- Bu sahifa navigatsiya:
- Сурхондарё вилояти ҳокими Боболов Т. А. e-qaror.gov.uz 02.08.2021
- Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar
e-qaror.gov.uz
02.08.2021 2 boshqaruv lavozimlarining zaxirasini shakllantirishda birinchi navbatda “Kelajak liderlari” klubining yuqori natijalarga erishgan aʼzolar orasidan saralash amaliyotini joriy etsin; “Kelajak liderlari” klubi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borsin va uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bersin. 4. Davlat boshqaruvi organlari viloyatdagi hududiy bo‘linmalari rahbarlari hamda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari “Kelajak liderlari” klubi aʼzoligiga qabul qilish bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish, Klub aʼzolarini o‘qitish, malakasini oshirish tadbirlarini o‘tkazishda samarali hamkorlik choralarini ko‘rsin. 5. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Z.To‘rayev), viloyat Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish boshqarmasi (Ya.Xudoyqulov) viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev)ga “Kelajak liderlari” klubi faoliyati hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida joylarda amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida tahliliy reportajlar, ko‘rsatuvlar, ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda bu borada erishilgan natijalarni keng yoritib borish tavsiya etilsin. 6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Saparov zimmasiga yuklansin. Сурхондарё вилояти ҳокими Боболов Т. А. e-qaror.gov.uz 02.08.2021 3 Сурхондарё вилоят ҳокимининг 2021 йил 31 июлдаги 76-8-0-Q/21-сон қарорига 1-илова Surxondaryo viloyati “Kelajak liderlari” klubi to‘g‘risidagi Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom “Kelajak liderlari” klubini (keyingi o‘rinlarda – Klub) tashkil etish, uning maqsad va vazifalari hamda ish faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Klub o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezideni farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Surxondaryo viloyat hokimi qarorlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 3. Klub o‘z faoliyatini Surxondaryo viloyati hududida jamoatchilik asosida amalga oshiradi. 4. Klub o‘z faoliyati davomida o‘zining maxsus belgisi (logotip) va ko‘krak-nishoniga ega bo‘lishi mumkin. Download 284.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling