Лойиҳа матни 117824-(126644)
Download 284.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Сурхон келажак лидерлари низом
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Klub aʼzoligidan chiqish tartibi
e-qaror.gov.uz
02.08.2021 7 raqamli iqtisodiyot va boshqaruvni raqamlashtirish; mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati: yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar; davlat boshqaruvi tizimiga davlat fuqarolik xizmati talablarini joriy etish samaradorli; boshqaruv va liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish; faoliyatda vaqtdan unumli foydalanish (taym-menejment); rivojlangan xorijiy davlatlarda davlat xizmatiga oid tajribalar; rahbar etikasi va boshqaruv madaniyati; O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va byurokratiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari; kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish; shaxs psixologiyasi va stressni boshqarish va boshqa mavzular. Klub faoliyati mobaynida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda davlat xizmati sohasida faoliyat olib borayotgan rahbar va mutaxassislar jalb etiladi va yuqoridagi namunaviy mavzular bo‘yicha hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan hamda rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar, qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida klub aʼzolariga atroflicha axborot beradilar. 20. Klub aʼzolarida davlat fuqarolik xizmatiga qiziqtirish, yuksak kasbiy salohiyat, yetakchilik, boshqaruvchilik va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish borasida davlat boshqaruvida kadrlar siyosatiga oid turli mavzularda amaliy mashg‘ulotlar, uchrashuvlar, ochiq davra suhbatlari, hududdagi muvaffaqiyatli davlat xizmatchilari tomonidan ishtirokchilar uchun mahorat darslari, davlat organlari va tashkilotlariga ekskursiyalar, seminar-treninglar tashkil etiladi. 5-bob. Klub aʼzoligidan chiqish tartibi 21. Klub aʼzoligiga qabul qilingan yoshlar: o‘z xohishiga ko‘ra; Klub faoliyatida tashkil etilgan tadbir va loyihalarga kamida uch marotaba sababsiz ishtirok etmagan taqdirda; uch oy davomida kamida bitta imtiyozga yetarli ball to‘play olmasa; mazkur Nizom talablariga rioya etmasa; 35 yoshdan oshgan taqdirda Tashkiliy guruh tomonidan Klub aʼzoligidan chiqariladi. 22. Klub aʼzoligidan chiqarilgan yoshlar qayta Klub aʼzoligiga eʼlon qilinadigan tanlov jarayonlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Klub aʼzosining xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish, stajirovka o‘tash hamda harbiy xizmatga yuborilishi holatlari bundan mustasno. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling