Лойиҳа мавзуси


Idrok va idrok qilish qonunlari


Download 8.01 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi8.01 Kb.
#1838351
1   2   3
Bog'liq
Nazirova Aziza. Idrok.

Idrok va idrok qilish qonunlari
Idrokning xususiyatlari
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi.
Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko'rish, eshitish va tuyish mumkin.
Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo'lib, aniq ob'ektni ajratishga yordam beradi.
Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz.
Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o'shani xarid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o'tmaydi.
Rubin figurasi
Ikkinchidan, idrok bizning kayfiyatimizga ham bog'liq. Tashvish bilan yo'lakchadan o'tib ketayotib, oyog'ingiz tagidagi narsa tugul, ro'paradagi odamni ham ko'rmay qolishingiz mumkin. Yoki san'at muzeyida tomosha qilib yurgan ikki kishi bir rasmda tamoman har xil narsalarni, elementlarni ko'rishi mumkin. Yaxshi kayfiyatda, yaxshi dustlar kompaniyasida iste'mol qilgan taom sizga juda mazaliday tuyuladi. Agar talaba biror fan predmetidan qarzdor bo'lib qolsa, och qoringa egan shirin taomi ham “ta'timaydi”, xatto nima eganini ham unutib qo'yadi. Yomon kayfiyat ko'proq qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil bo'lsa, yaxshi ko'tarinki kayfiyat, aksincha, hamma narsani eng yoqimli ranglarda “ko'radi”. Bu yana bir bor idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol ustanovkalarga bog'liq bo'lgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini isbotlaydi.
Idrok va idrok qilish qonunlari
Figura va fonning ilgarigi xarakatga bog'liqligi qonuni
Idrokning konstantliligi qonuni
Kutishlar va taxminlarning idrokka ta'siri
O'zgarmas ma'lumotning idrok qilinmasligi qonuni
Anglanganlik qonuni
Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish
Illuziyalar. Ba'zi hollarda narsalar noto’g’ri, yanglish idrok qilinishi mumkin. Narsaiarni bu tariqa noto’g’ri idrok qilishni illuziya deb ataladi.
Og’irligi aynan teng, ammo kattaligi har xil bo’lgan ikki buyumni ketma-ketiga ushlab turilsa, kattasi yengilroq, ikkinchisi og’irroqdek tuyuladi. Metalldan ishlangan 1 kg tarozi toshi, 1 kg paxtadan og’irroqdek his qilinadi. Bu hol geometrik illuziyalar deb nom berilgan illuziyalarda, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo’igan ikki chiziqning chetlariga ikki xil burchaklar chizilsa, illuziya paydo bo’ladi, ya'ni burchaklari tashqariga qaratilgan chiziqqa nisbatan burchaklari ichkari tomonga qaratilgan chiziq kaltaroq bo’lib ko’rinadi
Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan tug’iladigan tasodifiy illuziyalar ham bo’ladi. Masalan, cho’lda suvsagan kishi uzoqda yarqirab turgan sho’rxok yerni ko'1 deb o’ylashi (lekin bu illuziyani sahrodagi sarobdan farq qila bilish kerak) yoki o’rmondagi to’nka odamning ko’ziga bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi va hokazo shu kabi illuziyalar jumlasidandir.

Download 8.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling