Лойиҳа мавзуси


Download 8.01 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi8.01 Kb.
#1838351
  1   2   3
Bog'liq
Nazirova Aziza. Idrok.


BUXDPINING MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI 1BT-21-S TALABASI NAZIROVA AZIZANING UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI
Mavzu: Idrok haqida tushuncha
R E J A:
1. Idrok haqida tushuncha
2. Idrokning predmetliligi va yaxlitligi
3. Idrok va idrok qilish qonunlari
4. Idrokning turlari
Ma’lum tartibda tuzilishi
Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi.
Idrok, uning xususiyatlari, qonunlari
IDROK JARAYONINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Idrokning predmetligi
Yaxlitligi
Konstantligi
Anglanganligi
Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta'minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo'lib, unda shaxsning u yoki bu ob'ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o'ynaydi.
Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida ifodalanadi.
Idrokning yaxlitligi. Yuqorida ko‘rsatganimizdek, idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Idrokning ma’lum tarzda tuzilganligi. Idrok ko‘p darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga to‘g‘ri kelmaydi va bunday sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Biz shu sezgilardan abstraktlashgan, ma’lum vaqt davomida tarkib topadigan elementlarning munosabatining umumlashgan tuzilishini idrok qilamiz. Musiqa eshitayotgan kishining uning tuzilishini, uning elementlarining o‘zaro munosabatini idrok qiladi. Chunki musiqa alohida notalardan iborat emas. Notalarning o‘zaro munosabatigina musiqani tashkil qiladi.

Download 8.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling