Lok-bo‘Yoq ishlab chiqarishlarning xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 118.12 Kb.
bet4/4
Sana13.05.2020
Hajmi118.12 Kb.
#105623
1   2   3   4
Bog'liq
282 09.12.2008


192. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarini (KEO, yoritgichda ruxsat berilgan ko‘zni olish ko‘rsatkichi va pulsatsiya koeffitsiyenti birgalikda, yoritish me’yorlari) ishlab chiqaruvchi va yordamchi binolarda va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritilishga bo‘lgan talablarni ko‘rish ishlarini bajarish tavsifidan hamda sun’iy yoritilishga bog‘liq holda ishlab chiqarish hududlarida “Tabiiy va sun’iy yoritish” QMQ 2.01.05 bo‘yicha qabul qilish kerak.

193. Ovqatlanish uchun maxsus xonalar jihozlanadi. Suvni faqatgina (ichish) fontan (favvora)chilardan yoki gazli suv avtomatidan ichishga ruxsat beriladi.

Ishchilarga avariya paytida tekkan (tushgan) kimyoviy moddalarni yuvish uchun, o‘z-o‘ziga yordam beruvchi rakovina bilan avariya dushlari yoki suv zaxira uchun metall bakli o‘z-o‘ziga yordam beruvchi vanna bilan rakovinalar nazarda tutilishi kerak.

XVII bob. Sanitar-maishiy xizmat ko‘rsatish

194. Sanitar-maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi: garderobxona (kiyim-kechak xona), dushxona, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari uchun joy, yuvinish joyi (umivalniy), hojatxona (ubornie), isitish uchun xona, shuningdek maxsus kiyimlarni saqlash va tarqatish uchun xona. Maishiy xonalarning tarkibi soni, va maydoni, “Korxonaning ma’muriy va maishiy binolari” QMQ 2.09.04.ga muvofiq, ishlarning miqdori, og‘irlik toifasidan va tananing ifloslanishidan kelib chiqqan holda loyiha bilan aniqlanadi (4-Ilova).

195. Ishlab chiqarish binolaridagi ish joylaridan hojatxonagacha, chekish joyigacha, isitish uchun xonalargacha, dush xonagacha, suv ta’minoti qurilmalari xonasigacha masofa 75 m dan ko‘p bo‘lmagan, ish joyidan ishlab chiqarish maydonigacha — 150 m dan ko‘p bo‘lmagan masofa qabul qilinishi kerak.

196. Garderob xonaning, dush xona va dush oldi xonaning, yuvinish xonasining, hojatxonaning, quritish uchun xonaning maxsus kiyimlarni changdan tozalash xonasining devorlari va to‘siqlari (peregorodki) 2 m dan kam bo‘lmagan materiallardan, ularni yuvish vositalari bilan issiq (qaynoq) suvda yuvishga ruxsat materiallardan bajarilgan bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan xonalarning devorlari va to‘siqlari 2 m dan yuqori ko‘rsatkichda bo‘lsa, shuningdek ship(potolok)lar suvga chidamlik qoplamadan iborat bo‘lishi kerak.

197. Barcha sanitar-maishiy xonalar toza bo‘lishi kerak. Bu, tozalashni doimo (sistemali) va to‘g‘ri tashkil qilishda, va o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini olib borilishda, amalga oshiriladi.

198. Xonalarni tozalashda, (namli) suv qo‘llab amalga oshirish kerak. Buning uchun xonalar issiq va sovuq suvlarni olib kelib, suvni ajratuvchi kranli quvurlar va ifloslangan suv uchun quvurlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Oynalarni, yorituvchi armaturalarni tozalashda metkalar yordami bilan yoki taxtachali yoki metalli shtoklarga mahkamlangan rezinali valiklar yordami bilan va yuvish uchun vositalardan foydalanib, maxsus sovunli eritmalar yordami bilan amalga oshiriladi.

199. Devorlarni va shaxsiy (yakka o‘ziga tegishli) shkaflarni tozalash kerak. Dush xonalarning pollarini yuvishda dezinfeksiya vositalar yordamidan foydalanish kerak.

Rezinali gilamchalarni (kovrik) dezinfeksiya vositalar bilan ishlov berish zarur, bu zamburug‘li (gribkoviy) kasalliklarni tarqalishini oldini olish uchun zarur.

200. Maishiy xonalarni tozalash, har bir ish smenalardan keyin olib borilishi kerak. Maishiy xonalarni zaruriy sanitar holatda saqlash, bu o‘z shaxsiy gigiyenasini saqlab turish, ishchanlikni tiklash va o‘z sog‘lig‘ini saqlash uchun ishchilar ulardan to‘liq foydalanish imkonini ta’minlaydi.

XVIII bob. Yong‘in xavfsizligi

201. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining hamma ishlab chiqarish, ombor va boshqa yordamchi xonalari o‘t o‘chirishning birlamchi vositalari va o‘t o‘chirish jihozlari bilan amaldagi tarmoq “Yongin xavfsizligi Qoidalari”ga muvofiq ta’minlangan bo‘lishi kerak.

202. Yong‘inga qarshi uskunalar soz holatda ushlab turilishi va qulay joylarda joylashgan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi uskunalarni va jihozlarni o‘t o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

203. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlari bo‘linmalarining rahbarlari quyidagilarga majburdirlar:

barcha ishchi va muhandis-texnik xodimlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganishni va bajarishni tashkil qilish;

ishlab chiqarishning yong‘in va portlash xavfliligini kamaytirishga yo‘naltirilgan qarorlarni ishlab chiqish va joriy qilinishini ta’minlash;

ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalarida qat’iy yong‘inga qarshi rejimni o‘rnatish (chekish uchun joylarni belgilash va jihozlash, xomashyo va tayyor mahsulotni bir vaqtda saqlash uchun joylarni va yo‘l qo‘yiladigan miqdorini belgilash, olov bilan bajariladigan ishlarni o‘tkazishning aniq tartibini o‘rnatish, ishlar tamomlangandan so‘ng xonalarni ko‘rikdan o‘tkazish va berkitish tartibini belgilash) va uning bajarilishini doimiy nazorat qilish;

ishlab chiqarishning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul shaxslarni tayinlash;

yong‘inga qarshi yo‘riqnomalarni o‘rganishni va yong‘inga qarshi texnik minimum bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishni tashkil qilish.

204. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishi xodimlari quyidagilarga majbur:

yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish va bajarish, qo‘llaniladigan muhitlarning yong‘in portlash xavfli va zaharli xususiyatlarini bilish;

o‘t o‘chirish vositalari joylashgan joylarni bilish, ularning butligini kuzatish va ulardan foydalanishni bilish;

yong‘inga olib keladigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik.

205. Chekishga ruxsat berilgan joylarda tegishli plakatlar osib qo‘yilishi kerak. Chekish joylari “Yong‘in xavfsizligi Qoidalari”ga ko‘ra jihozlangan bo‘lishi kerak.

206. Elektr uskunalari yonib ketganida, ularni dastavval elektr tokidan uzish kerak. Yonish o‘chog‘ini o‘chirish uchun quruq qum yoki uglekislotali o‘t o‘chirish qurilmasini qo‘llash kerak.

207. Ishlab chiqarish xonalarida yong‘in o‘chog‘i paydo bo‘lganida darhol ventilatsiyani o‘chirish, harbiylashtirilgan yong‘in o‘chirish qismiga xabar berish va lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomaga binoan yonish o‘chog‘ini tugatishga kirishish zarur.

208. Yong‘in o‘chirishning mahalliy postlari quyidagilar bilan butlangan bo‘lishlari kerak:

o‘t o‘chirish moslamalari; namat yoki asbestli mato; qum; qo‘lda ishlatiladigan suv va ko‘pik stvollari.

209. Yonib ketishning barcha xollari haqida darhol ishlab chiqarish rahbariga dalolat qilish kerak.

XIX bob. Atrof muhitni muhofaza qilish

210. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarini ekspluatatsiya qilinishida kam chiqindilik va chiqindisiz texnologiyalardan foydalanib, tabiiy resurslardan to‘liq foydalanib, hamda zararli otilmalar va chiqindilarni ushlash, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish chora-tadbirlarini qo‘llab tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishi, ifloslantiruvchi moddalar chiqib ketishini maksimal ravishda kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishi kerak.

211. Tabiiy resurslar muhofazasining asosiy vazifalaridan biri atmosfera havosini sanoat korxonalarining chiqindilari bilan ifloslanishidan muhofaza qilishdir.

O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, atmosfera havosi, tabiiy resurslarning tarkibiy resursi sifatida umum milliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Korxonani o‘rab turgan va yonida joylashgan aholi punktlarining atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi, amaldagi sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyenik normativlarda o‘rnatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.

Atmosfera havosini tozalash bo‘yicha planirovka xarakteridagi chora-tadbirlar havo havzasini muhofaza qilish muammosini tubdan hal qila olmaydilar: gazlarni quvur orqali yuqoriga chiqarib tashlash zararli gazlarning miqdorini kamaytirmaydi, faqat ularni yoyib yuboradi xolos, sanitariya-himoyalash zonalarini kengaytirish esa katta iqtisodiy qiyinchiliklar yaratadi.

Shuning uchun sanoat chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiya qilish, hamda zararli moddalar ajralishiga manbaga bo‘lgan uskunalarni zichlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

212. Ifloslanish darajasi normativda o‘rnatilgandan yuqori bo‘lgan hududlarda atmosferani zararlantirish manbai bo‘lgan korxonalarni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi. Ishlayotgan (amaldagi) obyektlarni qayta ta’mirlash, kengayishi va texnik qayta jihozlanishi faqat shunday hududlarga ruxsat beriladiki, unda davlat ekologiya ekspertizasining atrof muhitga ta’sirini baholashda ijobiy xulosasi bor loyihalarga va kelajakda rivojlanishini hisobga olgan holda chiqindilarning atmosferaga otilib chiqishining oxirgi ruxsat berilganiga qadar qisqartirish sharoitida ruxsat beriladi.

213. O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan faoliyati atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarilishi bilan bog‘liq korxonalar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiradi:

ifloslantiruvchi moddalar chiqarib yuborilishini kamaytirishga, chiqindilarni tozalash va ularni nazorat qilish uchun inshootlar, uskunalar va apparatlarni to‘xtovsiz samarali ishlashini va soz holatda ushlab turishni ta’minlashga yo‘naltirilgan, tabiat muhofazasi va davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan tashkiliy-texnik rejalar yoki boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqish;

atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori va tarkibining doimiy hisobini va nazoratini amalga oshirish;

atmosferani ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy-yo‘l qo‘yiladigan miqdorini ishlab chiqishni va ularni o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda kelishuvini ta’minlash;

seliteb hududlar atmosfera havosini ifloslanishi nazoratini ta’minlash. Ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati, namuna olish davriyligi va nuqtalari tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologiya xizmatlari organlari bilan kelishilishi kerak;

atmosfera havosining va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlari holatini kuzatish, mulkiy shakllaridan qat’iy nazar, faoliyati atmosfera havosi holatining yomonlashuviga olib keluvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar tomonidan amalga oshiriladi;

tabiat muhofazasi va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bilan texnologik jarayonlarning va uskunalarning hamma o‘zgartirishlarini kelishish (ishlab chiqarish quvvatini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish va tasdiqlangan loyihadan boshqa og‘ishlar);

atmosfera havosiga zararli qo‘shilmalarni birdaniga chiqarilgan barcha holatlar haqida tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati organlarini xabardor qilish, o‘xshash holatlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

atmosfera havosiga zararli qo‘shilmalarni birdaniga chiqarilgan barcha holatlar haqida tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati organlarini xabardor qilish, o‘xshash holatlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

214. Chiqarib yuborilayotgan gazlar hajmini va ulardagi zararli moddalar konsentratsiyasini oshishi bilan birga kechadigan texnologik agregatlar unumdorligini oshirish, gaz chang ushlab qoluvchi qurilmalarning qayta tiklanishisiz, taqiqlanadi.

215. Chegaraviy-yo‘l qo‘yilgan chiqarib yuborishlar darajasida zamonaviy vositalari bilan erishish imkoni bo‘lmaganida ushbu ifloslantirishni qisqartirish yoki yo‘qotish bo‘yicha, texnologik jarayonlarni o‘zgartirish yo‘li bilan, chora-tadbirlar va aniq muddatlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.

216. Tashqi muhitni muhofazasiga albatta suv havzalarini, tuproqni, yerni muhofaza qilish omillari kiradi.

Sanoat oqova suvlarini zararsizlantirish barcha korxonalar uchun majburiydir. Sanitariya-maishiy foydalanishga mo‘ljallangan suv havzalari suvidagi zararli moddalar konsentratsiyasi amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalarida ko‘rsatilgan kattalikdan oshmasligi kerak.

217. Oqova suvlarni ochiq suv havzalariga va yer ustiga tashlash taqiqlanadi. Oqova suvlarni shahar kanalizatsiya tarmog‘iga tashlashda sanitariya me’yorlari va qoidalari hisobga olinadi.

Atrof muhitga chiqindilarning ta’sirini oldini olish uchun, oqova suvlarning ko‘p bosqichli tizimning tinimsiz ishlashi, u tindirgichdan, neytralitordan, flotatsiyalash qurilmasidan, qumli filtrlar, jala oqimlarining tindirgichlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

218. Oqova suvlarni shahar kanalizatsiya tarmog‘iga tashlash, o‘rnatilgan tartibda beriladigan, maxsus suvdan foydalanishga ruxsatnoma va shahar kanalizatsiya tarmog‘iga oqova suvlarni tashlashga kommunal-ekologik normativ asosida amalga oshiriladi.

219. Suvdan foydalanuvchilar oqova suvlarni muntazam hisob-kitobini va tozalovchi inshootlar ishini, oqova suv sifatini shahar kanalizatsiyasiga tushirilishidagi laboratoriya nazorati o‘tkazilishini ta’minlashlari kerak.

220. Sanitariya muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlar nafaqat atmosferaga chiqarib tashlashni yo‘qotishni, balki ishlab chiqarish madaniyatini oshirish maqsadida hududni ifloslantirishga olib keladigan sizib chiqishlar, toshib chiqishlar va boshqa omillarni chegaralashni ham ko‘zda tutishi kerak.

Korxona hududida chiqindilarni vaqtinchalik olti oydan oshmagan muddatda yig‘ilishini, ulardan kelajakda foydalanilishini (utilizatsiya qilish) yoki boshqa maxsuslashtirilgan tashkilotlarga berilishini nazarda tutish kerak.

Zararli moddalarga ega ishlab chiqarish chiqindilarini yig‘ish va saqlash joylari tuproqni, yer osti suvlarini va atmosfera havosini ifloslanishini: to‘laligicha oldini oladigan qurilmalarga ega bo‘lishi kerak. Bu joylarni begona shaxslar kirishidan izolatsiya qilish kerak.

XX bob. Yakuniy qoidalar

Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi IIVning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha Bosh boshqarmasi, “O‘zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV

O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi raisi A. GULYAMOV

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining SEN Bosh boshqarmasining boshlig‘i S. SAIDALIYEV

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatini muhofaza qilish qo‘mitasi raisi B. ALIXONOV

Arxitektura va qurilish bo‘yicha O‘zR Davlat qo‘mitasining raisi M. XANOV

O‘zR IIV yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i I. ISLOMOV

“O‘zkimyosanoat” DAK boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV

Download 118.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling