Lokal tarmoq turlari


Ethernet konsentratorlari


Download 123.41 Kb.
bet9/11
Sana11.10.2023
Hajmi123.41 Kb.
#1698779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LOKAL TARMOQ TURLARI

Ethernet konsentratorlari
Ethernet texnologiyasi qurilmasida bir necha fizik segmentlarni birlashtirishda allaqachon koaksial kabellardan foydalanib kelinadi va u bajaradigan asosiy funksiya – ya`ni bir portdan olingan signal tarmoqdagi barcha portlarga yuborish xususiyati bilan “qaytargich” nomini oldi. Koaksial kabel qo`llanilgan tarmoqlarda faqat ikkita segmentni birlashtirishda odatda qo`sh portli qaytargichlardan foydalaniladi va odatda unga nisbatan konsentrator atamasi qo`llanilmaydi.
10 Base-T spesifikatsiyasi yordamida Ethenet tarmoqlarining qismlari hosil qilinadi va agarda undan foydalanilmasa faqatgina ikkita uzel tarmog`ini boshqarish mumkin bo`ladi. Ko`p portl Ethernet qaytargichlari konsentrator yoki xab nomi bilan yuritiladi va odatda o`zidan ko`p uzelli segmentlarni markazlashtirishga erishadi. Ethernet konsentratorida odatda 8 dan 72 gacha portlari bo`ladi, va ularning asosiy qismi kabellarni tarmoqqa ulashga mo`ljallangan. Quyidagi rasmda tipik konsentrator berilgan bo`lib, unda 16 ta port bor va 10Base-T standarti va RJ- 45 muhiti bilan hosil qiligan va shuningdek bitta AUI porti tashqi transferga ulashga mo`ljallangan.



Odatda bu portga transiver ulanadi va bu koaksial yoki optic tolali o`tkazgichlarda ishlaydi. Bu trannver yordamida konsentrator magistral kabelga ulanishi mumkin va bu bir necha konsentratorlarda qo`llash mumkin va bu ishchi stansiyadan odatda 100m dan ortiq masofagacha olib boorish mumkin.


Iyerarxik tizimlarni 10Base-T texnologiyasida konsentratorlar bilan birlashtirishda koaksial yoki optic tolali o`tkazgichlar talab etilmaydi, bunda oxirgi portlani birlashtishning o`zi kifoya qiladi. RJ- 45 oddiy porti tarmoq adapteriga bog`lashga mo`ljallangan va u MDI-X (kesishgan MDI) nomi bilan yuritiladi. Adapter konsentratorga standart bog`lovchi kabel yordamida kesishmali bo`lmagan holatda bog`lanadi.
Ko`p portli qaytargich – Ethernet konsentratori to`rtlik xab qoidasi bo`yicha ishlatiladi. Katta hajmli barcha portlar bitta qaytaruvchi blok bilan bog`liq bo`ladi va ikkita portdagi qaytargichlar va qaytaruvchi blok orqali bir marta qaytarilish orqali o`tadi. Bu faqat to`rtlik xab qoidasida bajariladi. Lekin, boshqa modellarda har bir port uchun alohida biriktirilgan qaytaruvchi blok biriktirilgan bo`ladi.
Bir modali optik tolali kabellarda lazer nurlanishini qo`llash mumkin va bu orqali axborotni 40- 100 kmgacha uzatish mumkin.

Download 123.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling