I va II klass konsentratorlari


Download 85 Kb.
bet1/6
Sana30.10.2021
Hajmi85 Kb.
#169620
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
malumot


7.2.1. I va II klass konsentratorlari
IEEE802.3 standarti repiterli konsentratorlarni ikkita 
klassga ajratadi, ular bir-biridan ishlatilish sohalari va baja-
radigan vazifalari bilan ajralib turadilar. Har bir konsentrator 
o‘z klassining belgisi bilan belgilab qo‘yiladi, ya’ni I va II rim 
raqamlaridan tegishlisini aylana ichiga olingan belgi bilan bel-
gilanadi. 
II klass konsentratorlari (repiterlari)  bular keng tarqal-
gan,
 taniqli konsentratorlar, Ethernet tarmog‘i ishlab chiqaril-
gandan beri ulardan foydalaniladi. Shuning uchun ham ular-
dan Fast Ethernet tarmog‘ida foydalanishga ruxsat etilgan. Bu 
konsentratorlar segmentdan kelgan signallarni aynan o‘zidek 
qilib, boshqa segmentga hech qanday o‘zgartirmasdan uzatishi 
bilan ajralib turadi (ya’ni tarmoq signallarini kodlash usulida 
o‘zgartirib bera olmaydilar). Shuning uchun bu konsentrator-
larga faqat bir turdagi signal ishlatuvchi segmentlarni ulash 
mumkin. Masalan, bu konsentratorlarga faqat 10BASE-T yoki 
100BASE-TX bir xil tarmoq segmentlarini ulash mumkin. 
To‘g‘ri, ularga turli masalan, 10BASE-T va 10BASE-FL yoki 
100BASE-TX va 100BASE-FX segmentlarini ham ulash mum-
kin, lekin ular bu holda bir xil uzatish kodidan foydalanish-
lari kerak. Ammo bu konsentratorlar turli kodlashtirish tizimli 
segmentlarni birlashtira olmaydilar, masalan, 100BASE-TX va 
100BASE-T4.
II klass konsentratorlarida signalni ushlanishi I klass kon-
sentratorlariga nisbatan kam. Standartga ko‘ra, signal ushla-
nishi 46 bit oraliq vaqtidan (100BASE-TX/FX uchun) 67 bit 
oraliq vaqtgacha bo‘ladi (100BASE-T4 uchun). Shu holatdan 
bu turdagi konsentratorlarda kengaytirish imkoniyat va ular-
ning portlar sonining chegarasi kelib chiqadi (odatda ular soni 
24 tadan oshmaydi). Lekin konsentratorlarning kam ushlanish 

– 144 –
vaqti uzun kabellardan foydalanish imkonini beradi, chunki 


tarmoq ish faoliyatiga tarmoqdagi umumiy ushlanish vaqti 
ta’sir qiladi (konsentratordagi va kabeldagi ushlanish).
II klass konsentratorlarini o‘zaro ulash uchun maxsus ken-
gaytirish portlari (UpLink port, ïîðò ðàñøèðåíèÿ) ishlatiladi. 
Buning uchun har bir konsentrator shu porti bilan boshqa bir 
konsentratorning oddiy portlaridan biriga ulanadi (7.5-rasm). 
II klass konsentratorlarni ishlab chiqarish I klass konsentrator-
lariga nisbatan ancha murakkab, chunki ularga vaqt bo‘yicha 
qo‘yilgan qattiq talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ular-
ning imkoniyatlari kam, shuning uchun ularni sekin-asta I 
klass konsentratorlari siqib chiqarmoqda.
7.5-rasm. Ikkita II klass konsentratorlarini ulash.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling