Loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi
Download 1.75 Mb.
|
loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi
16.Gumonli lola- Тюльпан сомнительный Tulipa dubia Vved
Kamyoblik darajasi 2. G’arbiy Tyanshandagi kamyob,endem osimlik Botanik tavsifi:Bo’yi 10-25 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi cho’ziq-tuxumsimon,qobig’i tagi jigarrang ichi yotiq tukli. Barglari uchta,ko’kimtir,chetlari egri-bugri.Gullari yopirma barglari orasida joylashgan.Gulbandi sertuk,ko’kimtir,chetlari egri-bugri. Gullari yakka,sariq,tashqi tomoni ko’kimtir-pushti yo’l-yo’l,gul tubi sariq. CHangchi iplari tagi sariq,changdonlari sariq.May-iyun oyida gullab iyul-avgustda mevasi yetiladi. Таrqalishi:Toshkent va Namangan viloyatlari: G’arbiy Tyanshanning barcha tizmalarida tarqalgan.Qirg’izistonda ham uchraydi.. O’sish sharoiti;Tog’ning yuqori qismiidagi mayin zarra tuproqli,shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan.
Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan.Tolli dovonida 40-45 ga maydonda 300 ga yaqin tupi aniqlangan. Ko’payishi:Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari: Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda. SHaripov lolasi,gulbarra- Тюльпан Шарипова-Tulipa scharipovii Tojibaev Kamyoblik darajasi 2.Farg’ona voduysining shimoliy adirlarida tarqalgan endem tur. Botanik tavsifi:Bo’yi 15-20 sm ga yetadigan piyozli ko’p yillik o’t. Piyozi tuxumsimon,qobig’i qattiq,jigarrang tusli,ichki tomonidagi tuklari zich joylashgan va qobig’ining tubi va yuqorisida jamlangan.Yuqoridagi tuklari qobig’idan tashqariga chiqib turadi.Barglari uchta,lansetsimon,bir-biriga yaqin joylashgan, 7-10 sm.Guli sariq,tubi sariq rang bilan yo’gonlashadi.Chang iplari va changdonlari sariq.Mart-aprel oylarida gullab,mayda mevasi pishadi. Таrqalishi:Namangan viloyati: Xulosa. Loladoshlar oilasining biologik xususiyatini o’rganish yordamida loladoshlar oilasining vakillari bilan tanishib chiqdim. Loladoshlar oilasining vakillari piyozboshli ko’p yillik o’simlik hisoblanadi. Loladoshlar oilasining lola turkumiga mansub o’simliklarning deyarli barchasi O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan. Shuning uchun bu turkum vakillarini asrab avaylashimiz kerak.Bu turkum vakillarining yo’qolib ketishiga asosiy sabab,bu turkum vakillarining piyozboshlarining ko’plab terib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi tufayli turkum vakillari kamayib bormoqda.Bu turkum vakillarining kamayib borishning oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilgan, Bu chora tadbirlar O’zbekiston FA ning Botanika bog’i tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek bu turkum vakillarini iqlimlashtirish chora tadbirlari ham ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu turkum vakillari tarqalgan tog’ va adirlar plantatsiya qilingan. Biz talabalar ham bu turkum vakillarining kamayib borish oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishimiz mumkun. Bu chora tadbirlarni ishlab chiqish orqali vatanimizning fan taraqqiyotining rivojlanishiga hissa qo’shishimiz mumkin. Bu turkum vakillari xalq xo’jaligida ham katta ahamiyatga ega.Lola turkumi vakillaridan ba’zi vakillari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Ayniqsa gollandiyada lolalar manzarali o’simlik sifatida ekin maydonlarida maxsus ekiladi va qadrlanadi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling