Loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi


Download 1.75 Mb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1569378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi

Loladoshlar oilasi-Liliaceae. Oila vakillari piyoz boshli ko’p yillik o’t osimliklar hisoblanadi . Barglari oddiy ,butun qirrali. gullari mayda yirik,yakka ba’zan to’pgullarni hosil qiladi.Gulqo’rg’oni oddiy,gultojsimon, gultojbarglari ko’pincha erkin,ba’zan qo’shilgan.Gultojbarglari ayrim vakillarida ikki qavat bo’lib joylashgan.CHangchilari 6 ta,urug’chisi bitt, 3 ta meva bargchaning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko’sak. Gul formulasi : ♀♂ P3+3 А3+3 G(3)
Bu oilaga 45 turkum,1300 ta tur kiradi.Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida,ayniqsa o’rta yer dengizi floristik viloyatlarda tarqalgan.O’rta osiyo sharoitida quyidagi turkumlari uchraydi.Oilaning juda ko’p turlari O’zbekiston respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan. Oilaning juda ko’p turlari manzarali o’simlik sifatida qadrlanadi.
Loladoshlar oilasiga mansub o’simlik turkumlari.

6-rasim 7-rasim
Boychechak turkumi—Gagea.
Bu avlod vakillari mayda piyozboshli,serbarg,sariq va och sariq, gullari chochoq zontiksimon to’pgulda joylashgan. Ildiz bo‘g‘zidagi barglari ipsimon, silindrsimon, yakka - yakka. Poyadagi barglari ketma - ket. Piyozi tuxumsimon, qora, qo‘ng‘ir. Poyasi 2 ta piyoz o‘rtasidan chiqadi.
Ko’pincha erta ko’klamda ochiladigan,kichikkina bo’yi 10-15 sm ga yetadigan o’t o’simliklardir.Bu turkumning 26 ta turi O’zbekistonda va unga qo’shni bo’lgan Respublikalarda tarqalgan.Boychechak asal beruvchi,qo’y va qoramollarga xashak bo’luvchi o’simliklar qatoriga kiradi.

8-rasim 9-rasim
G. ova Stopf.-Tuxumsimon Boychechak.
Gullari tillarang, orqasida xira binafsharang dog‘i bor. To‘pguli ro‘vaksimon yoki qalqonsimon. Bo‘yi 3 - 7(10) sm. Piyozining qobig‘i yupqa, pardasimon, mochalkasimon, uchi poya tubini o‘rab turadi.

10-rasim 11-rasim
G. olgae Rgl. - Olga boychechagi .
Piyozining qobig‘i qalin, terisimon, poyaning asosini o‘rab tepaga ko‘tarilmaydi. Guli sariq, orqasida xira yashil dog‘i bor....3 3. Ildiz bo‘g‘zi atrofidagi barglari 1-2 ta, poyadagi barglar qo‘ltig‘ida piyozchalar hosil bo‘lmaydi. Bo‘yi 10-20 sm. Piyozi 1 dona, uning yonidan poya chiqadi. Qobig‘i qora, piyozchalari yo‘q. III-IV Cho‘l, adir, tog‘, bo‘z yerlarda o‘sadi.
12-rasim
G. stipitata Merexl. - Poyali boychechak 
Poya 2 ta piyozning o‘rtasidan chiqadi, piyozning bittasi maydaroq. Agar poya 1 ta piyozning yonidan chiqsa, ikkinchi piyoz o‘mida g‘uj joylashgan bir nechta piyozchalar bo’ladi. Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan koiariladigan) barglari 2 ta, qilga o‘xshash ingichka.
Bo‘yi 7-15 sm, 1-2 gulli.. Tog‘. Qoya toshlar yoriqlarida, oraligida o‘sadi.
G. capillifolia Vved. - Qilbargli boychechak 
Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan koiariladigan) barglari 1 ta. Piyozi 1 ta yonidan g‘uj piyozchalar hosil qiladi. Bo‘yi 8-25 sm. IV-V. Adir, pastki tog‘. Bo‘z va chagir toshli yonbagirlarda o‘sadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling