Loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi


Farg’ona lolasi—Tulipa ferganica


Download 1.75 Mb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1569378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
loladoshlar va gulsafsar doshlar oilasi

Farg’ona lolasi—Tulipa ferganica
Piyozining po’sti etli,ichki tomondan tukli,bargi 3 ta,guli sariq,gulbandi tukli kichik o’t o’simlik bo’lib, Farg’ona vodiysidagi mayda toshli yon bag’irlarda uchraydi.Aprel va may oylarida gullaydi..
Bu turning piyozi tuxumsimon,yo’g’onligi 4 sm ga yetadi,poyasi 20-40 sm,bargi 2-3 ta,jingalaksiz,bukilgan.Guli yirik,oq rangli, gulqo’rg’on bargchalarining tagi sariq dog’li yoki sarg’ish o’simlikdir. Toshkent viloyatidagi tog’larning toshli yonbag’irlarida tarqalgan. Odatda Rossiyaning o’rmon zonasidagi qurg’oq yerlarda,dashtlarda, maysazorlarda va chala cho’l zonasida sariq gulli bibershteyn lolasi—Tulipa Biebersteiniana,Rossiyaning Yevropa qismining SHarqi—janubiy rayonlarida,Qozog’iston va Ozarbayjonda ko’pincha qizil gulli SHirenk lolasi—Tulipa Schrenkiana o’sadi.Lolalar yaxshi dekarativ o’simliklardan hisoblanadi.

13-rasim Kaufman lolasi—Tulipa Kaufmanniana
Turkiston lolasi, oq lola—Tulipa Turkestanica . 
Gulbandining yuqori qismi momiq tukli. Gulbandi tuksiz, silliq. Guli qizil yoki sariq, (2) - 3(4-5)sm. Bargi guhdan uzunroq. Tuguncha yashil. Bo‘yi 10-20. sm
Korolkov lolasi--Tulipa korolkovii .
Barglari ko‘kimtir yashil, cheti sal toiqinsimon. Gultojbarglarining pastki qismida sariq hoshiyasiz qora dogi bor. Piyozi tuxumsimon, yo‘g‘onligi 2-3(4) sm. Qobigining yupqa, terisimon ichki yuzasi tolali - junsimon. Poyasi 15-35 sm. Barglari 3(5) ta, qayrilgan, chetlari kiprikli. Ko‘sagi 3 - 6 sm, yo‘g‘onligi 2 sm cha. Tog‘ning o‘rta qismi zonalarida tarqalgan. Loytuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Ulkan lola -- Tulipa ingens Hood
Piyozining qobig‘i qalin, terisimon, dag‘al tukli. Piyozi tuxumsimon, qobig‘i qizg‘ish qoramtir qo‘ng‘ir terisimon. Poyasi 15-35 sm, yuqori qismi qalin mayin tukli. Barglari 3-4 ta, yirik, qalin, mayin tukli. Gultojbarglari 4,5-12,5 sm, o‘tmas uchli, qizil asosidagi dog‘i , sariq hoshiyali. Changchi ipchasi qora, changdoni siyohrang. Urug‘chi tumshuqchasi o‘tiroq. Ko‘sagining eni 2,5 - 3 sm, uzunligi 5-7 sm. O’rta tog‘ zonalarida tarqalgan.Foster lolasi, Omonqo‘ton lolasi – Tulipa fosteriana . Tashqi qavat gultojbarglari ichki qavatdagilarga teng yoki sal uzunroq. Asosida dog‘i ensiz va cho‘ziq, tojbargning '/2 qismga teng. Barglari ba’zan bo‘ylama siyohrang chiziqli. Changchi ipchalari qora tuksiz, asosi sariq yoki qizil. Bo‘yi 1 5 - 4 0 sm. Adir, pastki tog‘ zonalarida tarqalgan.
Bu oila vakillaridan biri lola turkumiga mansub Qizil loladir.U aprelning oxiri mayning boshlarida adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarida ochiladigan yirik gulli o’simlik.Bo’yi 20-45 sm .Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq.Barglari 3-4 dona,uchida to’q binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg’ish-qizil,pastki qismi qora dog’li. Changchi iplari qora ,changdonlari sariq.Mevasi 3
chanoqqa bo’linib ochiladigan ko’sakcha.Qizil lola urug’idan va piyozboshidan ko’payadi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling