Lolanamolar qabilasi


Download 1.6 Mb.
bet5/5
Sana16.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#168124
1   2   3   4   5
Bog'liq
LOLANAMOLAR QABILASI


Botanik tavsifi:Bo’yi 15-40 sm ga yetadigan ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, qobig’i qoramtir-qo’ng’ir,qattiq –charmsimon, ichki tomonining yuqori qismi va asosi yotiq tukli. Barglari tukli,yuqori qismidagilari egri-bugri. Guli yakka,sariq,tashqi tomoni ko’kimtir pushti rangli,gul tubi sap-sariq.CHangchi iplari qizg’ish-sariq,changdoni qizg’ish rangli.Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi: Oloy tizmasining pastki qismida (Vodil,SHoximardon qishloqlari atrofida tarqalgan). O’sish sharoiti:Adirlardagi toshli va mayda zarra tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. Soni: Tabiatda yakka holda tarqalgan.
Ko’payishi: Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gul va piyozlari yig’ib olinishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda.Ilgari Farg’ona shahri atroflarida o’sganligi ma’lum

Lemann lolasi-Тюльпан Леманна-Tulipa lehmanniana Merckl.

Kamyoblik darajasi 3. O’zbekistonda juda kamyob tur.
Botanik tavsifi: Bo’yi 15-25 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t.Piyozi tuxumsimon,diametri 1,5-4 sm.Qobig’i charmsimon,qora-qo’ng’ir, yer-yuzasigacha davom etadi.Barglari 3-4 ta,egri-bugri.Guli yakka,sariq yoki qizil,tubi qora,jigarrang dog’li.CHangchi iplari,changdonlari sariq. Mart-aprel oylarida gullab,may-iyunda mevasi yetiladi. Таrqalishi:Jizzax,Buxora,Navoiy viloyatlari:Nurota tizmasi;Qizilqumda Konemix cho’lida,Tomdi va Darvoza tog’larida tarqalgan. Qozog’iston, Turkmaniston hamda Tojikistonda uchraydi.
O’sish sharoiti:Qoldiq tog’ida,qumli tosh-shag’alli yonbag’irlarida,ola jinslari yer yuzsiga chiqib qolgan joylarda o’sadi.
Soni:Yakka-yakka va kichik guruhlar holda uchraydi.
Ko’payishi:Urug’idan va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gullari ko’plab terib olinishi va chorva mollarining boqilishi sababli kamayib bormoqda.

Qardoshli lola- Тюльпан родственный-Tulipa affinis Botschantz.

Kmyoblik darajasi: 2.SHimoliy Pomir-Oloydagi kamyob,endem o’simlik.
Botanik tavsifi:Bo’yi 15-25 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi cho’ziq-tuxumsimon,diametri 2-4 sm.Qobig’i qog’ozsimon, uzun,to’q-qo’ng’ir rangli.Barglari 3 tagacha,ko’kimtir,sal egri-bugri. Guli yakka-yakka,qizil,tubi qora,sariq xoshiyali.CHangchi ipi qora, changdonlar bilan birikkan joyi oq.CHangdonlari qora-binafsha rang. Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi. Таrqalishi : Jizzax viloyati:Turkiston (Zomin qo’riqxonasining atrofi) va Nurota tizmasida tarqalgan.Qirg’iziston va Tojikistonda ham uchraydi. O’sish sharoiti:Archazorlardagi mayda zarra tuproqli va toshli yonbag’irlarda o’sadi . Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan. Ko’payishi: Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gullari ko’plab terilishi va chorva mollari boqilishi qirilib ketishiga olib kelgan.

Foster lolasi-Тюльпан Фостера-Tulipa fosteriana Irving

Kamyoblik darajasi 1. G’arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob,endem o’simlik.
Botanik tavsifi:Bo’yi 10-50 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, diametri 2-6 sm, qobig’i qoramtir-qo’ng’ir,charmsimon,ichki tomoni qalin,tog’ri,qattiq,tillarang tuklar bilan qoplangan.Barglari 3-5 ta,biroz egri-bugri,ko’kimtir yoki yashil rangli. Gullari yaltiroq, qizil, yakka, yirik, diametri 10-12 sm,tubi qora, sariq xoshiyali sariq.CHangchi iplari tagi qizil yoki sariq.CHangdoni qoramtir-binafsha rangli.Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi. Таrqalishi:Samarqand viloyati: Zarafshon tizmasidagiOmonqo’ton o’rmon xo’jaligida,Taxtaqoracha dovonida,Urgut,Og’aliq qishloqlari atroflarida tarqalgan.

O’sish sharoiti:Tog’larning o’rta qismidagi mayin tuproqli yonbag’irlarda va qoyalarning yonbag’irlarida o’sadi.
Soni:Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan. Ko’payishi:Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda

Gumonli lola- Тюльпан сомнительный Tulipa dubia Vved

Kamyoblik darajasi 2. G’arbiy Tyanshandagi kamyob,endem osimlik
Botanik tavsifi:Bo’yi 10-25 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi cho’ziq-tuxumsimon,qobig’i tagi jigarrang ichi yotiq tukli. Barglari uchta,ko’kimtir,chetlari egri-bugri.Gullari yopirma barglari orasida joylashgan.Gulbandi sertuk,ko’kimtir,chetlari egri-bugri. Gullari yakka,sariq,tashqi tomoni ko’kimtir-pushti yo’l-yo’l,gul tubi sariq. CHangchi iplari tagi sariq,changdonlari sariq.May-iyun oyida gullab iyul-avgustda mevasi yetiladi.

Таrqalishi:Toshkent va Namangan viloyatlari: G’arbiy Tyanshanning barcha tizmalarida tarqalgan.Qirg’izistonda ham uchraydi..


O’sish sharoiti;Tog’ning yuqori qismiidagi mayin zarra tuproqli,shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko’payishi:Urug’ida va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari: Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.

O’zbekiston lolasi- Тюльпан узбекистанский-Tulipa uzbekistanica Kamtoblik darajasi 1.Yoqolib ketish arafasidagi Pomir-oloyning Janubiy-G’arbidagi kamyob,endem o’simlik. Botanik tavsifi:Bo’yi 10-20 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon,diametri 2,5 sm. Qobig’i cho’ziqroq,qattiq,tuksiz faqat ichi siyrak yotiq tuklar bilan qoplangan.Barglari uchta,yashil-ko’kimtir g’uborli,cheti biroz ehri-bugri.Guli qizil,tubi to’q qo’ng’ir dog’li,sariq gardishli.CHangchi iplari va changdonlari och sariq,ba’zan tagi qizil.Martda gullab,may oyida mevasi yetiladi. Таrqalishi:Qashqadaryo viloyati:quruqdog’ana tog’ining tolli dovonda tarqalgan. O’sish sharoiti:Ola jinsli past tog’lardagi kulrang sho’rxak tuproqlarda o’sadi.


Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan.Tolli dovonida 40-45 ga maydonda 300 ga yaqin tupi aniqlangan. Ko’payishi:Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari: Ko’plab gullari va piyozlarining yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda. SHaripov lolasi,gulbarra- Тюльпан Шарипова-Tulipa scharipovii Tojibaev
Kamyoblik darajasi 2.Farg’ona voduysining shimoliy adirlarida tarqalgan endem tur.
Botanik tavsifi:Bo’yi 15-20 sm ga yetadigan piyozli ko’p yillik o’t. Piyozi tuxumsimon,qobig’i qattiq,jigarrang tusli,ichki tomonidagi tuklari zich joylashgan va qobig’ining tubi va yuqorisida jamlangan.Yuqoridagi tuklari qobig’idan tashqariga chiqib turadi.Barglari uchta,lansetsimon,bir-biriga yaqin joylashgan, 7-10 sm.Guli sariq,tubi sariq rang bilan yo’gonlashadi.Chang iplari va changdonlari sariq.Mart-aprel oylarida gullab,mayda mevasi pishadi.
Таrqalishi:Namangan viloyati:



Xulosa.

Loladoshlar oilasining biologik xususiyatini o’rganish yordamida loladoshlar oilasining vakillari bilan tanishib chiqdim.Loladoshlar oilasining vakillari piyozboshli ko’p yillik o’simlik hisoblanadi. Loladoshlar oilasining lola turkumiga mansub o’simliklarning deyarli barchasi O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan. SHuning uchun bu turkum vakillarini asrab avaylashimiz kerak.Bu turkum vakillarining yo’qolib ketishiga asosiy sabab,bu turkum vakillarining piyozboshlarining ko’plab terib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi tufayli turkum vakillari kamayib bormoqda.Bu turkum vakillarining kamayib borishning oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilgan, Bu chora tadbirlar O’zbekiston FA ning Botanika bog’i tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek bu turkum vakillarini iqlimlashtirish chora tadbirlari ham ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu turkum vakillari tarqalgan tog’ va adirlar plantatsiya qilingan. Biz talabalar ham bu turkum vakillarining kamayib borish oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishimiz mumkun. Bu chora tadbirlarni ishlab chiqish orqali vatanimizning fan taraqqiyotining rivojlanishiga hissa qo’shishimiz mumkin.



Bu turkum vakillari xalq xo’jaligida ham katta ahamiyatga ega.Lola turkumi vakillaridan ba’zi vakillari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Ayniqsa gollandiyada lolalar manzarali o’simlik sifatida ekin maydonlarida maxsus ekiladi va qadrlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.S.S.Sahobiddinov “O’simliklar sistematikasi” Toshkent-1996.

2.E.S.Sulaymonov,X.Q.Haydorov,M.A.Hasonov,X.H.Jolov, A.Q.Axmedov,Y.SH.Toshpo’latov “Botanika fanidan o’quv dala amaliyoti uchun” Toshkent-2015.

3.M.A.Xolmuradov,D.N.Qodirova “Surxondaryo viloyatining O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi ga kiritilgan kamyob va noyob turlar” Termiz-2016.

4.O’.Pratov, Q.Jumayev “Yuksak o’simliklar sistematikasi” Toshkent-2003.

5.R.Sobirov “Yuksak o’simliklar sitematikasi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar” Urganch-2006.

6.M.Xolmurodov “Yuksak o’simliklar sistematikasi” fanidan o’quv uslubiy majmua. Termiz-2014.

7.Internet ma’lumotlari.

www.animalworld.com www.ebio.ru www.ziyone www.ref.uz www.google.uz


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling