Lot creditum qarz, credo ishonaman,maqullayman) pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish


Download 15.56 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi15.56 Kb.
#1220272
Bog'liq
фефьф


Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham K. boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) K.ga boʻlinadi.

Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.


Lizing (ing. lease foydalanish) — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri. L.ning, asosan, moliyaviy va oddiy turi bor. Moliyaviy L. — muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini toʻliq qoplashga yetarli toʻlovlardan iborat boʻlib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy L. — ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. L. kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10—15 yilgacha ijaraga beradi. L.da ijarachining shartnoma muddati tugagandan soʻng asbob-uskunlarni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga oʻtadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini choʻzish; moddiy boyliklarni L. kompaniyalariga qaytarish va boshqa koʻzda tutilishi mumkin. Tomonlar L. shartnomasida koʻrsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yoʻq. L. kompaniyalari mashina va usku-nalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
L. investitsiya jaryonini moliyaviy taʼminlashda istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi. L. korxonaga nisbatan kam mablagʻ bilan asosiy fondlarni yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta-sekin toʻlash imkoniyatlarini yaratadi.
Oʻzbekistonda birinchi L. kompaniyalari 1994-yildan boshlab tashkil etila boshladi. 2003-yilda 6 ta L. kompaniyasi ishladi. Oʻzbekiston Respublikasida L. munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14 aprelda kabul qilingan "Lizing toʻgrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. L. boʻyicha amaliy ishlarni olib boradigan "Oʻzbeklizing Interneyshnl" (1995), "Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing" aksiyadorlik kompaniyalari respublikadagi yirik L. kompaniyalari hisoblanadi.
Download 15.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling