Lotin amerikasi va o`zbek adabiyoti hikoyachiligida ruhiyat masalasi


Tahlil va natijalar (Analysis and results)


Download 57.41 Kb.
bet5/6
Sana08.06.2023
Hajmi57.41 Kb.
#1465514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
lotin-amerikasi-va-o-zbek-adabiyoti-hikoyachiligida-ruhiyat-masalasi

Tahlil va natijalar (Analysis and results)


Badiiy asar markazida inson turar ekan, har qanday millatning adabiyotshunoslik fani ayni turli nuqai nazardan tadqiq etadi(3). Bir necha mingyillik tarixiga ega boʻlgan jahon adabiyoti tarixida inson hayoti, orzu-armonlari, ruhiy holatining rang-barang qirralari tasvir ob’yekti boʻlib xizmat qildi va shunga mos ravishda adabiyotshunos olimlar oʻz adabiy-nazariy talqinlarini paydo boʻladi. Zero, dunyo adabiyotshunosligi erishgan ilmiy yutuq va toʻplagan boy tajribalarni milliy adabiyotdagi aniq nazariy masalalar, ya’ni roman janri evolyutsiyasi, psixologik tasvir, obraz ruhiyati kabi muammolarni muhokama qilish uchun yoʻnaltirish foydali, albatta.(4)
Dunyo olimlari bilan bir qatorda oʻzbek adabiyotshunoslari ham psixologizm, qahramonlar psixologiyasi, psixologik tasvir, psixologik obraz kabi bir qator adabiyestetik tushunchalar qamrovida ilmiy tadqiqotlar olib borganki, bu jihat ham XXИ asr oʻzbek romanidagi adabiy qahramonlar xos boʻlgan eng muhim jihatlarni yoritishga yordam beradi.

Xulosa va takliflar(Conclusion and recommendations)


Inson ruhiyatini dunyo ilm-fanining turli sohalari oʻz spesifikasiga mos ravishda oʻrganadi. Badiiy adabiyot – soʻz san’at bilan psixologiya fani oʻzaro kesishgan nuqtada insonning ichki dunyosi, oʻy-kechinmalari, tafakkuri va tasavvuri kabi bir qator masalalar adabiy-psixologik taqin ob’yekti sifatida maydonga chiqadi. Bu jarayonda adiblarning dunyoni anglashi, his qilishi va munosabat bildirishi hamda qahramon ruhiyatini ochishning oʻzlariga xos eng qulay noan’anaviy usullarini tanlashi tabiiy sanaladi. (5)
Qahramon ruhiyatini ifodalashda konflikt alohida oʻrin tutadi. Zero, konflikt tushunchasi intrapsixik hodisa sifatida psixodinamik yondashuvlar orqali ishlab chiqiladi. Bu talqinda asosiy an’ana Z.Freyd tomonidan qoʻyilgan boʻlib, konflikt psixoanalitik tushunchadagi eng muhim nazariy konstruksiya va insonning aqliy hayotini tushunishning kaliti sanaladi. N. Eshonqul va X. Doʻstmuhammad romanlaridagi konflikt inson tabiatining ziddiyatlarga toʻla boʻlgan ichki va tashqi xarakter xususiyatiga taalluqlidir.
Psixoanalitik nuqtai nazaridan konflikt psixikaning ichki tuzilmalari va moyilliklarining oʻzaro ta’siri natijasida psixikaning tub-tubida oʻzining mavjudlik qonuniyatlari tufayli paydo boʻladi. Faqat bu qonunlar doirasida intrapsixik hodisa yetarli darajada tushuntirilishi va ta’riflanishi mumkin. Psixoanalitik an’anadagi shaxslararo konfliktlar ham shaxsning intrapersonal xususiyatlari orqali talqin etiladi. Interpersonal asoratlarga doimiy moyillik insonning, asosan, bolalik davrida orttirilgan noqulay tajribalar ta’sirida yuzaga keladigan asosiy munosabatlaridagi buzilishlar oqibatidir.(6)
Kognitiv yondashuvlar nuqtai nazaridan konfliktni faqat vaziyatning muayyan parametrlarini sub’yektiv aks ettirishni hisobga olgan holda tushunish mumkin, bu vaziyatni konflikt sifatida baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi va mojarolar fenomenologiyasini tushuntirishning asosiy omiliga aylanadi.
Konfliktlarga yondashishning hozirgi tendensiyalari amaliy ishlarga oldindan moʻljallangan holda va amaliy ishlanmalar sonining ortishida va nazariy tadqiqotlar sonining mos ravishda kamayishida namoyon boʻladi.
Adabiy zamon va makon muammosi zamonaviy adabiyotshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biridir. “Donishmand Sizif”, “Roʻyo”, “Goʻr oʻgʻli yoxud hayot suvi” romanlaridagi makon va zamon tekshirilganida ularning turli koʻrinishlari mavjudligi aniqlandi. Zero, adabiyotshunoslar har qanday adabiy hodisani xronotop muammosi bilan bogʻliq holda koʻrib chiqishni boshlashdi, chunki bu eng muhim ekzestensial xususiyatlar boʻlib, zamon va makon dunyo muallif shaxsi obrazini barpo etishning ham ajralmas qismi sanaladi. Shuningdek, turli zamon va makon xatti-harakatlar tufayli syujet dinamikasi ta’sinlanadi, personajlarning psixologik evolyutsiyasi kuzatiladi. A.A’zam, X.Doʻstmuhammad, N.Eshonqul hikoyalari vositasida individual uslubi tadqiq etilganida bevosita mualliflar shaxsiyatining psixologik jihatlari, shuningdek, ularning dunyoqarashining adabiy-estetik, siyosiy-axloqiy, diniy-ma’rifiy qirralari bilan belgilanadigan xususiyatlari, yozuvchining ma’lum bir tarixiy davrda tutgan mavqyei koʻzga yaqqol tashlandi. X.Doʻstmuhammad romanida milliy va umumjahon tajribasi uygʻunlashadi; A.A’zam romanida shartlilik va ramziylik yetakchi oʻringa chiqadi, N.Eshonqul hikoyasida esa jahon adabiyoti ta’siri va voqyelikni ramzlar vositasida badiiy talqin etish kuzatiladi.
Umuman olganda, adiblarning yozgan har bir yangi asari betakror mavzu, e’tiborli gʻoya, kutilmagan voqea, tasvir uslubi va boshqa adabiy-nazariy qirralarning originalligini talab qiladi. Ayniqsa, badiiy adabiyotda original yoʻnalishlarning paydo boʻlishi adabiyot nazariyasi uchun yangi adabiy-ilmiy tushunchalar vujudga kelishiga imkon beradi.

Download 57.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling