Lotin amerikasi va o`zbek adabiyoti hikoyachiligida ruhiyat masalasi


Download 57.41 Kb.
bet3/6
Sana08.06.2023
Hajmi57.41 Kb.
#1465514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
lotin-amerikasi-va-o-zbek-adabiyoti-hikoyachiligida-ruhiyat-masalasi

50 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz borayotgani,zamonning o`zgarib borayotgani va inson umri haqida mulohaza yuritishga undaydi. “Sohildagi uchrashuv” hikoyasi Borxes ijodiga xos fikrlash tarzini, oʻzimizning ta’birimiz bilan aytganda, diapazonini belgilab beradigan uslubda yozilgan. Ya’niki, hayotda yuz bermaydigan hodisa real voqealik doirasida qalamga olinadi.Asar aynan shunday nomlanishida ramziylik bor. Sohilda qahramonlargina emas, ikki davr, bir ijodkorning oʻtmishi — yoshligi bilan hozirgi payti — keksaligi uchrashadi, gʻayrat, shijoat, joʻshqinlik bilan ehtiyotkorlik, salobat, lekin jur’atsizlik uchrashadi. Boz ustiga uchrashib qolganlarning har biri shu uchrashuvni tushida koʻrayotgan boʻladi. Hikoyada koʻp narsalarga oʻzgacha nazar solish lozimligi haqidagi g`oya ham b Bir vaqtlari keskin oʻzgarishlar, yolgʻonga, riyoga murosasiz boʻlish tarafdori sifatida nom qozongan adib yoshligi bilan uchrashib qoladi, uning sokin, teran mulohazalari zamirida, tinchlikni istab qolgan qarashlarida keskinlik yetishmaydigan nochor, ojiz qariyaning jur’atsizligi, taslim boʻlgani, shonli bayroqlarni koʻtarish istagi qalbini tark etgani sezilib turadi. Ikki suhbatdosh oʻzaro til topisholmaydi, natijada bir-birini tushunolmaydi. Avlodlar oʻrtasidagi ixtilof, yangi fikr — u qanday boʻlishidan qat’i nazar eski qarashlarni — ular har qancha tabarruk, purma’no boʻlsa ham mahv etajagini keksa Borxes ham, muallif ham, qolaversa, biz, ham chor-nochor his qilamiz. Oʻz hayotiy tajribalarimiz bilan beixtiyor qiyoslaymiz.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.(Literature review)


Kuzatishlarga koʻra badiiy psixologizm hodisasining ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik tahlili bilan Z. Z.Freyd, K.Yung, G.V.F. Gegel, F.V. Shelling; N.G.Chernyshevskiy, M.M.Baxtin, G.D.Gacheva, L.Ya.Ginsburg, A.B.Yesin, A.N.Iezuitov,
V.V.Kompaneyets, B.O.Korman, D.S.Lixachev, O.N.Osmolovskiy, T.I.Silman;
A.Alimuhammedov, Y.Bekmurodov, N.Shodiyev, M.Abdurahmonova, H.Umurov,
D.Quronov kabi qator jahonga mashhur olimlar hamda oʻzbek adabiyotshunoslari shugʻullanishganini ko`rishimiz mumkin.
Demak, ХIХ asr ijodkorlari tomonidan yaratilgan hikoyalardagi psixologizmning oʻziga xosligi birinchidan, oʻz-oʻzini rivojlantirishga qiziquvchanligi bilan ajralib turasa, ikkinchidan, uning atrofidagi haqiqat, ya’ni real borliqqa, uchinchidan esa qarama-qarshilikka ega boʻlgan shaxsga alohida e’tibor qaratganligida oʻz aksini topgan. Badiiy adabiyotda insonning fe’l-atvori, uning gʻoyaviy va estetik olami tasvirlanadi. Ijodkorning asarda psixologizmni, ya’ni ruhiy holat tasvirini berishdan maqsadi dastlab, kognitiv, ya’ni mantiqqa asoslangan muammoni, keyin badiiy asarning estetik ahamiyati hamda adabiy shaklning kitobxon uchun jozibadorligini koʻrsatib berishdir. Psixologik obrazning asosi xatti-harakatlar, aniqrogʻi, inson qalbidagi turli xil fazilatlar va turli darajadagi kuchlar toʻqnashuvi natijasidir. Masalan, Frederik Moroning his-tuygʻularini tahlil qilish jarayoni shuni koʻrsatadiki, agar siz ularga
an’anaviy ravishda murojaat qilsangiz, hech qanday tushuncha yoʻqdek tuyuladigan psixologik jumboqlarga olib keladi.
Adabiyotda badiiy psixologizm, qahramonlar ruhiyati masalasiga oid koʻplab ilmiy ishlar olib borilgan, dissertatsiya va avtoreferatlar hamda maqolalar yozilgan.
Jumladan, A.Rasulovning “Xarakter molodeji v sovremennix uzbekskix sovetskix povestyax” , N.Shodievning “Abdulla Qahhorning asarlarida psixologik tahlil mahorati” , N.Yuldashevning “Problemi psixologicheskogo analiza v uzbekskoy proze (Vnutrenniy monolog v romanax A.Kadiri, Aybeka, A.Kaxxara, A.Yakubova) nomzodliy dissertasiyalari, X.Umurovning “O‘zbek romanlarida ruhiy tahlil muammosi” doktorlik dissertasiyasi , A.Xolmurodovning “Odil Yoqubov romanlarida psixologizm” , P.Kenjaevaning “Hozirgi o‘zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari” nomzodlik dissertasiyasi hamda monografiyasida , M.Boboxonovning “Hozirgi o‘zbek qissachiligida badiiy psixologizm” nomzodlik dissertasiyasida, M.Sheralievaning “Hozirgi o‘zbek nasrida kinoya (ijtimoiy- psixologik omillari, poetik tizimdagi o‘rni)” , Yu.Eshmatovaning “Istiqlol davri o‘zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini , Sh.Botirovaning “Hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy psixologizm (Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” romanlari misolida) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va psixologik tahlil masalalarini turli aspektlarini tadqiq etgan bo‘lsalar,
M.Kilichevaning “Ingliz va o‘zbek adabiyotida psixologik holatlar talqinida adabiy ta'sir muammosi (yolg‘izlik motivi misolida)” , N.Qobilovaning “Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va ruhiyat mavzularida qiyosiy tadqiqot olib borganlar.

Download 57.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling