Lotin amerikasi va o`zbek adabiyoti hikoyachiligida ruhiyat masalasi
Tadqiqot metadologiyasi (Research Methodology)
Download 57.41 Kb.
|
lotin-amerikasi-va-o-zbek-adabiyoti-hikoyachiligida-ruhiyat-masalasi
Tadqiqot metadologiyasi (Research Methodology)ХIХ asrga kelib inson psixologiyasida ulkan oʻzgarishlar sezila boshladi. Ayniqsa, shaxs erkinligiga boʻlgan qarash, uning jamiyatdagi oʻrni va qadr-qimmatining ulugʻlanishi, shaxs zimmasiga mafkuraviy-axloqiy mas’uliyatning oshib borishiga sabab boʻldi. Shu bilan birga, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini birma-bir bosib oʻtib kelayotgan inson borligʻi yanada murakkablasha bordi. Qahramonning dunyoviy bilimi va koʻnikmalari kengayib, jiddiylashib, “men” (ya’ni bu ijobiy tomon oʻzlikni anglash ma’nosida) degan tushunchaning shakllanishi, inson “men”ining paydo boʻlishi axloqiysiyosiy, mafkuraviy-falsafiy nazariyalarning rivoji va davlat boshqaruvi tizimining har xilligi inson olamining oʻzgarishiga, uning murakkab ichki qarama-qarshiliklari yuzaga chiqishiga sabab boʻldi. Deylik, oʻzbek adabiyotida Abdulla Qahhorning “Sarob” romanidagi Saidiy obrazining murakkab ruhiy olami tasviri koʻplab adabiyotshunoslar e’tiborini oʻziga tortdi. Saidiy obrazining murakkab shundaki, keskin xulosa va qaror qabul qila olish uning uchun juda qiyin, chunki uni ijtimoiy sharoit va tuzum hamda iqtisodiy qaramlik shunday boʻlishiga olib kelgan. Inson oʻzligini anglashi bilan moddiy-ma’naviy madaniyati ham yuksala boradi. Bu jarayonlar inson psixologiyasining har xil rakuslarda namoyon boʻlishini va rivojlanishini yanada tezlashtirishga olib keladi. Rus olimlaridan Boris Proskurin “Z.Freyddan oldin va keyingi badiiy psixologizm” deb nomlangan maqolasida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida badiiy adabiyotdagi “badiiy psixologizm” deb atalgan hodisa haqida fikr bildirib, badiiy adabiyotdagi psixologizmning uch jihatga urgʻu beradi: (2) -birinchidan, psixologizm-bu badiiy adabiyotning umumiy xususiyati; -ikkinchidan, yozuvchining ongli ravishda tanlagan va badiiy asarning butunligini belgilaydigan estetik tamoyil; -uchinchidan, psixologizm muallifning bevosita maqsadining ifodasi boʻlgan qahramonning ichki dunyosiga, ijodiy timsolning shakl va shamoillariga taaluqli boʻladi. Download 57.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling