Lotin tili termini yasalashida prefiksatsiya usuli


Download 26.88 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi26.88 Kb.
#1773810
Bog'liq
Lotin tili termini yasalashida prefiksatsiya usuli maqola


LOTIN TILI TERMINI YASALASHIDA PREFIKSATSIYA USULI
Farg’ona jamoat salomatligini tibbiyot instituti Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi


Annotatsiya:
Ma’lumki kasbni mukammal egallash, kasb tilini aks ettiruvchi so’zlar va terminlarni o’rganish bilan boshlanadi. Hozirgi zamon tibbiy terminlari – keng qamrovli va murakkab terminlardan deb hisoblash mumkin. Bunda bir necha ming yilllik so’zlar va birikmalar mujassamlashgan. Tibbiy va biologik terminlarda ko’p asrlik an’analarni lotin tilining ishlatilishida alohida ahamiyatga ega. Lotin tilini o’qitish tibbiy terminlarining asosini o’qitishdan boshlanadi. Ushbu o’rinda Ko’p qo’llaniluvchi yunon-lotin dubletlarini va anatomik prefikslarni bilib olish. Berilgan ma’noda prefiksli va prefiks-suffiksli yasama so’zlarni tahlil va hosil qila olish muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli mazkur maqolada prefiksatsiya usulini ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar: Salmonella avlodiga mansub ma’lum bakteriyalar tomonidan qo’zg’atiluvchi odam yuqumli kasalliklar guruhining umumiy nomi
Prefiks bu so’z boshida joylashgan so’z elementi. Bir prefiks o’rniga boshqa prefiksni qo’yish so’z ma’nosini o’zgartiradi. Prefiks, odatda, son, vaqt, makon yoki inkorni ifodalaydi. Ushbu darslikda prefiks yakka holda kelsa, oxiriga defis qo’yiladi. Prefiksatsiya – old qo’shimchani (prefiksni) o’zakka qo’shish, bunda ma’no o’zgarmaydi, balki ushbu tushunchaga lokalizatsiyasi (yuqori, quyi, oldingi, orqa), yo’nalishi (yaqinlashish, uzoqlashish), kechishi (ilgari, keyin), mavjudligi yoki inkor etishi kabi tarkibiy qismni qo’shadi. Prefikslar ko’makchilardan rivojlangan, shuning uchun ularning o’z ma’nosi tegishli ko’makchilarniki bilan mos keladi.
Ba’zi prefikslarning o’z ma’nosi asosida ikkilamchi, ko’chma ma’nolar yuzaga kelgan. Shu tarzda yunon ko’makchisi para (atrofi, yoni) da ko’chma ma’no “chekinish, og’ish, ma’lum hodisaning tashqi namoyon mohiyatiga mos kelmaslik” rivojlangan, mas. : paranasalis – burun atrofi; paramnesia (yun. mnesis - xotira) –xotira buzilishi va yolg’on xotiraning yuzaga kelishi; paratyphus – Salmonella avlodiga mansub ma’lum bakteriyalar tomonidan qo’zg’atiluvchi odam yuqumli kasalliklar guruhining umumiy nomi bo’lib, ich terlama (qorin tifi) alomatlariga o’xshash (!) ba’zi klinik ko’rinish bilan xarakterlanadi.
Morfologiyafan sohalarida qo’llaniluvchi tushunchalarda AE-prefikslar o’z ma’nosiga ega. Patologik holatlar, kasalliklar, a’zo faoliyatining buzilishlarini ifodalovchi terminlarda esa AE-prefikslar ikkilamchi ma’noda foydalaniladi, misol uchun anat. hypogastrium - qorin osti; pat. fiziol. hypotonia - mushakning yoki kavak a’zo mushak qavatining tonusi tushishi.
Anatomik nomenklaturada lotin prefikslari, patologik anatomiya, fiziologiya, klinika fan sohalarida esa yunon prefikslari ustunlikka ega. Biroq istisnolar ham uchrab turadi: epicranialis - kalla usti, epifascialis - fassiya usti, endocervicalis - bo’yin ichi.
Prefikslarning negizga qo’shilishida negizning boshlang’ich tovushi ta’siri ostida prefiksda o’zgarish sodir bo’lishi mumkin. Bu, asosan, assimilatsiyada (lot. assimilatio - qiyoslash, o’xshatish) namoyon bo’ladi: prefiksdagi so’nggi undosh so’z yasovchi negizning boshlang’ich tovushiga to’liq yoki qisman qiyoslashadi, mas., ad-prefiksi c, f, g, n, p boshlang’ich undoshlari oldida mos ravishda ac-, af-, ag-, an-, ap- ga to’liq qiyoslashadi; prefikslardagi so’nggi n boshlang’ich b, p oldida m ga o’tadi yoki l, m, r oldida to’liq assimilatsiyaga uchraydi. Ba’zi lotin prefikslarida eliziya, ya’ni so’nggi undoshning tushib qolishi mumkin, mas., ex- va e-; con- va co-; dis- va di-. Yunon prefikslari ana-, dia-, cata-, meta-, para-, anti-, epi-, apo-, hypo-, meso- da eliziya so’nggi unlinegizning boshlang’ich unlisi oldida tushib qolishi bilan namoyon bo’ladi. Shu bilan unlilarning qator kelishi bartaraf etiladi, mas., met-encephalon (meta+encephalon), di-encephalon (dia+encephalon).


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Z.M.Maxmudov – Lotin tili va tibbiyot terminologiyasini o‘rganishda o‘zbek tili grammatikasining o‘rni- “Fan va taʼlim” ilmiy jurnali / Impact-faktor 3.567 (SJIF) 2022 yil noyabr / 3-jild 11-son
2. Z.M.Maxmudov–Lotin tili va tibbiyot terminologiyasini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan didaktik tamoyillar va uning asosidagi fikrlardan foydalaniladiTa’lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar 2 JIM | 6-son | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021- 6-1028-1033
3. Ibodullayeva ZJ “Masofaviy oʻqitish texnologiyalari” fanidan elektron bilimlar omborini kerak. Mag.dis. – Toshkent, 2012. 14-b.
4. Esonovna, A. S. (2023). LOTIN VA YUNON TILLARINING TIBBIYOT TERMINOLOGIYASIDAGI O ‘RNI.
5. Esonovna, A.S., & Ziyoda, Q. (2023). LOTIN VA YUNON TILLARINING TIBBIYOT TERMINOLOGIYASIDAGI O‘RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(7), 551-552.
6. Абраева, Ш. Э. (2023). ЛОТИН ВА ЮНОН МОРФЕМАЛАРИНИНГ ТИББИЁТ МАТНЛАРИДА ТАҚСИМЛАНИШИ ВА ҚЎЛЛАНИЛИШИ. Scientific Impulse, 1(6), 1255-1258.
7. Ziyoda, A., Mukaddam, S., & Shakhnoza, A. (2019). Communicative peculiarities of impersonal sentences in English discourse. Вопросы науки и образования, (7 (53)), 82-84.
8. S.SH.Rustamova, M.A.Saydullayeva, R.M.Abdullayeva, M.N.Israilova, D.Yu.Yuldasheva “LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA” Toshkent-2017. 127-132- sahifalar
Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling